Ta’lim ildiziga bolta urayotgan imtiyozlar

Ta’lim ildiziga bolta urayotgan imtiyozlar

Konstitutsiya va testologiya fani talablariga muvofiq kelmaydigan mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yo‘qqa chiqaradi hamda universitetlarga haqiqatan munosib nomzodlarni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi, deya yozadi Komil Jalilov.

O‘tgan hafta kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilindi. Qariyb 1,5 million nafar abituriyent va ularning oila a’zolari buni intiqlik bilan kutishgan edi. Pandemiya sharoitida qiyin kechgan mazkur test sinovlari natijalarini testologiya talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan tahlil qilishimiz hali oldinda (tahririyat Bilim va malakalarni baholash agentligidan o‘z so‘roviga javob kutmoqda), ushbu maqolada esa imtiyozlar masalasiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Test natijalari e’lon qilingan kuni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri abituriyentlarning javob varaqalari bo‘ldi. Ularda eng yuqori natijalar qayd etilgan (bu yil ikkita fan bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilganligi va natijalarni hisoblash tartibi o‘zgarganligi sababli eng yuqori ball 189 ni tashkil etgan), ammo o‘quvchi to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilgan. Boshqa nashrlardagi hamkasblarimiz ta’kidlaganidek, 2020 yilgi imtihon mavsumi «hatto 100 foiz natija bilan ham talaba bo‘la olmaslik mumkin»ligini isbotladi.
DTM mazkur holatni Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-sonli qaroriga binoan, respublika va xalqaro musobaqa hamda tanlovlar g‘oliblari universitetlarga test sinovlarisiz, grant asosida o‘qishga qabul qilinishi, natijada ayrim joylardagi grant o‘rinlari shunday abituriyentlar bilan to‘lganligi bilan izohladi. Darhaqiqat, yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan «Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida Nizom» respublika musobaqalarida birinchi va xalqaro tanlovlar (olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari)da 1−3-o‘rinlarni egallagan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinishini nazarda tutadi.
Ammo huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bunday abituriyentlarga qo‘shimcha o‘rin ajratilishi kerakligi to‘g‘risida eslatib o‘tdi. Prezidentning 2020 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 5924-sonli farmoniga binoan, 1 fevraldan yangi tartib joriy etilishi kerak edi. Unga ko‘ra, olimpiya, paralimpiya, Osiyo va Para-Osiyo o‘yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon, Osiyo hamda respublika chempionatlari g‘olib va sovrindorlari universitetlarga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. Huquqshunos tushuntirib o‘tganidek, sportchilarni davlat granti asosida qabul qilishda Vazirlar Mahkamasining qaroriga qaraganda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan prezident farmoniga muvofiq ish tutish va ular uchun qo‘shimcha joy ajratish kerak edi. Demak, bloggerning fikricha, test natijalari qayta ko‘rib chiqilishi zarur.
Sport, albatta, yaxshi va mamlakat sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qiluvchi sportchilarni rag‘batlantirish borasida e’tirozga o‘rin yo‘q. Ammo nega bunday rag‘batlantirish sportga hech qanday aloqasi bo‘lmagan oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish orqali amalga oshirilishi kerak?
Axir, kirish imtihonlari aslida kim bo‘lajak mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirishga tayyor ekanini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Aytaylik, suzish bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘oliblikka erishgan sportchi qanday qilib huquqshunoslik yoki iqtisod sohasida o‘qishga tayyorligini isbotlay oladi?
Xuddi shu o‘rinli savolni boshqa imtiyozlarga nisbatan ham berish mumkin. DTM tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, imtiyozga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar naq 19 toifaga ajratiladi! Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan, shuningdek, til sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fan bo‘yicha maksimal ball berilishini oqlash mumkindir (aslida bu imtiyoz emas, balki muqobil shaklda namoyish etilgan bilim darajasini tan olish hisoblanadi), ammo qolgan imtiyoz toifalarini na mantiqan, na qonun jihatidan va na ilmiy asoslanganligi nuqtayi nazaridan izohlab bo‘lmaydi.
Mantiq nuqtayi nazaridan. Masalan, Ibrat maktab-internati bitiruvchilari boshqa ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan nimasi bilan farq qiladi? Agar bu maktab shunchalik yaxshi o‘qitsa, nega bitiruvchilari boshqalar qatori halol musobaqada qatnashmasliklari kerak? Yoki nima uchun «Temurbek maktablari» bitiruvchilariga qo‘shimcha ball sifatida imtiyoz berilishi kerak? Ya’ni (diqqat!) maksimaldan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar ham bo‘lishi mumkin… Ammo bu mantiqqa zidku! Testni 115 foizga yechib bo‘ladimi? Ayrim o‘quv yurtlari bitiruvchilariga imtiyoz berish orqali biz ushbu maktablarga o‘qishga kirishlari uchun soxta shov-shuv ko‘targan, korrupsiyaga yo‘l ochgan va shu bilan birga, mazkur o‘quv maskanlari o‘quvchilarining shashtini tushirgan bo‘lamiz («Menda imtiyoz bor, shundoq ham universitetga kiraman, yaxshi o‘qib nima qildim?»)
Qonun nuqtayi nazaridan. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Konstitutsiyaga binoan «imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanishi va ijtimoiy adolat tamoyillariga muvofiq bo‘lishi kerak» (18-modda), shuningdek «bolalar ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida teng» (65-modda) ekanligini eslatib o‘tadi. Agar, masalan, yetim bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun universitetda qo‘shimcha joy ajratishni ijtimoiy adolat tamoyili bilan izohlash mumkin bo‘lsa, unda harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga imtiyozlar berilishini qanday izohlash kerak? (Aytgancha, bojxona xodimlarining farzandlari uchun ham shunday imtiyozlarni nazarda tutuvchi hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yilgan).
Bundan kelib chiqadiki, barcha bolalar teng, ammo ayrim ota-onalarning farzandlari boshqalariga qaraganda tengroq, shundaymi? Nima uchun, masalan, o‘qituvchilar, shifokor yoki jurnalistlar farzandlari uchun imtiyoz olishga loyiq ko‘rilmaydi? Axir, har qanday kasb egasining mehnat faoliyati mamlakat ravnaqi va farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etmaydimi? Ota-onalarining faoliyatiga asoslanibgina ayrim kasb egalari farzandlariga imtiyoz berish orqali biz bolalarga hamma ham teng huquqli emasligini o‘rgatyapmiz va ularning murg‘ak ongidagi barcha minbarlarda jaranglagan «qonun oldida tenglik» tamoyiliga bo‘lgan ishonchini butunlay so‘ndiryapmiz.
Ilmiy asoslanganlik nuqtayi nazaridan. Imtihonlar to‘g‘risidagi fan test orqali sinovdan o‘tkaziladigan bilim va ko‘nikmalarga aloqasi bo‘lmagan omillar test natijalariga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi. Imtihon muayyan qarorni qabul qilish uchun o‘tkaziladi va bu qarorlar faqat test sinovlarida tekshirilayotgan ko‘nikma va malakalarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bizda esa, abituriyentning o‘qishga kirish-kirmasligi, uning davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida o‘qishi ko‘plab omillarga bog‘liq: jinsi, ota-onasining kasbi, muddatli harbiy xizmatni o‘tganligi, qaysi ta’lim muassasasini tugatganligi, yashash joyi va hokazo. Bularning hech biri na testda sinovdan o‘tgan malaka va ko‘nikmalar bilan, na kelajakdagi mutaxassislik bilan bog‘liq.
Mamlakatning Bosh qomusi va testologiya fani qoidalariga zid bo‘lgan ulkan, mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yo‘qqa chiqaradi, oliy o‘quv yurtlariga kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi mumkin bo‘lgan eng munosib nomzodlarni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Imtiyozchilarning aksariyati qo‘shimcha kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi va go‘yo bilimli abituriyentlarga «xalaqit bermaydi», deya e’tiroz bildirishlari mumkin. Ammo davlat byudjeti chegarasiz emas — qo‘shimcha kvotalar har qanday holatda ham boshqalarning talaba bo‘lish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatadi: umumiy «qozon»dan ajratilgan bu qo‘shimcha kvotalar bo‘lmaganida, umumiy ro‘yxatdagi o‘rinlar soni biroz ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Barcha qonun oldida teng bo‘lgan, har kim o‘z ishini sifatli bajaradigan, shu bilan o‘zi va butun jamiyat farovonligini ta’minlaydigan huquqiy davlatga intilar ekanmiz, bunday tizimdan voz kechishimiz zarur.

Manba: Gazeta.uz


Система иррациональных привилегий, не отвечающая требованиям Конституции и науки тестологии, разрушает доверие подрастающего поколения к справедливости и мешает вузам принимать действительно достойных кандидатов, пишет Камиль Джалилов. Его с нетерпением ждали почти 1,5 миллиона заявителей и членов их семей. Мы еще анализируем результаты этих сложных в условиях пандемии тестов с точки зрения соответствия требованиям тестологии (редакция ждет ответа от Государственного центра тестирования), и в этой статье мы хотел бы обратить ваше внимание на привилегии.
Одной из самых обсуждаемых тем в социальных сетях в день объявления результатов тестирования стали листы ответов абитуриентов. Они зафиксировали самые высокие результаты (в этом году высший балл составил 189 из-за тестов по двум предметам и изменения порядка подсчета результатов), но студенту рекомендовано обучение на платной основе. Как отмечают наши коллеги в других изданиях, экзаменационный сезон 2020 года доказал, что «даже при 100-процентном результате нельзя быть студентом».
Согласно постановлению Кабинета Министров от 13 октября 2008 г. № 226 победители республиканских и международных олимпиад и конкурсов принимаются в вузы на грантовой основе без испытаний, в результате чего грантовые места на некоторых местах заполняются с такими претендентами. По сути, «Положение о порядке награждения учащихся академических лицеев, профессионально-технических училищ и общеобразовательных школ, победителей международных и всероссийских олимпиад, олимпиад, конкурсов», утвержденное вышеуказанным постановлением, Прием выпускников академических лицеев, профессиональных колледжей и средних школы, занявшие 1-3 места на международных соревнованиях (Олимпийские и Азиатские игры, чемпионаты мира и Азии), в вузы без зачетов и дополнительных экзаменов подразумевает, что
Но Хушнудбек Худойбердиев, юрист и блогер, считает, что таким претендентам нужно выделять больше места. Согласно Указу Президента № 5924 от 24 января 2020 года «О мерах по дальнейшему совершенствованию и популяризации физической культуры и спорта в Республике Узбекистан» с 1 февраля должен был быть введен новый порядок. Паралимпийские, Азиатские и Параазиатские игры, чемпионаты мира, Азии и республики по олимпийским и паралимпийским видам спорта допускаются на основе дополнительных государственных грантов, без вступительных экзаменов в вузы.при приеме спортсменов на основе государственного гранта необходимо было действовать в соответствии с указом президента, имеющим более высокую юридическую силу, чем решение Кабинета Министров, и выделить для них дополнительные места. Так что, по мнению блогера, результаты теста следует пересмотреть.
Спорт действительно хороший и нет причин возражать против поощрения спортсменов, которые заслуженно защищают честь страны на международной арене. Но почему должны быть предусмотрены такие льготы при поступлении в вузы, не имеющие никакого отношения к спорту?
Ведь вступительные экзамены проводятся для того, чтобы определить, кто на самом деле готов изучать предметы, необходимые для будущей специальности. Например, как может спортсмен, выигравший международные соревнования по плаванию, доказать, что он готов изучать право или экономику?
Тот же вопрос можно задать и о других преимуществах. Согласно DTM, существует 19 категорий подходящих заявителей! Абитуриенты, победившие в национальных и международных олимпиадах по науке, а также имеющие языковые сертификаты, могут быть оправданы в выставлении максимального балла по соответствующему предмету (фактически это не привилегия, а признание продемонстрированного уровня знаний). в альтернативной форме), но остальные категории привилегий не могут быть объяснены ни логически, ни юридически, ни научно.
С логической точки зрения. Например, чем выпускники Ибратской школы-интерната отличаются от выпускников других учебных заведений? Если эта школа такая хорошая, то почему бы ее выпускникам не соревноваться, как всем остальным? Или почему выпускникам «темурбекских школ» нужно ставить дополнительные баллы? То есть (внимание!) могут быть абитуриенты, набравшие больше максимального балла… Но это нелогично! Можно ли пройти тест на 115%? Предоставляя льготы выпускникам некоторых учебных заведений, мы создали ложный шум и коррупцию для зачисления их в эти учебные заведения, и в то же время мы сократили количество учащихся в этих учебных заведениях («У меня есть привилегия, я еще учусь в университете, что я сделал хорошо?»)
С точки зрения закона. Согласно Конституции, депутат Законодательной палаты Расул Кушербаев, «льготы должны устанавливаться только законом и в соответствии с принципами социальной справедливости» (ст. 18), а также «равные права перед законом независимо от происхождения и гражданства детей» (статья 65). Если, например, дополнительные места в вузах для детей-сирот и инвалидов можно объяснить принципом социальной справедливости,тогда как объяснить льготы, предоставляемые детям военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов? (Кстати, обсуждался проект документа, предусматривающий аналогичные льготы для детей таможенников.)
Отсюда следует, что все дети равны, но дети одних родителей равнее других, верно? Почему, например, учителя, врачи или журналисты не имеют права на пособия для своих детей? Ведь разве трудовая деятельность любого профессионала не важна для развития и процветания страны? Давая привилегии детям тех или иных профессионалов исключительно на основании деятельности их родителей, мы учим детей тому, что не все равны, и полностью подрываем их веру в принцип «равенства перед законом», который находит отклик на всех трибунах.
С научной точки зрения. Экзаменационная наука требует, чтобы были предприняты все усилия для обеспечения того, чтобы факторы, не связанные со знаниями и навыками, проверяемыми в ходе теста, не влияли на результаты теста. Экзамен проводится для принятия конкретного решения, и эти решения должны основываться исключительно на проверяемых навыках и компетенциях. В нашем случае зачислен ли абитуриент, учится ли он на основе государственного гранта или контракта, зависит от многих факторов: пола, род занятий родителей, службы в армии, окончания образования, места жительства и т.д. Все это не имеет ничего общего ни с навыками и компетенциями, проверяемыми в тесте, ни с будущей специализацией.
Огромная, алогичная система привилегий, противоречащая правилам Всеобщей энциклопедии и науке тестологии, разрушает веру подрастающего поколения в справедливость, мешает высшим учебным заведениям принимать наиболее достойных кандидатов, которые в будущем могут стать квалифицированными специалистами. . . . Большинство абитуриентов будут приняты по дополнительной квоте и могут пожаловаться, что это «не мешает» хорошо образованным абитуриентам. Но государственный бюджет не безграничен — дополнительные квоты в любом случае влияют на возможность других стать студентом: при отсутствии этих дополнительных квот, выделенных из общего «котелка», количество мест в общем списке могло бы быть еще немного. Мы должны отказаться от такой системы, так как стремимся к правовому государству, при котором все равны перед законом, каждый хорошо выполняет свою работу и тем самым обеспечивает благополучие себя и общества в целом.Источник: Газета.uz
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: