Akademik ta’tilni qachon va qancha muddatga olish mumkin?

Akademik ta’tilni qachon va qancha muddatga olish mumkin?

📌 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

❗️Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.


📌Академический отпуск предоставляется в любой части учебного года на следующие периоды:

➖на военную службу — на срок военной службы, установленный законодательством;

по беременности и родам, а также по уходу за ребенком — на период беременности и родов, а также установленный законодательством отпуск по уходу за ребенком (статьи 233-234 ГК РФ);

Для восстановления здоровья и ухода за больным членом его семьи — на период до начала семестра следующего учебного года, полностью не освоенного обучающимся (если в соответствии с пунктом 11 настоящих Правил обучающийся имеет имеющийся прогул на период академического отпуска, если он переведен на форму дистанционного или экстерната, на период до начала следующего семестра).

☝️При этом один из указанных периодов определяется ректором (директором) вуза по заявлению студента.

Стипендии не выплачиваются студентам во время академического отпуска.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Qobiljon

    Semestr yakuniga 2 oy vaqt qoldi akademik tatil olmoqchiman buning iloji bormi va bu tõğri fikrmi. :?:

  2. Qilichbek

    1semestr yakunlandi akademik ta’til olsam bo‘ladimi

  3. Dilnoza

    Men 2023-2024 oʻquv yilida oʻqishga. Kirdim. toʻlov kantrakt. asosida men. Shartmas toʻlovini qilsam 1-2oy. Oʻqisam akademik. Tatil. Olsam boʻladimiyani 1 kursdan beriladimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: