Prezident maktablari bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi

Bu haqda tegishli Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga ko‘ra, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta’lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.

✅ 2021–2025 yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab quriladi.

✅ 2021 yil 1 sentabrgacha:

➖ Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta’lim joriy qilinadi.

➖ 2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya to‘lanadi.

✅ Quyidagilarga:

➖ Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida;

➖ Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida;

➖ Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi.


Принят соответствующий Указ Президента (№ ПП-5188 от 19.07.2021).

✅ Согласно решению Президента Агентство по развитию творческих и специализированных школ переименовано в Агентство по работе с президентскими образовательными учреждениями.

✅ В 2021–2025 годах в системе Агентства будет построено 13 новых специализированных школ.

✅ До 1 сентября 2021 года:

➖ В специализированных школах агентской системы будет внедрено инклюзивное ИТ-образование для детей с особыми потребностями.

➖ С 2021/2022 учебного года выпускники Президентских школ, обучающиеся в зарубежных вузах и их филиалах в Узбекистане, а также в негосударственных вузах на платной основе, будут получать субсидию на оплату обучения .

✅ Кому:

➖ на основе дополнительных государственных грантов выпускникам президентских школ в соответствии с общеустановленными государственными грантовыми критериями приема в государственные высшие учебные заведения;

➖ Выпускники профильных школ системы Агентства на основе базового вознаграждения-контракта дополнительно к общеустановленным параметрам приема на программы бакалавриата по химии, биологии, физике и информационным технологиям государственных высших учебных заведений в зависимости от специальность;

➖ На основании базового гонорара-договора, помимо общеустановленных параметров приема на программы бакалавриата по направлениям языкознание, литература, педагогика, перевод, журналистика государственных вузов для выпускников творческих школ в системе Агентства допущены к обучению без зачетов и дополнительных экзаменов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: