Maktabda darslar vaqtini qisqartirsa bo‘ladimi?

Maktabda darslar vaqtini qisqartirsa bo‘ladimi?

Maktabdagi darslar vaqtini qisqartirib bo‘lmaydi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, dars mashg‘ulotining davomiyligi 45 daqiqa etib belgilangan. Buni yuqori turuvchi tashkilotning maxsus ko‘rsatmasi bo‘lmay turib umuman o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizom»ning 25-bandida ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi aniq muddatlar belgilab berilgan.

❕Ya’ni, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga to‘liq amal qilinadi:

👉o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

👉o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I-IV sinflar uchun 5 kun);

👉dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

👉dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15-30 daqiqa).

❗️Maktab ma’muriyati yuqorida belgilab berilgan muddatlarga to‘liq rioya qilishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, dars jarayoni vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirish mumkin emas. Ammo dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffuslarning davomiyligini 5 daqiqagacha qisqartirish mumkin.

Mavzuga doir:
Maktab toʻla muammo, ammo…

O‘qituvchi o‘quvchi bilan muammoli vaziyatda nima qilishi kerak?

Nega komissiyadan qo‘rqishadi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: