Muhiddin Omon (1963)

Muhiddin Omon
Telegramda o'qish

Muhiddin Omon hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Muhiddin Omon hayoti

Muhiddin Omon 1963 yilning 18 martida Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi Qorakesak qishlogʻida tugʻildi. 1985 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi.

Muhiddin Omon faoliyati

“Oʻzbekiston” nashriyotida, “Sogʻlom avlod uchun” jurnalida, Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida turli lavozimlarda ishladi. Oʻz ijodiy faoliyati davomida muharrir sifatida 350 dan ortiq adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, ijimoiy-siyosiy hamda, maʼnaviy-maʼrifiy kitoblarni nashrga tayyorladi. Ayni paytda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining masʼul xodimi sifatida xizmat qiladi.

Muhiddin Omon asarlari

Shoirning shu paytgacha “Koʻngil darbozasi” (1993), “Tole fasli” (1997), “Munavvar sogʻinch” (2009), bolalar uchun “Dakang xoʻroz va uning joʻjalari” (1999,2006), “Sogʻlomjon alifbosi” (2005), “39 topishmoq” (2011), “Zehni aʼlo, tili burro” (2012), “Buyumlar tilga kirsa” (2012) kabi sheʼriy kitoblari chop etildi.

Muhiddin Omon tarjimalari

Muhiddin Omon tarjimon sifatida XVI asr portugal shoiri Luis de Kamoens sonetlarini, ingliz yozuvchisi S. Moem esse va hikoyalarini, amerikalik adib R. Blox asarlarini, Nobel mukofoti laureati K. Gamsunning “Edvarda” (asliyatda “Pan”), gollandiyalik adiba Villi Korsarining “Mangu iztirob” romanlarini, rus shoirlari K. Balmont, B. Pasternak, S. Marshak, A. Barto, L. Kaminskiy, Latish shoirlari Oyar Vatsiyetes, Imant Auzin, Peteris Zirnitis sheʼrlarini, Angliya xalq balladalarini, niderland shoirlari Villem Kloss, German Gorter ijodidan namunalarni rus tilidan, Mirza Hasan Qorabogʻiy gʻazallarini ozarbayjon tilidan oʻzbek tiliga oʻgirdi. M. Omon “Jahon adabiyoti” jurnali tomonidan adabiyotshunos olim O. Sharafiddinov xotirasiga bagʻishlab taʼsis etilgan mukofotning 2014 yildagi “Eng yaxshi sheʼriy tarjimalar uchun” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.
U oltmishdan ortiq qoʻshiqlar, bir necha hujjatli filmlar ssenariysi muallifi hamdir.

Muhiddin Omon asarlari haqida

Muhiddin Omon sheʼrlarida elu yurt koriga yarash, ona tuproqqa sadoqat singari tuygʻular nihoyatda samimiy, balandparvoz iboralarsiz, tuygʻularning ichki tovlanishlari tarzida, oʻziga xos falsafiy xulosalar, badiiy umumlashmalar vositasida ifodalanadi.
Jaholatni soʻrma, uning koʻp xili,
Oqilni johildan farqlamoq dushvor,
Toki, ogʻir damda birikmas eli,
Har ulus bagʻrida dardi johil bor!
Muhiddin Omonning lugʻat zahirasi boy, soʻz qoʻllashdagi mahorati boʻrtib koʻzga tashlanadi. Turli shakllarda birdek samarali ijod etishi ijodkorning Sharq va Gʻarb adabiyoti ijodiy tajribalaridan voqifligini anglatadi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, творчестве, переводах, наградах Мухиддина Омона.

Жизнь Мухиддина Омона

Мухиддин Омон родился 18 марта 1963 года в селе Каракесак Пайарыкского района Самаркандской области. В 1985 году с отличием окончил филологический факультет Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана).

Деятельность Мухиддина Омона

В издательстве «Узбекистан», в журнале «За здоровое поколение» Г. Работал на различных должностях в издательстве «Гулом». За время работы редактором издал более 350 литературных, художественных, научно-популярных, общественно-политических и духовно-просветительских книг. В настоящее время он является исполнительным директором Узбекского агентства печати и информации.

Работы Мухиддина Омона

К настоящему времени поэт опубликовал «Врата сердца» (1993), «Сезон Толе» (1997), «Недостающее просветление» (2009), «Петух Дакан и его цыплята» (1999, 2006), «Здоровый алфавит». (2005 г.) для детей.Изданы такие сборники стихов, как «39 загадок» (2011 г.), «Зехни аʼло, тили бурро» (2012 г.), «Буюмлар тилга кирса» (2012 г.).

Переводы Мухиддина Омана

Мухиддин Омон перевел сонеты XVI века португальского поэта Луиса де Камоэнса, очерки и рассказы английского писателя С. Моэма, произведения американского писателя Р. Блокса, «Эдвард» (на самом деле «Пан») лауреата Нобелевской премии К. Гамсуна, Вечное страдание голландского писателя Вилли Корсари», русские поэты К. Бальмонт, Б. Пастернак, С. Маршак, А. Барто, Л. Каминский, латышские поэты Ояр Вациетес, Имант Аузин, Петерис Зирнитис, английские народные баллады, голландские поэты Виллем Клосс, Немец Гортер Мирза Хасан перевел образцы своих произведений с русского, а Мирза Хасан из Карабаха на узбекский. М. Омон стал лауреатом премии «За лучшие поэтические переводы» 2014 года, учрежденной журналом «Всемирная литература» в память литературоведа О. Шарафиддинова.
Он автор более шестидесяти песен и сценариев к нескольким документальным фильмам.

О творчестве Мухиддина Омона
В стихах Мухиддина Омона такие чувства, как примирение и преданность Родине, выражаются в форме очень искренних, звучных выражений, в форме внутренних отражений эмоций, через конкретные философские умозаключения и художественные обобщения.
Не спрашивайте о невежестве, есть так много типов,
Трудно отличить мудрого от невежественного.
Токи, рука, которая не сходится в трудную минуту,
Невежество живет в сердце каждого народа!
Словарный запас Мухиддина Омона богат, а красноречие выдающимся. Одинаково эффективно в различных формах означает, что художник знаком с творческим опытом восточной и западной литературы.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: