Xalq ta’limi fidoyisi ko‘krak nishoni haqida

Xalq ta’limi fidoyisi ko‘krak nishoni haqida

Ko‘krak nishoni bilan xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga har yili 10-iyulga qadar taqdim etadi.

Viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari va muassasalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda har yili 1-avgustga qadar vazirlikka taqdim etadi.

Ko‘krak nishoni bilan boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining pedagog va xodimlari ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflariga asosan taqdirlanish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Komissiya tashkil etiladi.

Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 10-sentabrgacha eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-sentabrgacha chiqariladi.

Ko‘krak nishoni har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Mavzuga doir:
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?

Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati

Prezident bir guruh fidoyi ustozlarni mukofotladi!


Граждане, самоотверженно трудившиеся в области народного просвещения по воспитанию зрелого поколения, воспитанию молодежи в духе патриотизма и самостоятельности, внесшие достойный вклад в развитие этой области, награждаются знаком.

Районные (городские) отделы народного образования вносят предложения о награждении нагрудными знаками в соответствующие районные отделы народного образования до 10 июля каждого года.

Областные отделы народного образования и республиканские организации и учреждения при Министерстве народного образования Республики Узбекистан рассматривают предложения о награждении знаками отличия в установленном порядке и представляют их в Министерство до 1 августа каждого года.

Педагоги и работники образовательных учреждений, находящихся в ведении других министерств и ведомств, также могут быть награждены знаком за заслуги в воспитании молодежи по представлению руководителей этих министерств и ведомств.

Министром народного просвещения Республики Узбекистан будет создана комиссия для рассмотрения предложений о награждении нагрудным знаком.

На заседании комиссии изучаются документы по кандидатурам, и ежегодно до 10 сентября принимается окончательное заключение по наиболее подходящим кандидатурам.

Приказ министра народного просвещения Республики Узбекистан о награждении знаком издается ежегодно до 20 сентября.

Знак вручается ежегодно накануне Дня учителя и тренера Министром народного просвещения Республики Узбекистан (или иными ответственными лицами по его указанию).

Лица, награжденные значком, получат единовременное денежное вознаграждение в размере четырехкратного размера базового расчета.

Знак награждается один раз.

Предмет:
Какие конкурсы, конкурсы и мероприятия учитываются при назначении бонусов?

Список сертификатов, которые будут выданы

Президент наградил группу самоотверженных учителей!

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: