Gʻulom Mirzo (1964)

Gʻulom Mirzo
Telegramda o'qish

Gʻulom Mirzo hayoti, faoliyati, asarlari, maqolalari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Gʻulom Mirzo hayoti

Gʻulom Mirzo 1964 yilning 4 yanvarida Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi Xushvaqt qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1984–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida (1996–1997) tahsil oldi.

Gʻulom Mirzo faoliyati

Mehnat faoliyatini Toshkent Davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida katta laborant sifatida boshlab (1989–1993), keyinchalik OʻzA Xalqaro axborot tahririyati yetakchi sharhlovchisi, bosh muharrir oʻrinbosari (1993–1996), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi referenti, konsultanti (1996–1999), “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari (1989–2000), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi kotibi (2000–2001), OʻzA Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri oʻrinbosari (2001–2003), “Mohiyat” gazetasi bosh muharriri (2003–2004), OʻzA Respublika axboroti tahririyati bosh muharririning birinchi oʻrinbosari, bosh muharriri (2004–2008), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati Axborot-tahrir guruhining yetakchi konsultanti (2008–2011), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari (2011–2013) lavozimlarida xizmat qildi. 2013 yildan “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharrir oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritadi.

Gʻulom Mirzo asarlari

Ilk mashqlari bilan viloyat, tuman gazetalarida koʻrinib yurgan maktab oʻquvchisi Gʻulom Mirzo talabalik yillarida adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Respublika adabiy nashrlarida sheʼrlari, sheʼriy va nasriy tarjimalari bilan faol qatnasha boshladi. 1988 yilda Respublika yosh ijodkorlari 5-anjumani tomonidan nashrga tavsiya etilgan turkum sheʼrlari “Yoshlar ovozi” bayozida (1990), “Yolqin” nomli sheʼriy toʻplamda (1991) bosildi. Shundan soʻng shoirning “Yaxshiyam siz borsiz” (1994), “Unutilgan hur” (1997), “Oftobga qaytaman” (2008), “Qalb tomchilari” (2010) sheʼriy kitoblari nashr etildi.

Gʻulom Mirzo maqolalari

Gʻulom Mirzo publitsistika sohasida ham barakali ijod qilib, “Istiqlol va Amir Temur”, “Maʼnaviy islohotlar va mustaqil taraqqiyot yoʻli”, “Mahalla va maʼnaviyat”, “Aziz neʼmat maʼnaviyati”, “Istiqlol bogʻlari”, “Buyuk ehtirom ehromi”, “Navroʻzdan soʻng qish boʻlmas” kabi dolzarb mavzularda yuzlab publitsistik maqolalar yozdi. “Obod mahalla – obod mamlakat taraqqiyoti” nomli maqolalar kitobini nashr ettirdi (2015). Georg Gendelning “Amir Temur” musiqiy dramasini tarjima qildi (2015).

Gʻulom Mirzo mukofotlari

Gʻulom Mirzo “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni (2000), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvoni (2008) bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, творчестве, статьях, наградах Гулама Мирзо.

Жизнь Гулама Мирзо

Гулом Мирзо родился 4 января 1964 года в селе Хушвакт Каршинского района Кашкадарьинской области. Учился на факультете узбекской филологии Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана) (1984-1989 гг.), в Академии государственного и общественного строительства при Президенте Республики Узбекистан (1996-1997 гг.).

Деятельность Гулом Мирзо

Трудовую деятельность начал старшим лаборантом кафедры теории и практики перевода Ташкентского государственного университета (1989-1993 гг.), затем ведущим комментатором, заместителем главного редактора Международной информационной редакции УзА (1993-1996 гг.). консультант, консультант (1996—1999)), заместитель генерального директора негосударственного информационного агентства «Туркистон-Пресс» (1989—2000), секретарь Комитета по демократическим институтам, общественным организациям и гражданскому самоуправлению Олий Мажлис Республики Узбекистан (2000–2001 гг.), заместитель главного редактора Республиканской информационной редакции УзА 2001–2003 гг., главный редактор газеты «Мохият» (2003–2004 гг.), первый заместитель главного редактора главный, главный редактор Республиканской информационной редакции УзА (2004–2008 гг.), государственный советник Президента Республики Узбекистан по вопросам культуры, печати и творческих организаций, ведущий консультант редакции (2008–2008 гг. 2011 г.) Республиканский совет духовности и просвещения возглавлял Республиканский центр духовной пропаганды (2011-2013 гг.). С 2013 года — заместитель главного редактора журнала «Демократизация и права человека».

Работы Гулама Мирзо

Своими первыми репетициями Гулом Мирзо, школьник, фигурировавший в областных и районных газетах, попал в поле зрения литературной общественности еще в студенческие годы. Он стал принимать активное участие в литературных изданиях республики, переводя свои стихи и прозу. В 1988 г. в сборнике «Голос молодежи» (1990 г.), в сборнике стихов «Ёлкин» (1991 г.) была опубликована серия стихов, рекомендованная к изданию V Республиканским съездом молодых художников. После этого были изданы сборники стихов поэта «Яхшиям сиз борсиз» (1994 г.), «Унутилган хур» (1997 г.), «Офтобга кайтаман» (2008 г.), «Галб тамчилари» (2010 г.).

Статьи Гулома Мирзо

Гулом Мирзо также является плодовитым писателем в области журналистики, он напишет сотни статей на актуальные темы, такие как «зимы не будет». Издал сборник статей «Благополучное соседство – развитие процветающей страны» (2015 г.). Перевод музыкальной драмы Джорджа Генделя «Амир Темур» (2015).

Награды Гулама Мирзо

Нагрудный знак Гулом Мирзо «Знак Узбекистана» (2000 г.),Ему присвоено почетное звание Заслуженный журналист Республики Узбекистан (2008 г.).

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: