Kuchli yaratuvchanlik qobiliyati

Xalqaro Xotira sporti ustasi - Husniddin Ismoilov

 

Inson qobiliyatlari cheksiz. Olloh tomonidan berilgan aql-u zakovat necha zamonlardan beri bizni hayot tarzimizni o‘zgartirdi, koinot-u samolarga yetkazdi.

Ayniqsa, oramizda shunday insonlar borki, ularning iste’dodlari hammamizni ham hayratda qoldiradi. Biz ularni bu muvaffaqiyatga osonlikcha erishgan deb o‘ylaymiz. Aslida-chi? Ular ham o‘z iste’dodini yuzaga chiqarish uchun qanchadan-qancha mehnat qilishgan. Axir muvaffaqiyatli bo‘lish uchun 5% iste’dod 95% mehnat qilish kerak. Shunday izlanuvchan yoshlarimizdan biri — Xalqaro Xotira sporti ustasi — Husniddin Ismoilov. Yurtdoshimiz 1 soatda 1460 ta, 5 daqiqada 240 ta raqamni eslab qolishga erishdi. Kishi hayratdan ta’riflashga so‘z topolmaydi. Biz telefon raqamlarini bir zumda unutib
kuyayotgan zamonda Husniddin 240 ta sonni ketma-ket xotirasida saqlab qola oldi. Kizik,u bu natijaga qanday erishdi ekan? Bunday kuchli xotiraning siri nimada ekan?
Qahramonimiz javobi esa oddiy: ,,Bunday darajada xotira mustahkamligiga erishish qiyin masala deb hisoblamayman. O‘z xotirasini tinimsiz shug‘ullantirib borish va mnemonika texnikalaridan unumli foydalanish orqali har qanday inson shunday darajaga erishishi mumkin. Xalqaro Xotira sporti ustasi unvoniga erishish uchun 2 yil inson xotirasi haqida o‘qib izlandim va har kuni 2-3 soat vaqtimni chempionatga tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun sarfladim. Mnemonika usullarini o‘rgandim. Shu asnoda oldimga quygan maqsadimga erishdim”.
Butun bir muvaffaqiyatning kaliti mnemonika uzi nima? Uni qanday o‘rgansa bo‘ladi?
Mnemonika — eslab kolish san’ati, sun’iy assotsiatsiyalar hosil qilish yo‘li bilan esda qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Hattoki, mnemonikani o‘rganib ma’nosiz materialni ham tezda esda olib qolish mumkin. Lekin ma’nosini tushunib yod olish afzaldir.
Mnemonika mexanizmlaridan “Moya velikolepnaya znayushaya mat yunym serdsam umela nebo pokazat” bunda so‘zlarning bosh harflaridan esdan chiqmaydigan gap tuzilgan. Merkuriy, Venera, Zemlya, Mars, YUpiter, Uran va Pluton o‘z navbatida. Homes so‘zini eslab qolsangiz siz Amerika qit’asidagi ko‘llarni ketma-ket yodlagan bo‘lasiz: «Guron, Ontario, Michigan, Eyr, YUkori AQSH».
Har qanday inson bu mexanizmlarni o‘rganib kuchli xotira egasi bo‘lishi mumkin. Faqat bu yo‘lda tinimsiz o‘qib-o‘rganish, sabr bilan harakat qilsa bo‘lgani.

Dilfuza olimova, O‘zJOKU universiteti talabasi


Способности человека безграничны. Богом данный разум давно изменил наш образ жизни, перенеся нас во вселенную.

Особенно, когда среди нас есть люди, чьи таланты поражают всех нас. Мы думаем, что они сделали это легко. По факту? Они также много работали над развитием своих талантов. Ведь для успеха нужно 5% таланта и 95% трудолюбия. Одним из таких амбициозных молодых людей является Хусниддин Исмоилов, мастер спорта международного класса по запоминанию. Нашему соотечественнику удалось запомнить 1460 чисел за 1 час и 240 чисел за 5 минут. Невозможно описать изумление. Мы забыли номера телефонов мгновенно
в момент сжигания Хусниддин смог запомнить 240 чисел подряд. Интересно, как он добился такого результата? В чем секрет такой сильной памяти?
Ответ нашего героя прост: «Я не думаю, что достичь такого уровня памяти сложно». Любой может достичь этого уровня, постоянно тренируя свою память и эффективно используя мнемонические приемы. Чтобы заслужить звание мастера спорта международного класса по памяти, я потратил 2 года на изучение и исследование человеческой памяти и каждый день по 2-3 часа готовился к чемпионату. Я выучил мнемонику. При этом я добился своей цели».
Что является ключом к самой мнемонике? Как этому научиться?
Мнемотехника – это искусство запоминания, система приемов, облегчающих запоминание и расширяющих память за счет создания искусственных ассоциаций. Даже бессмысленный материал можно быстро запомнить, изучая мнемотехнику. Но лучше понять смысл и запомнить его.
Одним из механизмов мнемотехники является «Моя великолепная знающая мат юным сердцем умела небо показать». Меркурий, Венера, Земля, Марс, Юпитер, Уран и Плутон соответственно. Если вы помните слово Homes, вы снова и снова будете вспоминать озера Америки: «Гурон, Онтарио, Мичиган, Эйр, Аппер США».
Любой может изучить эти механизмы и иметь сильную память. Это просто вопрос упорного обучения и терпения.

Дильфуза Олимова, студентка Университета Узбекистана

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: