Fan oyliklari hisobotini metodistlarga topshirish majburiymi?

Fan oyliklari hisobotini metodistlarga topshirish majburiymi?

Fan oyliklari doirasida o‘tkazilgan tadbirlar hisobotini xalq ta’limi bo‘limiga topshirilishi majburiymi?

Savol: Xalq ta’limi bo‘limlari o‘qituvchilardan har oyda o‘tkaziladigan fan oyliklari hisoboti yig‘ma jildini ham qog‘oz ham elektron shaklda topshirishimizni talab qilyapti. Agar bunday hisobotni topshirirmasak boshqarmaga bildirgi bilan murojaat qilib, bizga intizomiy jazo chorasi qo‘llanar ekan. O‘qituvchilar shunaqa hisobotlar topshirishi majburiymi?

Javob: Ma’lumki, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribasini o‘rganish qo‘llanilayotgan metodlarni takomillashtirish maqsadida fan oyliklari tashkil etilgan.

Fan oyliklarini o‘tkazish tartibi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 183-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risida»gi nizom bilan tartibga solinadi.

Ushbu nizomda maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklarini qay tartibda o‘tkazish haqida to‘liq ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.

Ammo mazkur me’yoriy hujjatda fan oyliklari doirasida o‘tkazilgan barcha tadbirlarning hisobotini hududiy xalq ta’limi bo‘limlariga topshirilishi haqida hech qanday qoida belgilanmagan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklarida amalga oshiriladigan ishlar maktabning metodbirlashmasi ish rejasiga kiritiladi.

Ish reja bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar esa metodbirlashma rahbarida 3 yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ham metodbirlashma rahbarlari ham hududiy xalq ta’limi bo‘limlariga fan oyliklari bo‘yicha hisobot topshirishga majbur emas.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Fan oyliklarini o’tkazish tartibi

Barcha fanlardan metodbirlashma hujjatlari yuklab olish

Metodistlar maktablarni tekshirib, o‘qituvchilarga chora ko‘rishga haqlimi?


Обязательно ли подавать в отдел народного образования отчет о мероприятиях, проведенных в рамках месячников науки?

Вопрос: Отделы народного образования требуют от нас предоставления как бумажной, так и электронной формы сводки ежемесячных отчетов о месячниках науки, проводимых каждый месяц. Если мы не представим такой отчет, мы примем дисциплинарное взыскание к администрации. Обязаны ли учителя представлять такие отчеты?

Ответ: Известно, что ежемесячник науки был организован с целью выявления творческих педагогов и совершенствования методов изучения их опыта.

Порядок проведения месячников науки регламентируется положением «О методических объединениях общеобразовательной школы», утвержденным приказом Минобразования № 183 от 13 августа 2020 года.

Это положение содержит полные инструкции о том, как проводить научные месячники, проводимые в школах.

Однако данный нормативный документ не устанавливает правила о том, что отчет обо всех мероприятиях, проводимых в рамках месячников науки, должен представляться в областные управления народного образования.

Согласно действующему положению, работы, проводимые в месячники науки в общеобразовательных школах, включаются в план работы методической школы.

Работа, выполненная по плану работ, хранится у начальника методического объединения в течение 3 лет и сдается в соответствующий архив.

В заключение, учителя общеобразовательной школы и руководители методического объединения не обязаны ежемесячно представлять отчет по науке в областные отделы народного образования.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Порядок проведения месячников науки

Скачать методические документы по всем предметам

Имеют ли методисты право инспектировать школы и принимать меры против учителей?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: