Murtazo Qarshiboy (1961)

Murtazo Qarshiboy hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Murtazo Qarshiboy hayoti

Murtazo Qarshiboy 1961 yilning 6 fevralida Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi Boʻzgʻovul qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugallab, 1979–1981 yillarda harbiy xizmatda boʻldi. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida (1982–1987) tahsil oldi.

Murtazo Qarshiboy mehnat faoliyati

“Yoshlik” jurnalida (1987–1989), “Mushtum” jurnalida (1989–1992), “Vatan” gazetasida (1992–1993), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida (1993–1991), “Tafakkur” jurnalida (1994–1998), “Respublika” gazetasida (1998–1999) turli lavozimlarda xizmat qildi. 1999 yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritadi.

Murtazo Qarshiboy asarlari

Murtazo Qarshiboyning dastlabki adabiy maqola va sheʼrlari talabalik yillarida Samarqand viloyati hamda “Universitet” gazetalarida, “Yoshlik” jurnalida chop etildi. Uning “Oʻnglanmagan taqdir talqini” (adabiy-tanqidiy maqolalar – 1994), “Talotoʻpdan uygʻunlik sari” (falsafiy-publitsistik risola – 1998), “Bunyodkor xalq gʻoyasi” (publitsistik risola – 2001), “Buyuk oʻzgarishdan yangilanish sari” (publitsistik maqolalalar – 2001), “Ezgulik va maʼnaviyat” (maʼrifiy risola – 2009), “Vatan tuygʻusi” (X. Sultonov bilan hammualliflikda umumtaʼlim maktablarining 5-6-sinflari uchun darslik 2002), “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” (umumtaʼlim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflari uchun hammualliflikda yozilgan darslik – 2002), “Koʻngil – ozod ham oʻzing, obod ham oʻzing” (adabiy-publitsistik risola – 2013), “Oʻttiz yillik andisha” (sheʼrlar, 2014), “Inson moʻjiza izlab yashaydi” (adabiy-tanqidiy, maʼrifiy-publitsistik maqolalar, badiiy tarjimalar – 2014) kabi kitoblari nashr etildi.

Murtazo Qarshiboy mukofotlari

Murtazo Qarshiboy 2001 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni bilan mukofotlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

Информация о жизни, деятельности, творчестве, наградах Муртазы Каршибоя.

Жизнь Муртазы Каршибоя

Муртаза Каршибой родился 6 февраля 1961 года в селе Бозговул Пайярикского района Самаркандской области в крестьянской семье. После окончания средней школы в 1979-1981 годах служил в армии. Учился на факультете узбекской филологии Самаркандского государственного университета имени Алишера Навои (1982-1987).

Трудовая деятельность Муртазы Каршибой

В журнале «Ёшлик» (1987-1989 гг.), журнале «Муштум» (1989-1992 гг.), газете «Ватан» (1992-1993 гг.), Национальном информационном агентстве Узбекистана (1993-1991 гг.), журнале «Тафаккур» (1994-1998 гг.). , Работал на различных должностях в газете «Республика» (1998-1999). С 1999 года работает в Аппарате Президента Республики Узбекистан.

Работы Муртазы Каршибой

Первые литературные статьи и стихи Муртазы Каршибоя были опубликованы в газетах «Самаркандская область» и «Университет», а в студенческие годы в журнале «Ёшлик». Его «Толкование исправленной судьбы» (литературно-критические статьи — 1994 г.), «От хаоса к гармонии» (философско-публицистическая брошюра — 1998 г.), «Идея творческого народа» (публицистическая брошюра — 2001 г.), «От Великий перелом к ​​обновлению» (публицистические статьи – 2001 г.), «Добродетель и духовность» (учебная брошюра – 2009 г.), «Чувство Родины» (учебник для 5-6 классов общеобразовательных школ, в соавторстве с Х. Султановым, 2002), «Идея национальной независимости и основы духовности» (7 класс общеобразовательной школы — , соавтор учебника для 8 и 9 классов — 2002), «Сердце свободно и благополучно» (литературно-публицистическая брошюра — 2013 г.), «Тридцать лет андиша» (стихи, 2014 г.), «Человек чудо ищет и живет» (литературно-критические, учебно-публицистические статьи, художественные переводы — 2014 г.).

Награды Муртазы Каршибоя

В 2001 году Муртаза Каршибой был удостоен звания «Заслуженный журналист Республики Узбекистан».

[спойлер title=»Ссылки»]
Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).
[/спойлер]

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: