Didaktik tamoyillar nima? Didaktik tamoyillar haqida ma’lumot

Didaktik tamoyillar nima? Didaktik tamoyillar haqida ma’lumot

Didaktik tamoyil — bu o‘qitish va o‘qish jarayonida qoʼllaniladigan, darsning samaraliligini oshirishga yo‘naltirilgan qoidalardir.

Ta’limda ulardan foydalanish darsdan kutilgan maqsadga erishish uchun yaxshi natija beradi. Quyida ulardan bir nechtasini sanab o‘tamiz.

1. Faollik tamoyili

Oʼquvchi uchun o‘zi qatnashgan, yetakchilik qilgan dars jarayoni o‘rganish va esda saqlab qolish uchun eng munosib darsdir. Shu tufayli, oʼquv vaziyati bir oʼquvchi bir-nechta jarayonda ishtirok eta oladigan qilib tashkillashtirilishi kerak. Natijada bu bilim uning xotirasida chuqurroq o‘rnashib qoladi. O‘quvchi individual o‘zlashtirish qobiliyatiga ham o‘zi faol bo‘lgan darslarda takror-takror qatnashish orqali erishishi mumkin. Buning uchun esa, oʼqituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va koʼnikmalarga ega boʼlishi kerak.

2. Nazariya va amaliyotni bog‘lash tamoyili

O‘qitilayotgan mavzu, albatta, amaliyotga taalluqli boʼlishi shart. Bu oʼquvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qoʼllaniladigan bilimlarni oʼrganayotganliklarini his qiladilar. Nazariy bilimlar doim kasb-hunar amaliyoti bilan bogʼlanishi lozim. Аmaliy taʼlim ham oʼz navbatida nazariy bilimlarga asoslangan boʼlishi kerak.

3. Koʼrgazmalilik tamoyili

Mashgʼulot jarayonida oʼquvchilarning individual oʼzlashtirish qobiliyatini sayqallash uchun iloji boricha sezgi a’zolarini ko‘proq ishga solishga e’tibor qaratish kerak. Buning uchun iloji boricha bilimlarni koʼrgazmali va real hayotga yaqin qilib uzatish kerak. Bu bir tomondan tilning tushunarliligini va taʼlim jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita jonli ish jarayonini va real obyektlar bilan oʼqitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlar koʼrgazmali berilsa, oʼquvchilar bu bilimlarni oʼzlashtirishlari osonlashadi va oʼquv jarayoni yanada qiziqarli boʼladi.

4. Tushunarlilik tamoyili

Oʼquv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan boʼlishi kerakki, oʼquvchilar uni oʼzlarining avvalgi bilimlari bilan bogʼlay olishi va tushunishda qiynalmasligi lozim. Yaʼni, oʼquv materialining mazmuni, shuningdek, oʼqituvchining tili va fikrlarni ifodalash usuli oʼquvchilarning bilimi, saviyasiga mos kelishi lozim, ammo — bu oʼqituvchi ilmiy tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak, degani emas.

5. Namunalardan foydalanish tamoyili

Oʼqituvchi oʼquv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni tanlashga harakat qilishi kerak. Amaliyotdan tanish misollar keltirish, mavzuning yaxshi hamda yomon tomonlari qanday boʼlishini aniq koʼrsatadi.

6. Didaktik reduksiya tamoyili

Berilayotgan bilimlarni oʼrgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. Oʼquv materialining hajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak. Kompleks(umumiy) va murakkab topshiriqlar doimo didiktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin mazmun saqlab qolinishi kerak. Agar faqat boshlangʼich bilimlar kerak boʼlsa, oʼquv materilini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga, nihoyatda qiyin va keng qamrovli o‘quv materiali bilan oʼquvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali oʼqituvchi murakkab narsalarni oson soʼzlar bilan tushuntira oladi.

7. Ilmiylik tamoyili

Oʼquv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ilmiy jihatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida o‘rganilgan boʼlishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini oʼzida aks ettirishi lozim. Oʼqituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qoʼllanilmasligi kerak. Ma’lumotlar, albatta, nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan boʼlishi shart.

8. Bilimlarni qo‘llash tamoyili

O‘quvchi oʼrgangan bilimlarini amalda qoʼllay bilishi kerak. Shuning uchun darsda amaliyot uchun ham muhit yaratilishi kerak.

9. Natijalarni mustahkamlash tamoyili

Kishi shunchaki koʼrgan, eshitgan narsalarini tezda unutib qo‘yadi. Shu sababli o‘rganilgan bilimlarni, albatta, mashqlar  bilan mustahkamlash kerak. Erishilgan kichik natijalar esa o‘sha joyda baholanishi va tan olinishi kerak. Bu oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida doimiy aloqa boʼlishini talab qiladi, natijalar esa maxsus “Baholash varoqlari”da qayd qilinishi kerak.

Mavzuga doir:
Didaktik o‘yinlar kitobi

Darslarni samarali tashkil etishda foydalanadigan o‘yinlar

O‘qituvchining dars maqsadiga yetishi uchun 7 qadam
!Ma’lumotlar rus tilida:
Дидактический принцип – это правила, используемые в учебно-воспитательном процессе, направленные на повышение эффективности урока.

Их использование в обучении дает хороший результат для достижения предполагаемой цели урока. Ниже мы перечисляем некоторые из них.

1. Принцип действия

Для ученика процесс урока, в котором он участвовал и руководил, является наиболее подходящим уроком для обучения и запоминания. Поэтому учебная ситуация должна быть организована таким образом, чтобы один ученик мог участвовать в нескольких процессах. В результате эти знания глубоко засядут в его памяти. Учащийся может достичь индивидуального мастерства, неоднократно участвуя в занятиях, в которых он активен. Для этого учитель должен иметь очень хорошие методические навыки и умения.

2. Принцип связи теории и практики

Преподаваемая тема должна быть актуальна для практики. Это повышает энтузиазм учащихся к обучению. Они чувствуют, что изучают знания, которые на самом деле применяются в профессиональной практике. Теоретические знания всегда должны быть связаны с профессиональной практикой. Практическое образование должно быть основано на теоретических знаниях.

3. Принцип доказуемости

В процессе обучения необходимо максимально ориентироваться на использование органов чувств с целью повышения индивидуального мастерства учащихся. Для этого необходимо передавать знания максимально наглядно и максимально приближенно к реальной жизни. С одной стороны, это требует понятности языка и использования аудиовизуальных средств в образовательном процессе, с другой стороны, требует непосредственного живого рабочего процесса и обучения с реальными предметами. Если знания преподносятся в ходе урока, учащимся становится легче осваивать эти знания, а процесс обучения становится более интересным.

4. Принцип понятности

Содержание учебного материала должно быть подобрано и структурировано таким образом, чтобы учащиеся могли связать его со своими предыдущими знаниями и не испытывали трудностей с его пониманием. То есть содержание учебного материала, а также язык и способ выражения мыслей преподавателя должны соответствовать знаниям и уровню учащихся, но это не означает, что преподаватель не должен использовать научные термины.

5. Принцип использования сэмплов

Преподаватель всегда должен стараться выбирать хорошие примеры для объяснения содержания учебного материала. Приведение знакомых примеров из практики наглядно показывает, в чем заключаются хорошие и плохие стороны темы.

6. Принцип дидактической редукции

Для того, чтобы научить данным знаниям, эти знания должны быть сведены к необходимому объему. Поскольку объем учебного материала очень велик, необходимо выделить из него необходимые части для выполнения профессиональных заданий. Сложные (общие) и комплексные задания всегда должны облегчаться дидактически,но содержание должно быть сохранено. Если нужны только базовые знания, необходимо стараться максимально просто объяснять учебный материал, не обременять ученика чрезвычайно сложным и объемным учебным материалом. Опытный учитель может объяснить сложные вещи простыми словами.

7. Научный принцип

Учебный материал следует выбирать таким образом, чтобы он был научно доказан или изучался на основе научных исследований. В нем также должны быть отражены новые достижения и открытия науки. Не следует использовать материал, основанный на догадках или субъективном мнении учителя. Информация должна быть подтверждена теоретически и проверена на практике.

8. Принцип применения знаний

Студент должен уметь применять полученные знания на практике. Поэтому в классе должны быть созданы условия для практики.

9. Принцип усиления результатов

Человек быстро забывает то, что только что видел и слышал. Поэтому необходимо закреплять полученные знания упражнениями. Небольшие достигнутые результаты должны быть оценены и признаны на месте. Для этого требуется постоянное общение преподавателя и ученика, а результаты необходимо фиксировать в специальных «Оценочных листах».

Предмет:
Книга дидактических игр.

Игры, которые используются для эффективной организации уроков

7 шагов учителя к достижению цели урока
[/spoiler]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: