Abduvali Qutbiddin (1960–2019)

Abduvali Qutbiddin
Telegramda o'qish

Abduvali Qutbiddin hayoti, faoliyati, asarlari, she’rlari tahlili, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Abduvali Qutbiddin hayoti

Abduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻildi. Ota-onasi asli toshkentlik boʻlib, Shayxontohur mahallasidan, Xoʻja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi.
Abduvali Qarshidagi oʻrta maktabda tahsil oldi.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1978–1983), ilm-hofiza koʻlamini, tafakkur hadlarini jahon tamadduni taʼsirida kengaytirdi.

Abduvali Qutbiddin faoliyati

Mehnat faoliyatini Samarqand viloyatining “Zarafshon” gazetasida boshlab (1983–1985), keyinchalik Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Yozuvchi” nashriyotida, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, “Xalq soʻzi” gazetasida turli lavozimlarda xizmat qildi.

Abduvali Qutbiddin asarlari

Shoirning “Nayson” (1988), “Humo” (1989), “Baxtli yoʻl” (1991) “Bor” (saylanma, 2011) kabi sheʼriy toʻplamlari, “Ozodlik” nomli dostoni chop etildi.

Abduvali Qutbiddin she’rlari haqida

Abduvali Qutbiddin sheʼrlari sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Uning “Baxtli yoʻl” toʻplamiga kirgan “Yer qaʼriga”, “Ikki amakimga xat” kabi sheʼrlarida dunyo oʻtkinchi, hamma narsa oʻtadi-ketadi, ammo poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuygʻular qoladi, degan xulosa balqib turadi.

Abduvali Qutbiddin mukofotlari

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist. 2015 yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” tanlovi gʻolibi boʻldi.
Shoir 2019 yil 8 dekabr kuni olamdan oʻtdi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: