O‘qishga kirishda Respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilindi?

O‘qishga kirishda Respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilindi

AOKAda sport musobaqalari g‘oliblarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

————-
Rahimjon Hakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari:
🖇 «O‘zbekiston Prezidentining «2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qo‘shimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
❌ Ilgari bu imtiyoz respublika sport musobaqalarida g‘alaba qozongan sportchilarga nisbatan ham bor edi. Joriy yildan ushbu imtiyoz bekor qilindi.
Imtiyozga ega sportchilar qaysi yo‘nalishlarga imtihonsiz kira oladi? Bu borada hozirda tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda va yaqin orada e’lon qilinadi.
🔎 Nima uchun respublika musobaqalaridagi imtiyoz bekor qilindi? Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, sport musobaqalari faqatgina oliy ta’lim muassasiga imtihonsiz kirishga yo‘llanma uchun tashkil etilayotgandek bo‘lib qolmoqda. Turli federasiyalar kerak bo‘lmagan vaziyatlarda ham respublika chempionatlarini tashkil etib, imtiyozlar uchun yo‘llanmalar taqdim etmoqdalar. Maqsad — yoshlarni sportga jalb etish yoki qiziqtirish emas, yo‘llanmaga ega chiqish bo‘lib qolgan holatlar ham mavjud. Shu bois ko‘plab yoshlarning taklifi asosida ana shunday qaror qabul qilindi».


АОКА провела пресс-конференцию по вопросам приема победителей спортивных соревнований в высшие учебные заведения.

————-
Рахимжон Хакимов, заместитель министра высшего и среднего специального образования:
🖇 В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан «О параметрах государственного порядка приема в высшие учебные заведения Республики Узбекистан в 2021/2022 учебном году», начиная с 2021/2022 учебного года, спортсмены- студенты, занявшие и занявшие призовые места (1–3 место) за последние три года на Олимпийских и Паралимпийских, Азиатских и Паралимпийских играх и чемпионатах мира, не имеющие права на получение степени бакалавра, будут приняты на очную, заочную и вечерние формы обучения без вступительных испытаний на основе дополнительных государственных грантов.
❌ Ранее эта привилегия была доступна спортсменам, побеждавшим на национальных соревнованиях. Эта привилегия была отменена в этом году.
В какие области спортсмены, имеющие право на участие, могут поступать без экзамена? Соответствующие предложения в настоящее время разрабатываются и будут объявлены в ближайшее время.
🔎 Почему аннулировали привилегию республиканских соревнований? Анализы показали, что спортивные соревнования как бы организуются только для поступления в высшие учебные заведения без экзаменов. Различные федерации организуют республиканские чемпионаты и выдают путевки на льготы даже тогда, когда они не нужны. Цель не в том, чтобы привлечь или вовлечь молодежь в спорт, а в том, чтобы получить билет. Поэтому это решение было принято с подачи многих молодых людей».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: