11 noyabr dam olish kunimi? Bu kungi mavzularni boshqa kunga ko‘chirib jurnalga tig‘izlashtirgan holda yozamizmi?
Savol: 11 noyabr Kasaba uyushmasi xodimlari bayrami munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kungi mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz? Yoki tig‘izlashtirgan holda boshqa kunga ko‘chiramizmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan 11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.
Ya’ni, 11 noyabr haqiqatdan ham bayram sanasi hisoblanadi, lekin bu sana ishlanmaydigan bayram kunlari tarkibiga kirmaydi. Shu sababli (olti kunlik ish haftasida ishlovchi) barcha mauassasa va tashkilotlar uchun 11 noyabr ham rasman ish kuni hisoblanadi.
❕Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra quyidagi sanalar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
1 yanvar — Yangi yil;
8 mart — Xotin-qizlar kuni;
21 mart — Navro‘z bayrami;
9 may — Xotira va qadrlash kuni;
1 sentyabr — Mustaqillik kuni;
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maktab o‘quvchilari uchun 4 noyabrdan boshlanadigan kuzgi ta’til yakunlangach, 10 noyabrdan dars jarayonlari boshlanadi. Bunda 11 noyabr kuni ham odatdagidek dars jarayonlari bo‘ladi. Shu sababli elektron (qog‘oz) jurnalga ham o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.
Manba: Xalq ta’limi info
Mavzuga doir:
Bayram sababli qo‘shimcha dam olish kunlari uchun maosh to‘lanadimi?
Bayramlar ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelsa ta’til uzaytiriladimi?
Maktablarda ta’til kunlari qaysi sanalarda o‘tkazilishi haqida