Chorasizlik qurbonlari yoxud drontlar haqida nimalarni bilamiz?

Chorasizlik qurbonlari yoxud drontlar haqida nimalarni bilamiz?

Qushlar sinfi – barcha ekotizimlarda, jumladan, Antarktida muzliklarida ham yashaydigan turlarni o‘z ichiga oladigan sinf

.

Xalqaro ornitologlar ittifoqi (International Ornithologists’ Union) ning 2020-yil mart oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, qushlar sinfi 10 770 turni o‘z ichiga oladi. Shundan 182 tur 1500-yildan keyin yo‘qolib ketgan turlar hisoblanadi. Yo‘qolib ketgan qushlarning aksariyati (92%) turli orollarda yashovchi qushlar edi. Bugun hikoya qiladigan ikki tur qushimiz (drontlar) ham qachonlardir o‘zlarining kichkina oroldan iborat makoniga ega bo‘lishgan. O‘n minglab individlardan iborat bu qushlar guruhlari o‘z orollaridagi bir butun biologik tizimning ajralmas bo‘lagi edilar. Endi esa biz ularni faqat rasmlardagina ko‘rishimiz mumkin, xolos…

Drontlar


Drontlar (Raphinae) – kaptarsimonlar turkumining ikki urug‘ (Raphus va Pezophaps)dan iborat kenja oilasi. Ushbu kenja oilaga mansub har bir urug‘ bittadan qirilib ketgan turni o‘z ichiga oladi. Bu turlar Raphus urug‘iga mansub Dodo (Raphus cucullatus) va Pezophaps urug‘iga mansub Rodriges dronti (Pezophaps solitaria) edi. Ular Madagaskar orolidan 650 km sharqda joylashgan Maskaren orollariga kiruvchi Mavrikiya va Rodriges orollari endemiklari hisoblangan. Dodo Mavrikiya orolida uchragan bo‘lsa, Rodriges dronti Rodriges orolida uchragan. Tana o‘lchami nisbatan yirik bo‘lgan bu kenja oila vakillari uchish qobiliyatiga ega bo‘lmagan. Maskaren orollarida drontlar hayotiga xavf soluvchi yirtqich darrandalar bo‘lmagan. Toki odam qadami yetguncha…

Drontlar filogenetikasi

Bu qushlarning suyak qoldiqlaridan ajratib olingan mitoxondrial DNK nukleotidlari o‘rganilishi va boshqa qushlar genomi bilan solishtirilishi natijasida ularning kaptarlar oilasiga mansub ekanligi aniqlangan. Kaptarlar oilasining 35 turi tahlil qilinganda, Raphinae kenja oilasiga eng yaqin bo‘lgan tur Janubiy-Sharqiy Osiyoda uchrovchi Nikobar kabutari (Caloenas nicobarica) ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng, 2002-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar dodo va Rodriges drontlarining ajdodlari divergensiyasiga 10 mln yildan ancha kamroq vaqt bo‘lganligini ko‘rsatdi. Chunki bundan 10 mln yil avval kuchli vulqonlar natijasida Maskaren orollari hosil bo‘lgan va keyinchalik ushbu qushlarning uchish qobiliyatini yo‘qotmagan dastlabki ajdodlari Mavrikiya va Rodriges orollariga kelib qolgan.

Ma’lum morfologik va anatomik belgilari

Dodo va Rodriges drontlari tashqi tuzilishining kaptarlar oilasining boshqa vakillaridan farqli belgilari asosan, uchish qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq belgilardir. Jumladan, oldingi oyoq (qanot) skeletining kichik ekanligi, ko‘krak toj suyagining umumiy skelet massasiga nisbati pastligi, bosh skeletining nisbatan yirik bo‘lishi kabilar bu kenja oila vakillarining o‘ziga xos belgilari edi. Ularning to‘liq namunalari mavjud emasligi, tashqi ko‘rinishiga xos belgilar, masalan, pat tuzilishi yoki pat rangini aniq ayta olmasligimizga sabab bo‘ladi. Mavjud namunalar va rasmlarda ular turli kattalikda, turli ranglarda ekanligi ko‘rsatilgan. Bunga ularning jinsiy dimorfizmi, mavsumiy vazn o‘zgarishlari, tasvirlovchining mahoratiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

XVI-XVII asr manbalarida tasvirlangan drontlar, odatdagi yirik g‘ozlar kattaligida bo‘lgan. Katta yoshli drontlarning massasi turli manbalarda 17-28 kg oralig‘ida bo‘lgan (taqqoslash uchun kurkaning vazni 12-16 kg). Bo‘yi 0,7-1 m bo‘lgan. Ko‘pchilik qushlar singari ularda ham jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Dodoning erkagi 21 kg, urg‘ochisi esa 17 kg gacha; Rodriges drontining erkagi 28 kg, urg‘ochisi esa 17 kg gacha yetgan. Dodoning boshqa kaptarlar, shu jumladan, Rodriges drontidan asosiy farqi uning yirik va uzun tumshuqqa egaligidir. Bu tumshuq Rodriges dronti tumshug‘idan deyarli ikki barobar uzun bo‘lgan. Burun teshigi esa ushbu uzun tumshuq bo‘ylab joylashgan. Rodriges drontining bo‘yin va oyoqlarining nisbatan ancha uzunligi, uning dododan asosiy farqli xususiyati edi.
Quyida esa ikkala turning zamonaviy texnologiyalar asosida modellashtirilib yaratilgan rasmini ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu turlarning yaxlit skeleti topilmagan. Lekin olimlar turli hududlardan va turli vaqtlarda topilgan suyaklaridan bu organizmlarning yaxlit skeletini yig‘ishgan. Quyida bularni ham ko‘rishingiz mumkin.

Masalan, 2016-yilda dodoning 40 yil mobaynida topilgan suyaklardan yig‘ilgan skeleti Summer Place auksionida 430 ming dollarga sotilgan edi.

Drontlar etimologiyasi

Gollandiyaning Gelderland kemasi ekipaji 1602-yilda bu qushlarni dronte deb ataydi. Bu so‘z “shishgan”, “shishirilgan” kabi ma’nolarni anglatgan. Bunday nomlashga ehtimol, dodoning odatdagi qushlarga nisbatan vazni yirikligi sabab bo‘lgandir. Shu tariqa, slavyan va skandinav tillarida drontlar degan so‘z aynan shu qushlarga nisbatan ishlatila boshlandi.

Dodo so‘zining kelib chiqishi haqida esa bir nechta qarashlar mavjud: Ayrimlar bu so‘zning kelib chiqishini gollandiyaliklar tilidagi dodoor (“dangasa”) so‘ziga bog‘lasa, boshqalar shu tildagi dod-ars (“tuguncha”) so‘zidan kelib chiqqanlgini aytadi. “Tuguncha” varianti dodo dum qismidagi bir tutam patlarga nisbatan ishlatilgan bo‘lishi taxmin qilinadi. Ba’zi mualliflar esa bu so‘zning portugalcha doudo (“ahmoq”) so‘zidan kelib chiqqanligi haqida yozgan. Yana bitta variantga ko‘ra, kaptarlarning do-doo kabi ikki notali tovushda sayrashi ushbu qushga shunday nom berilishiga sabab bo‘lgan.

Hayot tarzi

Mavjud ma’lumotlar drontlarning asosan orolning janubi va g‘arbidagi qirg‘oq bo‘yidagi o‘rmonlarida yashaganligini, ba’zi dodolar esa g‘orlarda yashagan ekanligini ko‘rsatadi. Ular juft-juft bo‘lib yashab, yerga uya qurgan. Uyada odatda, bitta tuxum bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, erkak dodolar 21, urg‘ochi dodolar 17 yil yashagan. Rodriges dronti erkagi 28, urg‘ochisi 17 yil yashagan. Oyoqlarining tuzilishi juda tez yugurishga moslashgan. Drontlar o‘z hududi uchun kuchli raqobatda bo‘lishgan. Bu ayniqsa, Rodriges drontida yaqqol namoyon bo‘lgan. Rodriges orollarida mavsumiy o‘zgarishlar kuchliroq bo‘lishi va yashash uchun qulay sharoitning cheklangan doiradagina mavjud bo‘lishi bunga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar Rodriges dronti o‘zining kichik qanotlaridan raqibiga qarshi qurol sifatida foydalanganligini ko‘rsatadi. Qanot suyaklaridagi yoriqchalarning mavjudligi buning isboti sifatida qaraladi. Bundan tashqari, Rodriges dronti o‘z qanotlaridan juftiga o‘zini ko‘z-ko‘z qilishda va ovoz chiqarishda foydalangan. Qanotlari yordamida hosil qilgan ovozi 200 metr uzoqlikdan ham eshitilgani manbalarda yozib qoldirilgan. Dodo esa yashash hududi uchun unchalik kuchli raqobat qilmagan. Turdoshlari bilan ahyon-ahyonda kelib chiqadigan nizolarda esa yirik tumshuqlaridan qurol sifatida foydalangan. Yevropaliklar yozib qoldirgan manbalarda dodo unga yaqinlashmoqchi bo‘lgan odamlarga tumshuqlari yordamida faol qarshilik ko‘rsatgani aytiladi.

Oziqlanishi

Dodolar to‘kilgan mevalar, yong‘oqlar, o‘simliklarning urug‘lari va yerostki qismlari bilan oziqlangan. Ularning tojli kaptarlar singari qisqichbaqalar va mollyuskalar bilan ham oziqlanishi taxmin qilinadi. Oroldan olib ketilayotgan dodolar kemalarda turli xil ozuqalar bilan boqilganda, ular ozuqa tanlamagani qayd etilgan.
Rodriges drontlari xurmo, o‘simlik urug‘lari va barglari bilan oziqlangan. Ba’zan palma mevalari bilan oziqlanganligi aytiladi. Ikkalar tur ham ovqat hazm qilishda gastrolitlar (gizzard toshlari) dan foydalangan.
Drontlar vakillari polaponlarini nima bilan oziqlantirgani haqida ma’lumot yo‘q. Boshqa kaptarsimonlar singari qush suti bilan oziqlantirgani taxmin qilinadi.

Ko‘payishi va rivojlanishi

Ko‘payishdan oldin Rodriges dronti xurmo barglaridan uya yasagan. Uyasiga 200 metr radiusda turdoshlari va dushmanlari yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymagan. Dodo uyasi haqida ma’lumot yo‘q. Ular yiliga bir marta va bitta tuxum qo‘ygan. Dodo may oylarida tullab, tuxumlarini avgust oyida qo‘ygan. Tropikada uchraydigan yirik qushlar singari ularning polaponlari ham sekin voyaga yetganligi taxmin qilinadi. Polaponlarga yaqinlashgan odamlarga nisbatan juda agressiv bo‘lishgan.

Drontlar yerga uya qurgan. Uni turdoshlari va boshqa hayvonlardan qattiq himoya qilgan

Qirilib ketishi

Dodo (1598-XVII asr oxiri)
Odamlar tomonidan ko‘plab ovlanishi, o‘rmonlarning kesilishi dodolar populyatsiyasining qisqarishining dastlabki sabablari bo‘lsa-da, lekin bu asosiy omil emasdi. Chunki, bir vaqtning o‘zida odamlarning Mavrikiya orolidagi soni dodolar qirilib ketganida 50 tadan oshmagan. Asosiy sabab, odamlar orolga o‘zlari bilan birga olib kelgan it, mushuk, cho‘chqa va makakalar edi. Itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dodolarni ovlagan, mushuklar va cho‘chqalar dodo tuxumlarini o‘g‘irlashgan, makakalar esa o‘zi shundoq ham taqchil bo‘lgan dodolarning cheklangan ozuqa resurslariga sherik bo‘lishgan va dodolar butunlay qirilib ketdi…
Rodriges dronti (1691-XVIII asr o‘rtalari)
Toshbaqa savdosi avj olgan yillar – XVIII asrning 30-yillarida odamlar Rodriges oroli o‘rmonlarini ko‘p qismini yoqib yuborishadi. Sabab – o‘rmon ichkarisidagi toshbaqalarni haydab chiqarish! Yashash hududidan ayrilgan Rodriges drontlari uchun odamlar orolga olib kelgan mushuk va cho‘chqalar halokatning oxirgi sabablari edi va yana bir tur shu tariqa yer yuzidan butunlay yo‘q bo‘lib ketdi…

Bundan 10 ming yillar oldin boshlangan insoniyatning tirik tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri, borgan sari tuzatib bo‘lmas darajaga yetib bormoqda. Biz tabiatni, tiriklikni shu darajaga olib borib qo‘ydikki, sayyoramizdagi o‘simlik va hayvonot olami tabiiy jarayondan ming barobar katta tezlikda yo‘qolib bormoqda. Yuqorida keltirilgan ikkita tur aniqlangandan so‘ng, 100 yildan kam vaqt davomida insoniyat ta’sirida qirilib ketdi. Bugungi kunda minglab kichik orollardagi yuzlab shunday turlar yo‘qolib ketish ostonasida turibdi. Har bir turning yo‘qolib ketishi, bir butun tiriklik zanjirining ma’lum qismi yemirilishi demakdir. Olimlarning aytishicha, agar insoniyatning tabiatga salbiy ta’siri shu zaylda kuchayib boraversa, 30 yildan so‘ng sayyoramizdagi 40% turlar yo‘qolib ketishi mumkin ekan. Tabiatga mehribon bo‘laylik. Zero, ulkan yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniyat, yer yuzida tiriklik yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘lmasin.

Ozodjon Abdusamatov
Samarqand davlat universiteti magistranti, ornitolog

Manba: Hujayra.uz


Класс птиц — это класс, включающий виды, обитающие во всех экосистемах, в том числе и в антарктических ледниках.
.
По данным Международного союза орнитологов на март 2020 года, класс птиц включает 10 770 видов. Из них 182 вида вымерли через 1500 лет. Большинство вымерших птиц (92%) были птицами, обитавшими на различных островах. Два вида птиц (трутней), о которых мы говорим сегодня, также когда-то имели свою собственную среду обитания на небольших островах. Эти группы птиц, насчитывавшие десятки тысяч особей, были составной частью целой биологической системы на своих островах. Теперь мы можем видеть их только на фотографиях,…
Дроны

Трутни ( Raphinae ) — подсемейство двух видов голубей ( Raphus и Pezophaps ). Каждое семя, принадлежащее к этому подсемейству, содержит один вымерший вид. Этими видами были Додо ( Raphus cucullatus) из рода Raphus и Родригес дронти ( Pezophaps solitaria ) из рода Pezophaps. Они являются эндемиками островов Маврикий и Родригес, входящих в состав Маскаренских островов, в 650 км к востоку от Мадагаскара. Додо был найден на острове Маврикий, а дрон Родригеса — на острове Родригес. Представители этого небольшого семейства, размеры тела которых были относительно большими, не обладали способностью летать. На Маскаренских островах не было хищников, угрожающих жизни дронов. Пока человек не шагнет…

Филогенетика трутней
Изучение нуклеотидов митохондриальной ДНК, выделенных из костных останков этих птиц, и сравнение их с геномами других птиц выявило их принадлежность к семейству голубиных. При анализе 35 видов голубей было установлено , что наиболее близким видом к подсемейству Raphinae является никобарский голубь ( Caloenas nicobarica ) , обитающий в Юго-Восточной Азии .
Впоследствии исследование 2002 года показало, что расхождение предков дронтов и трутней Родригеса произошло менее 10 миллионов лет назад. Потому что 10 миллионов лет назад Маскаренские острова образовались в результате сильных вулканов, а позже на острова Маврикий и Родригес пришли первые предки этих птиц, не утратившие способности летать.
Известные морфологические и анатомические особенности
Отличительными чертами внешнего строения трутней додо и родригесов от других представителей семейства голубиных являются в основном признаки, связанные с утратой способности летать. В частности, для этой более молодой семьи были характерны малые размеры скелета передней ноги (крыла), низкое отношение грудины к общей массе скелета и относительно большие размеры головного скелета. Тот факт, что у них нет полных узоров, не позволяет нам точно определить характеристики их внешнего вида, такие как структура перьев или цвет перьев. Имеющиеся образцы и фотографии показывают, что они бывают разных размеров и разных цветов. Это может быть связано с их половым диморфизмом, сезонными изменениями веса и мастерством иллюстратора.
Трутни, описанные в источниках XVI-XVII веков, были размером с типичных крупных гусей. Масса взрослых трутней по разным данным колебалась в пределах 17–28 кг (вес индюка для сравнения 12–16 кг). Высота 0,7–1 м. Как и у большинства птиц, у них хорошо выражен половой диморфизм. самцы додо до 21 кг и самки до 17 кг; Самец трутня Родригеса весил 28 кг, а самка до 17 кг. Основное отличие Додо от других голубей, в том числе от трутня Родригеса, в том, что у него большой и длинный клюв. Этот клюв был почти в два раза длиннее клюва дрона Родригеса. Ноздря расположена вдоль этого длинного клюва. Относительно большая длина шеи и ног дрона Родригеса была его главной отличительной чертой от дронта.
Ниже вы можете увидеть изображение обоих видов, смоделированных на основе современных технологий.

Целостных скелетов этих видов не обнаружено. Но цельные скелеты этих организмов ученые собрали из костей, найденных в разных регионах и в разное время. Вы также можете увидеть их ниже.

В 2016 году, например, скелет дронта, собранный из костей, найденных за 40 лет, был продан на аукционе Summer Place за 430 000 долларов.
Этимология дронов
В 1602 году экипаж голландского корабля «Гельдерланд» назвал этих птиц дронтами . Слово означает «опухший», «опухший». Такое название, вероятно, связано с тем, что додо весит больше, чем обычные птицы. Так, в славянских и скандинавских языках слово трутни стало употребляться для обозначения этих самых птиц.
Существует несколько теорий происхождения слова «додо»: одни связывают происхождение слова с голландским словом dodoor («ленивый»), а другие выводят его из слова dod-ars («узел»). . Считается, что вариант «узел» использовался для пучка перьев на хвосте дронта. Некоторые авторы писали, что это слово происходит от португальского слова doudo («глупый»). По другой версии, голуби, поющие двухтонными звуками типа до-ду, стали причиной такого названия птицы.
Образ жизни
Имеющиеся данные показывают, что дронты обитали в основном в прибрежных лесах юга и запада острова, а некоторые дронты обитали в пещерах. Они жили парами и строили гнезда на земле. В гнезде обычно было одно яйцо. Подсчитано, что самцы додо жили 21 год, а самки — 17 лет. Трутень Родригеса прожил 28 лет у самцов и 17 лет у самок. Строение ног приспособлено к очень быстрому бегу. Дроны были в сильной конкуренции за свою территорию. Особенно это проявилось в беспилотнике Родригеса. Это может быть связано с более сильными сезонными изменениями на островах Родригес и наличием ограниченного набора комфортных условий проживания. Данные показывают, что дрон Rodriguez использовал свои маленькие крылья в качестве оружия против своего противника. Доказательством этого считается наличие трещин в костях крыльев. Кроме того, дрон Родригеса использовал свои крылья, чтобы показать себя паре и издать звук. Источники сообщают, что звук, издаваемый его крыльями, был слышен с расстояния 200 метров. Додо, с другой стороны, не так сильно конкурировал за среду обитания. Он использовал свой большой клюв как оружие в случайных ссорах со своими современниками. Источники, записанные европейцами, говорят, что додо активно сопротивлялся людям, пытавшимся приблизиться к нему с клювом.
Питание
Кормят додо осыпавшимися фруктами, орехами, семенами растений и подземными частями. Также считается, что они питаются креветками и моллюсками, такими как коронованные голуби. Когда дронтов, вывезенных с острова, кормили на кораблях разными кормами, было замечено, что они не выбирают пищу.
Трутни Родригеса питаются финиками, семенами растений и листьями. Иногда говорят, что его кормят пальмовыми плодами. Оба вида использовали гастролиты (желудочные камни) в пищеварении. Как и другие голуби, считается, что он питается птичьим молоком.
Размножение и развитие
Перед размножением трутни Родригеса вили гнезда из пальмовых листьев. Родных и врагов он не подпускал к своему гнезду в радиусе 200 метров. Нет информации о слоте Додо. Они откладывают одно яйцо один раз в год. Додо вылупились в мае и отложили яйца в августе. Считается, что, как и у крупных птиц, обитающих в тропиках, их куколки созревают медленно. Они были очень агрессивны по отношению к людям, приближавшимся к Полапонам.

Трутни строят гнезда на земле. Он строго охранял его от сородичей и других животных
Разрушение
Додо (конец 1598 г. — конец 17 века)
Несмотря на активную охоту людей, вырубка лесов была основной причиной сокращения популяции додо, но не главным фактором. Потому что когда-то количество людей на острове Маврикий не превышало 50 человек, когда дронтов убивали. Основной причиной стали собаки, кошки, свиньи и макаки, которых люди привезли с собой на остров. Собаки охотились на дронтов напрямую, кошки и свиньи воровали яйца дронтов , а сами макаки делили ограниченные пищевые ресурсы дронтов, которых и без того не хватало, и
дронты были полностью уничтожены.
когда торговля черепахами процветала — в 1930-е годы люди сожгли большую часть лесов на острове Родригес. Причина в том, чтобы выгнать черепах из леса! Для трутней Родригеса, потерявших среду обитания, кошки и свиньи, которых завезли на остров люди, были последними причинами уничтожения, а еще один вид таким образом полностью исчез с лица земли…
Воздействие человечества на живое, начавшееся 10 000 лет назад, становится все более необратимым. Мы довели природу и жизнь до такой степени, что флора и фауна нашей планеты исчезают со скоростью, в тысячу раз превышающей естественный процесс. После идентификации двух упомянутых выше видов они вымерли под влиянием человека менее чем за 100 лет. Сегодня сотни таких видов на тысячах небольших островов находятся на грани исчезновения. Вымирание каждого вида означает уничтожение определенной части всей цепи жизни. Ученые говорят, что если негативное влияние человечества на природу продолжит расти, 40% видов на планете могут вымереть через 30 лет . Давайте будем добрее к природе. Ведь человечество, обладающее огромными творческими способностями, не должно быть причиной исчезновения жизни на земле.
Озоджон Абдусаматов
магистр Самаркандского государственного университета, орнитолог
Источник: Hujayra.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: