Sinf rahbar davomat past bo‘lsa jarimaga tortiladimi?

Sinf rahbar davomat past bo‘lsa jarimaga tortiladimi?

Sinf rahbari o‘quvchilar davomati pastligi sababli jarimaga tortilishi to‘g‘rimi?

Savol: Sinfdagi o‘quvchilar davomati pastligi sababli mening oylik ish haqimdan 30% foizi jarima sifatida ushlab qolinishi aytildi. Sinf rahbariga nisbatan bunday jazo chorasi ko‘rilishi qanchalik to‘g‘ri?

Savolga Ulug‘bek Po‘latov shunday javob berdi:
Sinfdagi o‘quvchilar davomati bilan ishlash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Sinf rahbari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi nizomda sinf rahbarlari o‘quvchilar davomati bo‘yicha qanday vazifalarni bajarishi lozimligi qayd etilgan.

Nizomga ko‘ra, sinf rahbari darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilishi, natijalari bo‘yicha direktor huzuridagi yig‘ilishlarga ma’lumot kiritib borishi;

sinf o‘quvchilarining davomatini nazorat qilishi, sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilarning ota-onalari bilan (telefon orqali) bog‘lanib, darsga kelmaganlik sabablarini o‘rganishi, natijalari bo‘yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritishi lozim.

❕E’tibor bering, agar sinf rahbari o‘z vakolati doirasida yuqoridagi amallarni bajargan bo‘lsa, ularni javobgarlikka tortish noto‘g‘ri bo‘ladi. Davomat pastligi uchun faqatgina harakatsiz, hech qanday choralar ko‘rmagan sinf rahbarlargagina chora ko‘rish mumkin.

Misol uchun, 5-6 nafar o‘quvchi ko‘rilayotgan ta’sirchan choralarga qaramay muntazam darslarga kelmayotgan bo‘lsa, sinf rahbari bu haqda maktab rahbariyatiga hech qanday og‘zaki yoki yozma axborot kiritmagan bo‘lsa, bunda sinf rahbariga chora ko‘riladi.

Agar aksincha bo‘lsa, unda sinf rahbari o‘z vakolati doiarsida barcha ishlarni amalga oshirgan deb baholanadi va unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi.

Mavzuga doir:
O‘quvchilar davomati yaxshilanmasa kim javobgarlikka tortiladi?

O‘quvchilar davomatini yaxshilash, eng yaxshi chora va yechim

Maktabda kunlik davomat kim tomonidan aniqlanishi kerak?


Правомерно ли штрафовать классного руководителя за неуспеваемость?

Вопрос: Мне сказали, что 30% от моей месячной зарплаты будут вычтены в качестве штрафа за плохую посещаемость. Насколько правильно принять такое наказание против старосты класса?

Улугбек Полатов ответил на вопрос так:
Работа с посещаемостью учащихся на уроке является одной из основных задач руководителя класса. В положении «Об организации деятельности классного руководителя», утвержденном приказом Министерства народного просвещения № 41 от 22 февраля 2021 года, отмечено, какие задачи должен выполнять классный руководитель в отношении посещаемость студентов.

Согласно регламенту, руководитель класса должен сотрудничать с родителями и органами самоуправления граждан в работе с учащимися, хронически и регулярно пропускающими занятия, и с трудным воспитанием, и по результатам посещать встречи с директором. y ввод информации;

должен следить за посещаемостью учащихся, связываться (по телефону) с родителями учащихся, не явившихся на занятия без причины, узнавать причины неявки на занятия и представлять информацию (при необходимости в письменной форме) руководству школы на основании на результаты.

❕ Обратите внимание, если руководитель класса совершил вышеуказанные действия в рамках своих полномочий, привлекать его к ответственности будет неправильно. Действия могут быть предприняты только в отношении классных руководителей, которые неактивны и не приняли никаких мер за низкую посещаемость.

Например, если 5-6 учеников, несмотря на принимаемые действенные меры, не приходят на обычные занятия, а классный руководитель не сообщил об этом руководству школы ни в устной, ни в письменной форме, то принять меры к руководителю класс будет

Если же наоборот, то руководитель класса считается выполнившим всю работу в пределах своих полномочий, и никакое наказание к нему применяться не будет.

Предмет:
Кто будет нести ответственность, если посещаемость учащихся не улучшится?

Повышение посещаемости студентов, лучшие практики и решения

Кто должен определять ежедневную посещаемость школы?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: