1 stavka dars va sinf rahbarligi uchun qancha oylik olinadi?

Bir stavka dars va sinf rahbarlik uchun qancha oylik chiqadi?

Bir stavka dars soati va sinf rahbarligi bor o‘qituvchilar qancha oylik oladi?

Savol: Onam maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Bir stavka dars va sinf rahbarlik qiladilar. Shunda ularning oylik maoshi qancha bo‘ladi?

Javob: O‘qituvchining ish haqi miqdori bir stavka dars soati uchun o‘qituvchining ma’lumoti va malaka toifasiga ko‘ra belgilangan bazaviy haq miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.

Sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq esa sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlar bo‘yicha hisoblanadi.

1 stavka dars uchun o‘qituvchilar oyligi

❕Hozirgi kunda bir stavka miqdorda ishlovchi pedagog xodimlar quyidagi miqdorda oylik maosh oladilar:

    ➖O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 575 ming 883 so‘m

    ➖Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 755 ming 648 so‘m

    ➖Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 85 ming 99 so‘m

    ➖Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 437 ming 740 so‘m

    ➖Oliy toifali o‘qituvchi – 3 mln 798 ming 940 so‘m.

Sinf rahbarligi uchun oylik miqdorlari

❕Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagicha qo‘shimcha haq to‘lanadi:

    ➖15 nafar o‘quvchigacha — 258 ming 720 so‘m;

    ➖16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 309 ming 680 so‘m;

    ➖21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 361 ming 620 so‘m;

    ➖26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 412 ming 580 so‘m;

    ➖31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 517 ming 440 so‘m.

Daftar tekshirish uchun qo‘shimcha haq miqdorlari

❕Shuningdek, daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) o‘qituvchilarga quyidagicha qo‘shimcha haq to‘lanadi:

    ➖Sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 86 ming 240 so‘m;

    ➖Sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 172 ming 480 so‘m.

Agar o‘qituvchi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ko‘rsatgichlar yoki ustamalarga ega bo‘lsa ularning oylik maoshi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.

Eslatib o’taman, maktabda ishlaydigan barcha xodimlarning oladigan oylik miqdorlari qiziq bo‘lsa ushbu sahifada batafsil berilgan.

Mavzuga doir:
O‘qituvchi oyligi qancha bo‘lishi kerak?

O‘qituvchilar oyligi haqida juda xolis fikr

Bugungi kunda sinf rahbar oyligi qancha? 2023-yil

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: