Talaba ishlashi mumkinmi? Eng asosiy savollarga javoblar

Talaba ishlashi mumkinmi? Eng asosiy savollarga javoblar

Talabalardan mehnat qonunchiligiga oid ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Quyida eng ko‘p berilgan savollarga qonun hujjatlari bilan asoslantirgan holda javob beramiz.

Talaba ishlashi mumkinmi?
Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.
Talaba qaysi kursdan boshlab o‘zi ta’lim olayotgan mutaxassislik bo‘yicha ishlashi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabr­dagi 275-qarori bilan «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida»gi nizomning 7-bandiga ko‘ra:
Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagog lavozimiga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur nizomning 8-bandida «oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi» deyilgan.
Diqqat! Ushbu qoida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotganlar uchun ham, sirtqi ta’limda tahsil olayotganlar uchun ham birday amal qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi 2733-qarori 1-ilovasiga ko‘ra, yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-qaroriga 2-ilova – «Klinik ordinatura to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, o‘qitishning ikkinchi yilidagi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan klinik ordinatorlar rahbarlarining yozma tavsiyasi asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha soha bo‘limlarida tungi navbatchilik qilish yoki o‘qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqiga egadirlar.
Demak, 4-kurs yoki bitiruvchi kurs talabalari ishlashi mumkin ekan. Boshqa kurs yoki yo‘nalishlarda o‘qiyotganlar ishlay olmaydimi?
Yo‘q, unday emas. Pedagogika va yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari aynan 4-kurs yoki bitiruvchi kursdan ta’lim olayotgan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlashlari mumkin.
Diqqat! Agar siz kollej diplomi yoki maxsus ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ushbu diplom asosida hech qanday cheklovsiz ishga kirishingiz mumkin. Masalan, tibbiyot institutlarining bakalavr talabalari o‘qishni tugatmaguncha shifokor bo‘lib ishlay olmaydilar. Lekin agar ularda tibbiyot kolleji diplomi bo‘lsa, bemalol feldsher yoki hamshira bo‘lib ishlashlari mumkin.
Faqat o‘rta maktabni bitirgan, hech qanday maxsus ma’lumot va diplomga ega bo‘lmagan talaba ham ishlashi mumkinmi?
Albatta. Bunday toifadagi talabalar ham o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi asosida maxsus ma’lumot yoki maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan ishlarda ishlashlari mumkin.
Ma’lumoting yo‘q ekan, deb ishga olishni rad etishmoqda. Qaysi kasbga qanday ma’lumot zarur ekanini qanday bilsa bo‘ladi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabr­dagi 795-qaroriga ilova «Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori»da (afsuski, ushbu hujjatning ham to‘liq matni rus tilida) 5538 ta ishchi kasb va 2858 ta xizmatchilarning asosiy lavozimlariga ma’lumotning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar belgilangan.
Ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi davlat tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa – tavsiya xususiyatiga ega.
Aytaylik, siz yuridik universitetning 1- kurs talabasisiz va sudya yordamchisi bo‘lib ishga kirmoqchisiz. Lekin oliy ma’lumotni bahona qilib ishga olishmadi. Yuqoridagi klassifikatorni ochib «pomoshnik sudi» (yana bir bor qaytaraman, hujjatning to‘liq matni rus tilida) deb qidirasiz. Natijada 2199-1 tartib raqami bilan sudya yordamchisi lavozimi chiqadi. Ma’lumotining eng past darajasida SSPO (srednee spesialnoye professionalnoye obrazovaniYE), ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunarga doir ma’lumotli bo‘lish sharti va ta’lim yo‘nalishi kodi berilgan. Demak, siz yuridik kollej diplomi bilan sudya yordamchisi bo‘lib ishlashingiz mumkin.
Xuddi shunday tartibda klassifikatordan boshqa kasblarga qo‘yilgan ma’lumotning eng past darajasini bilib olishingiz mumkin.
Talaba ish so‘rab murojaat qildi. Ish beruvchi esa rad etdi. Nima qilish kerak?
Bu holatda siz rad etish sababini bilish huquqiga egasiz.
Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Agar ish beruvchi sizni asossiz ravishda ishga olmagan yoki ish o‘rinlarini yashirgan bo‘lsa, ma’muriy, hattoki jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.
Agar sizni asossiz ravishda ishga olishni rad etishsa, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (+99871 200-06-00) yoki uning hududiy organlari, prokuratura (1007), adliya organlariga (1008) murojaat qiling!
Talaba to‘liq 1 stavka ishlasa bo‘ladimi?
Yuqorida aytganimizdek, talaba faqat o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin. MK 115-moddasiga muvofiq, xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Ya’ni 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq bo‘lmasligi shart. Shuningdek, ishning tugashi bilan ke­yingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o‘n ikki soatdan kam bo‘lishi mumkin emas (MK 128-moddasi). Agar yuqoridagi qonun talablariga rioya etilsa, talabaning to‘liq stavka ishlashiga hech qanday taqiq yo‘q.
Diqqat! Bunda bir shartga rioya ­etilishi ­kerak! Ish o‘qishdan bo‘sh vaqtda ­bajarilishi shart va ushbu talab mehnat shartnomasida ­mustahkamlanishi lozim.
Talaba faqat o‘rindoshlik asosida ishlaydimi?
Haqiqatan ham ayrim ish beruvchilar talabalarni faqat o‘rindoshlik asosida ishga olish kerak deb hisoblashadi. Bu mutlaqo xato. Buni quyidagicha asoslaymiz. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-qarori ilovasiga ko‘ra o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi. Talabaning ta’lim olish jarayoni mehnat faoliyati hisoblanmaydi.
Demak, talaba mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan va mehnat daftarchasi yuritilayotgan yer uning asosiy ish joyi hisoblanadi.
Talaba bir nechta joyda ishlasa bo‘ladimi?
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan mehnat qonunchiligidagi talablarga rioya qilgan holda talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti asosiy ish joyidan tashqari, boshqa tashkilotda o‘rindoshlik asosida ham ishlashi mumkin. Buning uchun esa o‘rindosh­lik asosida ishga kirayotgan joyga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
Diqqat! Agar talaba o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bo‘lsa o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.
Talabalik davri mehnat stajiga kiradimi?
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddacida ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sanab o‘tilgan. Mazkur qonunning «e» bandiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda o‘qish umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ya’ni yoshga doir pensiya olish huquqiga ( erkaklar uchun – 60, ayollar uchun – 55 yosh) qadar kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lsangiz, shundagina oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan davringiz ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga esa ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
Talabani sinov bilan ishga olish to‘g‘rimi?
Mehnat kodeksining 84-modasiga ko‘ra, homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Agar yuqoridagi talablarga tushmasangiz, sizga dastlabki sinov qo‘llanilishi mumkin.
Diqqat! Aksariyat ishga kirmoqchi bo‘lgan talabalar (bakalavr, magistrlar) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar hisoblanishadi hamda ularga dastlabki sinov qo‘llanilmaydi.
Talabalar uchun mehnat qonunchiligida imtiyozlar nazarda tutilganmi?
Ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Talabalar ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa ko‘plab imtiyozlar olish huquqiga egadirlar. Bundan tashqari abituriyentlar uchun ham alohida imtiyozlar (MK 254-moddasi) nazarda tutilgan.
Imtiyozlar haqida batafsil Mehnat kodeksining 248-258 moddalaridan bilib olishingiz mumkin.
Muhammadamin Karimjonov,
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi


Очень много вопросов от студентов по трудовому законодательству. Ниже мы ответим на наиболее часто задаваемые вопросы на основании законодательства.

Может ли студент работать?
Да, студенты могут работать комфортно. Ограничений по трудовому законодательству Узбекистана нет. То есть, согласно статье 77 Трудового кодекса, каждый человек старше 16 лет имеет право на труд. С 15 лет не допускается прием на работу с письменного согласия одного из родителей или одного из лиц, заменяющих родителей, для выполнения в свободное время легкой работы, не наносящей вреда его здоровью и не нарушающей работу Учебный процесс л.
Пункт 50 Приказа Министра высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан «Об утверждении Положения «О высшем образовании» (к сожалению, этот документ на русском языке) студенты очной формы обучения могут работать в свободное от учебы время в высшие учебные заведения и другие организации с трудовым договором. Отсюда следует, что студент может работать комфортно. Только в свободное время.
С какого курса студент может работать в той области, в которой он/она учится?
Согласно постановлению Кабинета Министров от 21 декабря 2005 года № 275, статье 7 Положения об оплате труда работников народного образования:
Лица, не имеющие высшего или среднего специального, профессионального образования, не допускаются к приему на работу учителями в общеобразовательные учреждения.
Пунктом 8 настоящего Положения установлено, что «лица, обучающиеся на 4 курсе высшего образования, могут осуществлять педагогическую работу и им устанавливается базовая тарифная ставка, аналогичная базовой ставке работника соответствующей должности, имеющего среднее специальное, профессиональное образование». называется
Внимание! Это правило распространяется как на очников, так и на заочников.
Также, в соответствии с приложением 1 к Указу Президента Республики Узбекистан от 19 января 2017 года № 2733, юридический персонал Ташкентского государственного юридического университета с высшим или средним специальным юридическим образованием на должности помощника юрисконсульта Лицо, прошедшее курсы переподготовки по юриспруденции и получившее диплом установленного образца, а также аспирант или аспирант высшего учебного заведения, изучающего право.
Также в соответствии с Приложением 2 к Постановлению Кабинета Министров от 18 декабря 2009 г. № 319 — Положение о клинической ординатуре,по письменному представлению руководителей клинических ординаторов, успешно завершивших программу обучения на втором году обучения, имеют право работать в ночную смену в выездных отделениях по трудовому договору или по своей специальности во внеурочное время.
Это означает, что студенты 4 курса или аспиранты могут работать. Другие курсы или специальности не могут работать?
Нет, это не так. Студенты педагогики и юриспруденции могут работать на 4 курсе или по специальности на выпускном курсе.
Внимание! Если у вас есть диплом колледжа или специальное образование, вы можете претендовать на работу без каких-либо ограничений. Например, студенты медицинских вузов не могут работать врачами до окончания учебы. Но если у них есть высшее медицинское образование, они могут легко работать фельдшером или медсестрой.
Может ли работать только выпускник средней школы без специального образования или диплома?
Конечно. Данная категория студентов также может работать в свободное время на контрактной основе, не требующей специального образования или специальной подготовки.
Они отказываются нанимать вас, потому что вы не знаете. Как узнать, какая информация нужна для какой профессии?
В Приложении к Постановлению Кабинета Министров от 4 октября 2017 г. 795 «Классификатор ключевых должностей и профессий работников» (к сожалению, полный текст этого документа есть и на русском языке) установлены требования.
Самый низкий уровень знаний сотрудников при подборе персонала является обязательным для государственных органов, а для других организаций — рекомендательным.
Допустим, вы студент первого курса юридического факультета и хотите работать помощником судьи. Но их не брали на работу под предлогом высшего образования. Откройте вышеуказанный классификатор и введите в поиск «помощник суда» (опять же, полный текст документа на русском языке). В результате появится должность помощника судьи с порядковым номером 2199-1. Низшим уровнем образования является ССПО (среднее специальное профессиональное образованиеЕ), т. е. состояние среднего специального, профессионального образования и код направления подготовки. Это означает, что вы можете работать помощником судьи с юридическим образованием.
Таким же образом можно узнать самый низкий уровень знаний по другим профессиям из классификатора.
Студент подал заявление о приеме на работу. Работодатель отказался. Что делать?
В этом случае вы имеете право знать причину отказа.
Согласно статье 78 Трудового кодекса, в случае отказа в приеме на работу,на запрос соискателя работодатель обязан в трехдневный срок ответить в письменной форме с указанием причин отказа в приеме на работу. Этот ответ должен быть подписан уполномоченным рекрутером.
Если работодатель необоснованно принимает вас на работу или скрывает вашу работу, вы будете привлечены к административной или даже уголовной ответственности.
В случае необоснованного отказа в приеме на работу обращайтесь в Министерство труда Республики Узбекистан (+99871 200-06-00) или его территориальные органы, в прокуратуру (1007), в судебные органы (1008)!
Может ли студент работать полный рабочий день?
Как было сказано выше, студент может работать только в свободное время. Согласно статье 115 Гражданского кодекса продолжительность рабочего времени работника не должна превышать 40 часов в неделю. Другими словами, в организациях с 6-дневной рабочей неделей рабочее время не должно превышать 7 часов в день, а в организациях с 5-дневной рабочей неделей рабочее время не должно превышать 8 часов в день. Также период ежедневного отдыха между окончанием работы и началом работы следующего дня (смены) не может быть менее двенадцати часов (статья 128 УК). При соблюдении вышеперечисленных требований закона запрет на работу студента полный рабочий день отсутствует.
Внимание! Одно условие должно быть выполнено! Работа должна выполняться в свободное время, и это требование должно быть указано в трудовом договоре.
Студент работает только на неполный рабочий день?
Действительно, некоторые работодатели считают, что студентов следует нанимать только на неполный рабочий день. Это абсолютная ошибка. Мы обосновываем это следующим образом. Согласно приложению к Постановлению Кабинета Министров от 18 октября 2012 г. № 297, совместительством является выполнение работником другой оплачиваемой работы на основании трудового договора в свободное от основной работы время. . Учебный процесс студента не является трудовой деятельностью.
Это означает, что место, где обучающийся работает по трудовому договору и где ведется трудовая книжка, является его основным местом работы.
Может ли студент работать более чем в одном месте?
При соблюдении требований вышеуказанного трудового законодательства студент может работать в свободное время помимо основного места работы, а также по совместительству в другой организации. Для этого по месту трудоустройства по совместительству предоставляется справка с основного места работы.
Внимание! Студентам не разрешается работать на условиях неполного рабочего дня, если они моложе 18 лет.
Включает ли студенческий период опыт работы?
В статье 37 Закона о государственных пенсиях граждан перечислены виды работ, которые включаются в трудовой стаж. Согласно пункту «д» закона очное обучение в высших учебных заведениях, аспирантура, научно-исследовательские институты, старшие научные сотрудники, базовая докторантура, докторантура и клиническая ординатура,в том числе обучение за границей прибавляется к стажу работы, если общий стаж работы составляет не менее 7 лет. То есть, если вы имеете стаж работы не менее 7 лет до того, как получите право на пенсию по старости (60 лет для мужчин и 55 лет для женщин), то к стажу работы будет добавлен период вашего высшего образования. Инвалиды включаются в трудовой стаж независимо от стажа.
Можно ли нанять студента с тестом?
Согласно статье 84 ТК РФ беременным женщинам, женщинам, имеющим детей в возрасте до трех лет, лицам, направляемым на работу за счет минимальной численности рабочих мест, установленных для предприятий, средних специальных, профессионально-технических учебных заведений и вузов первый испытательный срок Срок не устанавливается при приеме выпускников на работу впервые в течение трех лет со дня окончания соответствующего учебного заведения, а также при заключении с работниками трудового договора на срок до шести месяцев.
Если вы не соответствуете вышеуказанным требованиям, вы можете пройти начальный тест.
Внимание! Большинство студентов, желающих устроиться на работу (бакалавр, магистр), являются выпускниками средних специальных, профессионально-технических учебных заведений и вузов впервые через три года со дня окончания соответствующего учебного заведения, они не подлежат начальный тест.
Есть ли льготы в трудовом законодательстве для студентов?
Работодатель обязан создать необходимые условия для совмещения работниками образовательных учреждений работы с обучением. Студенты имеют право на дополнительный оплачиваемый отпуск, сокращенный рабочий день и многие другие льготы. Кроме того, для заявителей предусмотрены особые льготы (статья 254 УК).
Подробнее о льготах можно узнать в статьях 248-258 ТК.
Мухаммадамин Каримжонов,
Преподаватель Ташкентского государственного юридического университета.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Go‘zal

    Men tibbiyot institutida òqiyman 2-kursdan birorta klinikaga ishga kirsam bòladimi :?:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: