Maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilish kerak?

Maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilish kerak?

❓Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak?

Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bo‘lganda, chet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent chet tilidan test ishlamaydi:

ingliz tili uchun — IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill hamda milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

yapon tili uchun — JLPT №2 yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

nemis tili uchun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

fransuz tili uchun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha V2 va undan yuqori daraja.

Bundan pastroq daraja (masalan, IELTS 5) olgan abituriyentlarga maksimal ball berilmaydi, ular el qatori testga kirib, savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi.


❓ В какой степени абитуриенты должны знать иностранный язык, чтобы получить максимальное количество баллов?

Согласно п. 2 постановления Кабинета Министров № 395 от 13.05.2019, начиная с 2020/2021 учебного года, в случае аттестатов, показывающих следующие уровни, будет выставляться максимальный балл по иностранному языку и абитуриент не будет сдавать тест по иностранному языку:

по английскому языку – IELTS 5.5 (5,5 баллов по письменному модулю для Ташкентского государственного юридического университета), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill и B2 и выше по национальному сертификату;

для японского языка — JLPT №2 или уровень В2 и выше по национальному сертификату;

по немецкому языку — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF или национальный сертификат уровня B2 и выше;

для французского языка — DELF, TCF4 или B2 и выше по национальному сертификату;

для остальных языков – уровень V2 и выше по национальному сертификату или международным экзаменационным системам.

Абитуриентам с более низким уровнем (например, IELTS 5) максимальный балл не начисляется, им придется пройти тест и ответить на вопросы.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: