Hokimlar, sektor rahbarlari maktabning shakliga, direktor mazmunga javob berishi kerak

Hokimlar, sektor rahbarlari maktabning shakliga, direktor mazmunga javob berishi kerak

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 27 oktyabr kuni o‘tkazilgan o‘n oltinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokama etildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov farmon loyihasi yuzasidan pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari inobatga olingan ishlab chiqilgan takliflar va ularning ahamiyati haqida deputatlarga ma’lumot berdi. Jumladan, maktab o‘quvchilari uchun onlayn tizimda o‘quv darsliklarini avtomatlashgan tartibda taqsimlashning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, tuman va shaharlar markazlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bolalarni maktabning mikrohududi bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish, belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan pedagoglar bilan yangi o‘quv yilidan boshlab mehnat sharnomasini bekor qilish mexanizmi ishlab chiqish kabi takliflar bildirildi.
Samarqand davlat universiteti rektori, senator R.Xolmurodov maktab ta’limi sifatini oshirish uchun oliy pedagogik ta’lim nufuzi va ahamiyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.
– Hozir maktabga muallim tayyorlaydigan muassasalar professor-o‘qituvchilarning o‘zini qayta tayyorlash kerak, – dedi R.Xolmurodov. – Pedagogik yo‘nalishda mutaxassis tayyorlashda sirtqi ta’limdan voz kechish, talabalarni davlat granti asosida o‘qitish lozim, deb hisoblaymiz. Nega tibbiyot oliygohlarida sirtqi ta’lim yo‘q? Chunki inson salomatligiga mas’ul shifokorni bunday usulda tayyorlab bo‘lmaydi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ham ana shunday mas’uliyat bilan yondashadigan bo‘lsak, pedagogik ta’limga e’tiborni har qachongidan kuchaytirish shart.
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, deputat I.To‘xtasinov oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashining bir va ikki yillik o‘qitish tizimini joriy etishni taklif qildi.
– Maktab, ta’lim-tarbiya ishi — bu faqat shu soha vakillarining vazifasi emas, – dedi Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov. – Bunga kattayu-kichik birdek e’tibor qaratishi, mamlakat kelajagi, xalq taqdiri ilm bilan, ta’lim-tarbiya bilan bog‘liqligini har bir inson his qilishi lozim. Davlatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha hokimlar, mutasaddi rahbarlar oldiga aniq vazifalar qo‘ygan edi. Farmon loyihasida bu ham o‘z aksini topgan. Endi hokimlar, sektor rahbarlari maktabga direktorni urishish, do‘q urish uchun emas, yordam berish uchun borishi kerak. Biz maktabning shakliga, ya’ni u yerdagi sharoitga, direktor esa mazmunga, maktab ta’limi sifatiga javob beradi.
Sessiyada bildirilgan takliflar umumlashtirilib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.


На шестнадцатой сессии Самаркандского областного Совета народных депутатов 27 октября Президент Ислам Каримов подписал постановление «О дополнительных мерах по дальнейшему совершенствованию системы образования в стране, ускорению развития науки».

Начальник областного управления народного образования С.Усманов проинформировал депутатов о предложениях, разработанных по проекту указа с учетом мнений педагогов, родителей и широкой общественности и их важности. В частности, разработка программного обеспечения для автоматизированной выдачи учебников для школьников в онлайн-системе, приема детей в общеобразовательные школы районных и городских центров через Центры обслуживания населения в школьном микрорайоне, в указанные сроки. внесены предложения разработать с нового учебного года механизм расторжения трудовых договоров с преподавателями, не прошедшими курсы повышения квалификации.
Ректор Самаркандского государственного университета, сенатор Р.Холмуродов подчеркнул необходимость повышения престижа и значимости высшего педагогического образования для повышения качества школьного образования.
«Сейчас учреждениям, которые готовят учителей, необходимо переподготовку учителей», — сказал Р.Холмуродов. — Мы считаем, что в подготовке педагогических кадров необходимо отказаться от дистанционного обучения, обучать студентов на основе государственных грантов. Почему в медицинских вузах нет дистанционного обучения? Потому что это не способ подготовить врача, ответственного за здоровье человека. Если мы подходим к воспитанию молодежи с такой же ответственностью, мы должны уделять больше внимания педагогическому образованию, чем когда-либо прежде.
Ректор Самаркандского государственного института иностранных языков, депутат И. Тухтасинов предложил ввести систему одно- и двухгодичной подготовки магистров в высших учебных заведениях.
– Школа, воспитательная работа – это не только задача представителей этой сферы, – сказал аким Самаркандской области Э.Турдимов. «Все, большие и малые, должны обратить на это внимание, и все должны чувствовать, что будущее страны, судьба народа зависит от науки и образования». На мероприятии, посвященном Дню учителя и тренера, глава нашего государства поставил конкретные задачи перед акимами и чиновниками по развитию системы образования. Это отражено в проекте указа. Теперь мэры, заведующие секторами, должны идти в школу помогать, а не бить и не угрожать директору. Мы отвечаем за форму школы, условия в ней, а директор отвечает за содержание, качество школьного образования.
Высказанные на заседании предложения были обобщены и принято соответствующее решение Совета.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: