Maktablarda ingliz tilini o’qitishdagi 10 muammo

Maktablarda ingliz tilini o’qitishdagi 10 muammo

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini o’qitishdagi asosiy muammolar har qanday chet tilini ikkinchi til sifatida o’qitishda kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolar bilan bir hil. Ammo gap maktab o’quvchilari, yosh jihatidan ancha kichik bo’lgan o’rganuvchilar haqida ketganda esa o’rgatish jarayoni bir necha barobarga qiyinlashgandek tuyuladi.

Shaxsan men maktabda ishlashdan avval katta yoshli (20-30 yoshlar) o’rganuvchilarga ingliz tilini mustaqil o’rgatuvchi sifatida o’rgatganman. Dars uslubim, tajribam ham katta yoshdagilar bilan ishlashga moslashib ulgurgan bir vaqtda maktabga ishga o’tdim va yosh o’rganuvchilar bilan til topishishim ancha qiyin kechdi. Ularga chet tilini o’rgatishda alohida uslub bilan yondoshish, katta yoshli o’rganuvchilarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratish va ingliz tilini o’rgatishning soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish zaruratini sezdim.
Shaxsiy tajribam va kuzatishlarim natijasida maktab yoshidagi o’rganuvchilarga ingliz tilini o’qitishda quyidagi asosiy 10 ta muammo eng ko’p uchraydi, degan qarorga keldim:

1. O’QUVCHILARNING O’QITUVCHIGA HADDAN ORTIQ SUYANIB QOLISHI.

Men bu holatni guruhlarga bo’linib ishlash jarayonida ham, alohida o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ham ko’p kuzatganman. O’quvchilar ba’zi savollarning to’g’ri javoblarini bilmay qolishsa, jim qolgan holatda o’qituvchining to’g’ri javobni aytishini kutadi. Balki bu bolaning o’rganish psixologiyasiga bog’liqdir. Ammo bunday vaziyatlarda menimcha o’qituvchi o’quvchini mustaqil fikrlashga, kerak bo’lsa kitobi yoki daftaridan foydalanib bo’lsa ham javobni mustaqil ravishda topishga undashi to’g’riroq bo’ladi. O’qituvchiga haddan ortiq bog’lanib qolishni hatto to’g’ri javobni bilgan va uni ayta olgan o’quvchilarda ham kuzatish mumkin. Siz savol berasiz, o’quvchi to’g’ri javobni biladi, javobni aytadi, ammo baribir Sizga to’g’ri javobni olish nigohi bilan qaraydi. Bu hatti-harakatni javobning to’g’riligini bilish emas, ko’proq o’z javobiga ishonmaslik hissi, deb hisoblayman. O’quvchilarda bunday holatlarni kamaytirish, imkon qadar ularning mustaqil fikrlashlariga yordamlashish maqsadida har bir ingliz tili o’qituvchisi ularni ruhlantirib turishlari kerak. Ruhlantirish bu vaziyatda juda muhim, chunki u orqali o’quvchida o’ziga ishonch hissi oshadi.

2. ONA TILIDAN KO’P FOYDALANISH.

Chet tili darslarida to’liq xorijiy tilda gapirib dars o’tishning imkoni yo’q. Balki maktabning katta sinflarida, ayniqsa bitiruvchilar bilan bu yo’sinda dars o’tish mumkindir, ammo yosh o’rganuvchilar bilan o’zbek tilini ishlatmasdan ingliz tilini o’rgatish imkonsiz, deb hisoblayman. Ammo birinchi til (ona tili)ni ham haddan ortiq ko’p ishlatish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlariga katta to’siq bo’lishi mumkin. Sinflarda ingliz tili darsi vaqtida o’qituvchining ingliz tili va o’zbek tilidan foydalanib dars o’tishi o’rtasida balans bo’lishi kerak. Ammo bu me’yorni qanday qilib topish mumkin? Agar o’zbek tilida ko’p gapirilsa-yu, ingliz tilida o’quvchilarga yetarlicha gapirilmayotgandek tuyulsa. Aksincha, ingliz tilida ko’p gapirilib, natijada o’quvchilar nima haqida gapirilayotganligiga tushumay qolishsa, ba’zi topshiriqlarni to’liq anglab olisholmasa. Har qanday holatda ham ona tili va ingliz tili o’rtasidagi sinflarda tilning ishlatilish me’yoriga aloqador muammo, menimcha, ko’pchilik o’qituvchilarni o’ylantiradi.

3. SHOVQINLI, TO’POLONCHI, DARSGA HALAL BERUVCHI O’QUVCHILAR.

Bunday o’quvchilar har qanday darsning buzilishiga sabab bo’lishiga qaramasdan, ingliz tili darslarida bunday o’quvchilarning bo’lishiga birinchi navbatda o’qituvchi va ikkinchi navbatda shu o’quvchini qiziqtira olmagan, yetarlicha jihozlar bilan qurollanmagan dars aybdor. O’zbek tilida o’tiladigan tarix, geografiya kabi fanlarda bunday o’quvchilarning bo’lishini “bola fanga qiziqmapti-da”, deb izohlashimiz mumkin bo’lar, ammo faqat ingliz tilida emas. Ingliz tilida bola darsga qiziqishi, fanga qiziqish bilan qarashi uchun eng avvalo u fanni oz bo’lsa ham tushunishi kerak. Tushuntirish faqat og’zaki ma’lumot berish bilan emas, balki ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari asosida bo’lishi juda muhim. Chet tili darlarida o’quvchilarni qiziqtirish, fan ma’lumotlari bilan oz bo’lsada tanishtirish uchun dars imkon qadar rangli rasmlar, chizmalar bilan boyitilishi, tilni bilmagan holda ham o’quvchilar uchun ma’lumotni yetkazib berishda yordam beruvchi multimedia vositalari bilan ta’minlanishi zarur.

4. O’QUVCHILARNING DARS MAVZUSINI “OLIB QOCHISHI”.

Bu masala avvlgi gapirib o’tilgan muammodan farqliroq. O’quvchilarning darsni “olib qochish”lariga quyidagi holat misol bo’lishi mumkin: mavzuga asoslangan suhbat boshlanadi, o’quvchilar suhbatga kirishib ketishadi, mavzu asosida bahs-munozara davom etadi, o’quvchilar yetarli darajada ingliz tilida gapirishga harakat qilishadi. Hammasi juda yaxshidek tuyulayotgan bir vaqtda o’quvchilar to’satdan, ba’zan o’zlari bilmagan holda, mavzuga juda o’xshash, ammo butunlay boshqa bir narsa haqida gapirib ketishadi. Bu holat kengroq fikrlash, qo’shimcha ma’lumotlar kiritish sifatida baholansa ham, mavzudan chetlashish hisoblanadi va o’quvchilarning fikrini asosiy mavzudan butunlay chalg’itib yuborishgacha borib yetishi mumkin.

5. O’QUVCHILAR O’RTASIDAGI O’ZARO TORTISHUVLAR.

Ba’zan do’stona muhitda o’tayotgan bahs-munozara ham kutilmaganda katta tortishuvga, salbiy ko’rinishga ega bo’lgan janjallarga ham olib borishi mumkin. Bunday holatda faqat ingliz tili darslarida emas, balki har qanday boshqa fan darslarida ham yuz berishiga qaramasdan, bunday holatlarning kelib chiqishida o’quvchilarning fanga yetarli darajada qiziqmasliklari yoki tushunmasliklari sabab bo’ladi. Darsda bo’lishi mumkin bo’lgan bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun har bir o’qituvchi yuqorida, 3-muammoda berilgan tavsiyalarga imkon qadar amal qilishga harakat qilishlari zarur.

6. O’QUVCHILARNING TOPSHIRIQNI TO’LIQ TUSHUNMASLIKLARI.

Ingliz tili darslarida, ona tilidan foydalanishni ham unutib qo’ymagan holda, imkon qadar barcha topshiriqlar ingliz tilida berilishi ma’qul. Ammo o’quvchilar ingliz tilida berilayotgan topshiriqlarga yetarli darajada tushunishmasachi? Tushuntirishning aniq bo’lishi uchun o’qituvchi qo’llar harakati, yuz tuzilishi, mahsus harakatli belgilar asosida o’quvchiga topshiriqni ko’rgazmali tarzda tushuntirishga ham urinishi kerak. Og’zaki+ko’rgazmali tushuntirish har doim ikki barobar yaxshi natija olib keladi.

7. O’QUVCHILARNING ZERIKIB QOLISHI.

Zerikarli tarzda o’tilayotgan darslarda o’quvchilarning, yoshlaridan qat’iy nazar, tez-tez zerikib qolishlari tabiiy hol. Darslarni yanada qiziqarliroq o’tkazish uchun o’qituvchilar sinfdagi har bir o’quvchi bilan suhbatlashib bo’lsa-da sinf a’zolarining shaxsiy qiziqishlari haqida bilib olishi va sinfning umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzuni tushuntirishga o’tishi kerak.

8. BITTA YOKI BIR NECHTA A’LOCHI O’QUVCHINING DOIMIY USTUNLIK QILISHI.

A’lochilarning doimiy alochi bo’lishi va ikkichilarning har doim ikkichi bo’lib qolib ketaverishlariga sabab bo’ladigan bu holatga ingliz tili darslarida yo’l qo’ymaslik kerak. Ingliz tili darslarida hamma teng ishtirok etib, hamma teng o’rganishi kerak. Ba’zi boshqalarga nisbatan bilimliroq bo’lgan talabalarga darsda yaxshi baholar, ma’lum darajada ko’proq rag’batlantirishlar berilsa ham, ularga nisbatan sustroq o’zlashtirayotgan yoki darsga toliq qatnashmayotgan o’quvchilarni butunlay unutib qo’ymaslik kerak. Ularni boshqlarga nisbatan ko’proq ruhlantirib, darsda faol qatnashishlariga imkon yaratib berish kerak.

9. O’QUVCHILARNING DARSGA TAYYORLANMAY KELISHLARI.

Bu holatning birinchi sababi o’zlashtirgan dars mavzusiga oid topshiriqning bajarilishini o’qituvchi tomonidan yetarli darajada e’tibor bilan talab qilinmasligida. Agar o’qituvchi har darsning belgilangan qismini faqat o’tilgan mavzu asosida berilgan topshiriqlarni tekshirish uchun sarflasa va bunda sinfdagi hech bir o’quvchi chetda qoldirilmasa, sinfning darsga tayyor holda kelishlari sezilarli darajada oshadi. Darsga tayyorlanmay kelishning ikkinchi sababi o’quvchilarning “tushunmadim” degan sababga ko’ra uyga vazifani bajarishmay kelishlari bo’lishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun esa har dars so’ngida o’qituvchi uyga vazifani aniq tushuntirishi, har bir o’quvchi tushunganligiga ishonch hosil qilishi va kerak bo’lganda o’quvchilar bilan darsdan keyin olohida ishlash orqali uyga vazifani to’g’ri bajarish haqida ko’rsatmalar berishlari kerak.

10. DARSLARGA KECH QOLISH.

Darsga kechikib kelish o’qituvchi va darsga nisbatan xurmatsizlik bo’lishi bilan bir qatorda o’rganayotganlarning fikrini chalg’itishi va darsni bo’lishi ham mumkin bo’lgan salbiy holat ekanligini o’quvchilarga tushuntirish kerak. Surunkali ravishda kechikuvchi o’quvchilarni tartibga chaqirish hamda kelajakda darslarga kechikishlar sonini kamaytirish maqsadida “ingliz tili darsi qoidalari”ga kechikishni ta’qiqlovchi qoidalarni kiritish kerak. Zarur holatlarda kechikuvchi va doimiy kechikuvchi o’quvchilar uchun yengil jazo choralarini ham belgilab qo’yish lozim.
Har bir darsning kamchiliklarsiz o’tishi o’qituvchiga bog’liq. Yuqoridagi misol qilib keltirilgan 10 ta eng ko’p uchraydigan muammoning deyarli hammasiga yechim topishda o’qituvchi va o’quvchining hamkorligi muhim o’rin tutadi. Shunday ekan, muvaffaqiyatli o’qituvchi o’z o’quvchilari uchun ustoz bo’lishidan tashqari, ular bilan do’stlashib olishlari ham muhim ahamiyatga ega.
O’tayotgan har bir soatlik darsingiz o’quvchilar uchun bilimlarni samarali o’zlashtirish fursati bo’lishini tilayman.

Manba: Azamat.uz


Основные проблемы при обучении иностранным языкам, особенно английскому, в общеобразовательных школах те же, что и проблемы, которые могут возникнуть при обучении любому иностранному языку как второму. Но когда речь идет о школьниках и младших школьниках, процесс обучения кажется в несколько раз более сложным.

Лично я преподавал английский язык людям старшего возраста (20-30 лет) в качестве независимого учителя до того, как начал работать в школе. В то время, когда мой стиль преподавания и опыт приспосабливались к работе с пожилыми людьми, я пошел в школу, и мне было очень трудно общаться с младшими учениками. Я чувствовал необходимость по-другому подходить к ним при обучении иностранному языку, уделять больше внимания ученикам старшего возраста и разрабатывать упрощенные методы обучения английскому языку.
Из личного опыта и наблюдений я пришел к выводу, что при обучении английскому языку школьников чаще всего встречаются следующие 10 основных проблем:

1. УЧЕНИК ПОЛАГАЕТСЯ НА УЧИТЕЛЯ.

Я часто видел, как это случалось, как в группах, так и с отдельными учениками. Если ученики не знают правильных ответов на некоторые вопросы, они молча ждут, пока учитель даст правильный ответ. Возможно, это зависит от психологии обучения ребенка. Но в таких ситуациях, я думаю, учителю будет лучше поощрять ученика к самостоятельному мышлению и самостоятельному поиску ответа, пусть даже с помощью книги или тетради. Чрезмерная привязанность к учителю может наблюдаться даже у учащихся, знающих и умеющих сказать правильный ответ. Вы задаете вопрос, ученик знает правильный ответ, говорит ответ, но все равно смотрит на вас взглядом получения правильного ответа. Я думаю, что это поведение связано не со знанием правильного ответа, а скорее с неверием в сам ответ. Каждый учитель английского языка должен поощрять учащихся уменьшать количество таких ситуаций и помогать им думать независимо, насколько это возможно. В этой ситуации очень важно вдохновение, потому что оно повышает уверенность ученика в себе.

2. БОЛЬШЕ ИСПОЛЬЗОВАТЬ РОДНОЙ ЯЗЫК.

Невозможно преподавать иностранный язык в классе иностранного языка. Так можно преподавать в старших классах школы, особенно с выпускниками, но я думаю, что преподавать английский язык с младшими учениками без использования узбекского языка невозможно. Однако чрезмерное использование первого языка (родного языка) также может быть серьезным препятствием для изучения иностранного языка учащимися. Должен соблюдаться баланс между использованием учителем английского и узбекского языков в классе во время уроков английского языка. Но как найти этот стандарт?Если много говорят на узбекском, то кажется, что учащиеся недостаточно говорят по-английски. И наоборот, если много говорят по-английски и в результате учащиеся не понимают, о чем они говорят, они могут быть не в состоянии полностью понять некоторые задания. В любом случае, проблема с нормой использования языка на занятиях между родным языком и английским, я думаю, волнует большинство учителей.

3. ШУМНЫЕ, НАСЛУЖИВАЮЩИЕ, ПРЕКРАЩАЮЩИЕ СТУДЕНТОВ.

Хотя такие ученики могут стать причиной срыва любого урока, присутствие таких учеников на занятиях по английскому языку – это в первую очередь вина учителя, а во вторую очередь урок, который ученику не интересен и не оснащен достаточным оборудованием. Наличие у таких школьников узбекоязычных предметов, таких как история и география, можно интерпретировать как «ребенок не интересуется наукой», но не только английским языком. По-английски, чтобы ребенку был интересен урок, интерес к науке, он должен сначала хотя бы немного разбираться в науке. Важно, чтобы объяснение основывалось не только на устной информации, но и на наглядных пособиях, мультимедиа. Для того, чтобы заинтересовать учащихся на занятиях по иностранному языку, познакомить их хотя бы немного с научными сведениями, урок должен быть обогащен красочными картинками, рисунками, мультимедийными средствами, помогающими донести информацию до учащихся даже без знания необходимого языка.

4. ПОБЕГ СТУДЕНТОВ.

Эта проблема отличается от предыдущей. Примеры студенческих «похищений» включают: начинается тематическая беседа, учащиеся участвуют в беседе, тематическая дискуссия продолжается, и учащиеся пытаются достаточно говорить по-английски. В то время, когда все вроде бы так хорошо, студенты вдруг, иногда неосознанно, начинают говорить о чем-то очень похожем на тему, но совсем о другом. Хотя это рассматривается как более широкий способ мышления, добавляющий дополнительную информацию, это отход от темы и может дойти до того, что полностью отвлечет учащихся от основной темы.

5. СПОРЫ МЕЖДУ СТУДЕНТАМИ.

Иногда дружеская дискуссия может привести к неожиданно большим спорам, причем негативным. Хотя это происходит не только на уроках английского языка, но и на любых других уроках естественных наук, причина таких случаев в том, что у учащихся нет достаточного интереса или понимания науки. Чтобы предотвратить подобные негативные ситуации в классе, каждый учитель должен стараться максимально следовать рекомендациям, данным в Задаче 3 выше.

6. СТУДЕНТЫ НЕ ПОЛНОСТЬЮ ПОНИМАЮТ ЗАДАНИЕ.На занятиях по английскому языку рекомендуется все задания давать на английском языке, не забывая при этом использовать родной язык. Но что делать, если ученики недостаточно хорошо понимают задания на английском языке? Чтобы объяснение было понятным, учителю также следует попытаться объяснить задание ученику наглядно, на основе движений рук, мимики, особых знаков движения. Словесное + наглядное объяснение всегда дает в два раза больше результатов.

7. СТУДЕНТАМ СКУЧНО.

Студентам, независимо от их возраста, естественно скучать на скучных занятиях. Чтобы уроки были более интересными, преподавателям необходимо иметь возможность поговорить с каждым учеником в классе, узнать о личных интересах участников класса и перейти к объяснению темы с учетом общих интересов класса.

8. ПОСТОЯННОЕ ПРЕДПОЧТЕНИЕ ОДНОГО ИЛИ МНОГИХ ОТЛИЧНИКОВ.

Такая ситуация, из-за которой учащиеся постоянно отделены друг от друга, а учащиеся всегда уступают друг другу, не должна допускаться на уроках английского языка. Все должны одинаково участвовать в занятиях по английскому языку и учиться одинаково. В то время как некоторые учащиеся, которые более образованны, чем другие, могут получать хорошие оценки в классе и определенное количество поощрений, важно не полностью забывать об учащихся, которые медленнее учатся или не полностью вовлечены в занятия. Их нужно больше других поощрять и давать возможность принимать активное участие в уроке.

9. ПРИБЫТИЕ СТУДЕНТОВ ПО ПОДГОТОВКЕ К ЗАНЯТИЯМ.

Первая причина этого заключается в том, что учитель не уделяет должного внимания выполнению задания по теме урока. Если учитель проводит определенную часть каждого урока, проверяя только задания по пройденной теме, и ни один ученик в классе не остается в стороне, вероятность того, что класс будет готов к уроку, значительно возрастет. Второй причиной того, что ученики не приходят на занятия неподготовленными, может быть то, что ученики не приходят домой, потому что не понимают. Чтобы этого не произошло, учитель должен четко объяснять домашнее задание в конце каждого урока, следить за тем, чтобы каждый ученик понял его, правильно выполнять домашнее задание, работая с учениками отдельно после урока, при необходимости должен дать указания о.

10. ОПОЗДАТЬ НА УРОКИ.

Важно объяснить учащимся, что опоздание на урок не только неуважительно по отношению к учителю и классу, но и отвлекает учащихся и может быть негативной ситуацией.В целях дисциплинирования хронически опоздавших учащихся и сокращения количества опозданий на будущие занятия необходимо включить в «Правила уроков английского языка» правила, запрещающие опоздания. При необходимости должны быть установлены легкие наказания для учащихся, опоздавших или надолго опоздавших.
Учитель должен убедиться, что каждый урок проходит гладко. Сотрудничество учителя и ученика играет важную роль в поиске решений почти всех 10 наиболее распространенных проблем в приведенном выше примере. Поэтому, помимо того, что быть наставником для своих учеников, успешному учителю важно подружиться с ними.
Я надеюсь, что каждый час вашего занятия будет возможностью для учащихся эффективно учиться.

Источник: Азамат.uz

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: