Ta’lim muassasasini tekshirishdan oson ish yo‘q albatta. Ortiqcha tekshiruvlar shuncha taqiqlanganiga qaramay, normativ hujjatlar bilan tartibga solingan bo‘lsada maktablarni tekshirish hali ham avjida.
Komissiyadan kim qo‘rqadi? Albatta o‘z huquqini bilmaydigan va ish faoliyati davomida doim kamchiliklarga yo‘l qo‘yadiganlar qo‘rqadi. Aslida qonunchilikni yaxshi bilgan, hujjatlarini doim taxt qilib qo‘yadigan pedagoglar hech narsadan qo‘rqmaydi.
Buni kichik bir keys orqali tushuntirib berishga harakat qilaman. Hozirgi kunda maktab jamoasini qo‘rqitadigan, ularni tekshiruvchilar oldida tilini qisadigan narsa bu — davomat.
Chunki eng oson va kamchilik topib, maktab ma’muriyatini javobgarlikka tortsa bo‘ladigan holat aynan o‘quvchilar davomatidir. Afsuski, maktab ma’muriyati davomat masalasida ham ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi.
Ularning eng katta xatosi o‘quvchilar davomatning haqiqiy holatini yashirishdir. Aslida o‘quvchilar davomati yashirilmay, qonunchilikda belgilangan tartibda kerakli idoralarga ma’lum qilib turilsa, hech kim ularni javobgar qilolmaydi.
Sababi normativ hujjatlarda o‘quvchilar davomatiga mas’ul idoralarning bu boradagi huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgan. Barcha ta’lim muassasalari shu tartibda ishlasa, davomat masalasida maktab ma’muriyati emas balki o‘quvchilarning ota-onalari javobgarlikka tortiladi.
Agar maktab ma’muriyati o‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha hech qanday ishlarni amalga oshirmay, yashirib yuraversa ularning bu boradagi harakatsizligi uchun maktab ma’muriyatining o‘zi aybdor bo‘lib qoladi. Bu bir misol edi xolos. Boshqa keyslarda ham holat huddi shunday.
Manba: Xalq ta’limi info
Mavzuga doir:
To‘garaklarni tekshirish uchun komissiya kelsa nima qilish kerak?
Maktabga kelgan tekshiruvchidan hujjat talab qilish mumkinmi?
Maktablar tekshirish vaqtida advokat xizmatidan foydalanishi mumkin