Maktabda sayt va platformalarni boshqarayotgan xodimlarga ustama bormi?

Maktabda sayt va platformalarni boshqarayotgan xodimlarga ustama beriladimi?

Maktabda Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz kabi bir qancha platformalarga adminlik qilayotgan xodimlarga ustama to‘lab bersa bo‘ladimi?

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlanib, maktablarda Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz kabi paltformalar joriy qilindi. Mana shu platformalarga odatda direktorning o‘quv-ishlari bo‘yicha o‘rinbosari yoki informatika fani o‘qituvchilari admin sifatida biriktirilgan.

Hozirda juda ko‘pchilik Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli farmonini asos qilib, yuqoridagi platformalarda adminlik vazifasini bajarayotgan xodimlarga ustama to‘lash mumkinmi deb savol bermoqda.

❗️Bizningcha, maktabdagi hech bir xodimga yuqoridagi ustamalarni tadbiq qilib bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, PF-5349-sonli qarorning 7-bandida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi aytilgan.

Ammo bu ustamalarni to‘lab berilmasligiga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, mazkur ustamani qaysidir xodimga to‘lab berish uchun maktablarda aynan shunday nomdagi lavozim shtat birligi bo‘lishi lozim. Maktablarda esa «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish» lavozimi tarkibiga kiruvchi shtat birligi mavjud emas.

Ikkinchidan, PF-5349-sonli qarorda har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanishi aytilgan.

Hozirgi kunda esa mana shu harajatlar uchun maktablarga davlat budjeti hisobidan mablag‘ ajratilmagan. Maktablarning budjetdan tashqari mablag‘lari esa har oyda qaysidir xodimga ustama to‘lab berishga kamlik qiladi.

Agar Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklari bilan kelishib, ta’lim muassalarida mana shunday lavozimni joriy qilinib, ushbu harajatlar uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilsagina yuqorida nazarda tutilgan ustama mas’ul xodimlarga to‘lanishi mumkin bo‘ladi. Hozircha esa bu imkonsiz deb hisoblaymiz.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Maktablar uchun jadvalshunos lavozimi kerak shekilli

MAKTABLARDA YANGI TASHKIL ETILATIGAN LAVOZIMGA KIMLAR TAYINLANADI?

Jadvallar bilan ishlash ta’lim rivoji uchun xizmat qilmaydi


Можно ли в школе выплачивать бонус сотрудникам, которые администрируют несколько платформ, таких как Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz?

В настоящее время развиваются информационные технологии, и в школах внедрены такие платформы, как Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz. Эти платформы обычно назначаются заместителям директора по воспитательной работе или учителям информатики в качестве администраторов.

В настоящее время многие задаются вопросом о возможности выплаты премий работникам, выполняющим административные обязанности вышеперечисленных площадок на основании Указа Президента № ПФ-5349 от 19 февраля 2018 года «О мерах по дальнейшему совершенствованию сферы информационных технологий и связи» дает

❗️По нашему мнению, вышеуказанные бонусы не могут быть применены ни к одному сотруднику школы.

Верно ли, что в пункте 7 решения № ПФ-5349 сумма ежемесячных премий, выплачиваемых работникам государственных органов и иных бюджетных организаций, ответственных за внедрение и развитие современных информационных технологий и связи, из государственного бюджета не выделяется В госбюджете указано, что размер не менее 100 процентов заработной платы работника будет определяться за счет внебюджетных средств этих организаций.

Но есть несколько причин, по которым эти премии не выплачиваются. Во-первых, для выплаты этой надбавки работнику в школах должна быть одноименная государственная единица. В школах нет государственного блока, включающего позицию «Внедрение и развитие информационных технологий и коммуникаций».

Во-вторых, в решении № ПФ-5349 указано, что сумма ежемесячной премии будет выплачиваться из внебюджетных средств этих организаций, если она не будет выделена из государственного бюджета.

В настоящее время средства из государственного бюджета школам на эти расходы не выделяются. Внебюджетных средств школ не хватает, чтобы каждый месяц выплачивать премию какому-то сотруднику.

В случае если Министерство народного образования по согласованию с Министерством занятости и трудовых отношений и Министерством финансов вводит такую ​​должность в учреждениях образования и выделяет средства из государственного бюджета на эти расходы, указанная надбавка может быть выплачена ответственные сотрудники. Пока мы считаем, что это невозможно.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Кажется, в школах нужна должность планировщика

КТО БУДЕТ НАЗНАЧЕН НА ВНОВЬ ОРГАНИЗОВАННУЮ ДОЛЖНОСТЬ В ШКОЛАХ?

Работа с таблицами не способствует развитию образования

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: