Yomon baholardan qoʻrqish: uni qanday tuzatish kerak?

Yomon baholardan qoʻrqish: uni qanday tuzatish kerak?

Bolalar koʻpincha natija haqida oʻylashadi, bu esa motivatsiyaning buzilishiga olib keladi — bilim, kashfiyot, oʻziga boʻlgan ishonch uchun oʻrganish oʻrniga ular maʼqullash, baholar, maqtashlar va sinfdagi pozitsiya uchun oʻrganishadi.

Baʼzan bolalar yomon baho olishdan juda qoʻrqishadi, asabiy stress ularga jiddiy noqulaylik tugʻdira boshlaydi. Ushbu qoʻrquvning orqasida nima bor? Bu savolga aniq javob berishning iloji yoʻq, chunki bolalar va vaziyatlar, hatto tashqi oʻxshashlik bilan ham juda individualdir. Ammo bu qoʻrquvning orqasida nima borligini tushunib, siz bolangizga undan xalos boʻlishga yordam bera olasiz.
Aʼlochi sindromi — psixologiyada faol oʻrganilayotgan hodisadir. Uning mohiyati shundaki, bola uchun uning ishiga yoki xulq-atvoriga faqat ijobiy baho berish muhimdir. Agar bu salbiy boʻlsa, unda bola norozilik tuygʻusini boshdan kechiradi. Oʻzini oʻzi qadrlashi sezilarli darajada pasayadi, bu uning oʻqish sifatiga taʼsir qiladi. Aʼlochi sindromi boʻlgan bolalar taʼlimni musobaqa sifatida qabul qilishadi, ular uchun oʻquv jarayoni katta ahamiyatga ega emas. Faqat yakuniy natija — kundalikdagi beshlar muhim. Bunday mukammallik yomon baholardan qoʻrqishga olib keladi. Idealga intilish ruhiy kasalliklar, depressiv holatlar va intellektual qobiliyatlarning pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.
Agar yomon baholardan qoʻrqish ideal natijaga intilishdan kelib chiqsa, siz bolani bu jarayondan zavq olishga va nomukammaldagi goʻzallikni koʻrishga oʻrgatishingiz kerak.
Baholardagi subyektivlik. Baholar bilan bogʻliq barcha narsalar subyektiv ravishda koʻrsatiladi. Ularga muvofiq baʼzi qoidalar mavjud, masalan, 2 ta xato uchun — 4 baho, 4 ta xato uchun — uch va hokazo. Ammo, avvalo, bolalarning intellektual qobiliyatlari har xil, kimdir uchun ikkita xatoga yoʻl qoʻyishi — bu juda koʻp, ammo baʼzilari uchun bu juda oz. Garchi biri testda eʼtiborsiz boʻlgan, ikkinchisi juda koʻp harakat qilgan va oʻzi uchun rekord darajada kam xatolarga yoʻl qoʻygan boʻlsada ular bir xil tarzda baholanadi. Koʻrib turganingizdek, taʼlim tizimida faqat natija baholanadi. Shu munosabat bilan, ham bolalar, ham ularning ota-onalari hayotini zaharlaydigan aʼlochi oʻquvchi sindromi paydo boʻladi.
Ota-onalarning umidsizligi. Baʼzan ota-onalarning oʻzi bolaga faqat beshga oʻqishi kerakligini tushuntirib, olovga yogʻ quyishadi. Bola jazodan, ota-onaning gʻazabidan shunchalik qoʻrqadiki, natijada u yomon baholardan qoʻrqishni boshlaydi. Uning uchun yomon baho — bu bilimni baholash emas, balki ota-onasining umidsizligidir. Hech kim ota-onasini xafa qilishni xohlamaydi, shuning uchun koʻp maktab oʻquvchilari vahima ichida yomon baholardan qoʻrqishadi, bu baʼzan adolatsiz boʻladi.
Inson har doim xulq-atvor uchun olgan “ikkisi”ni eslab turadi. Bu ikki baholar maktab doirasiga toʻgʻri kelmaydigan har qanday xatti-harakatlar uchun beriladi: balandroq gapirish, kundalikni unutish, oʻqituvchi ruxsat bermaganida hojatxonaga borish. Albatta, bolada jamoada yashashni oʻrganish uchun umumiy qoidalar muhim. Ammo baʼzida yomon baho olishdan qoʻrqib, bola oʻzi va manfaatlarini himoya qilish uchun hech qanday choralar koʻrmaydi. Masalan, u oʻz pozitsiyasini himoya qilishga yoki taʼqiqqa boʻysunishga urinmaydi va hojatxonaga bormaydi.

Bola yomon baholardan qoʻrqmasligi uchun nima qilish kerak?

Avvalo, uyda “sud qilish”dan qoching. Bolaning yaxshi ekanligini yoshligidan tushuntiring. Uning harakati yomon boʻlishi mumkin, lekin bolaning oʻzi esa — hech qachon. Uning his-tuygʻulari va kechinmalarini baholamang. Gʻazab, xafagarchilik, umidsizlik — bu yomon tuygʻular emas, ular quvonch va muhabbat kabi zarur va muhimdir. Buni iloji boricha tez-tez ayting, shunda bola har doim ham baho muhim emasligini yodda tutadi. Albatta, maktab baholaridan qochib boʻlmaydi. Bolani bunga oldindan tayyorlang: unga muhabbatingiz kundalikdagi baholarga bogʻliq emasligini ayting, chunki bu shartsiz va bahosiz: siz uni ham aʼlochi, ham ikkichi oʻquvchi sifatida teng sevasiz. Agar bola buni bilib olsa, u maktabdagi yomon baholarni, agar mavjud boʻlsa, kamroq ogʻriqli qabul qiladi.
Koʻpincha yomon baholardan qoʻrqish bolani boshqalar bilan taqqoslashda paydo boʻladi. “Laylo — yaxshi qiz, u yana besh baho oldi. Sen esa ikkichisan, yana nazorat ishini rasvo qilding!” degan iboralarni qanchalik tez-tez aytayotganingizga eʼtibor bering. Aynan shunday iboralar va qiyosiy xususiyatlar tufayli bola oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotadi va yomon baholardan qoʻrqishni boshlaydi. Farzandingiz alohida shaxs, individualligi va qadr-qimmati oʻzida, boshqalarning bolasi esa sizning farzandingizga baho berishning mezonlari emas.
Tashabbuslarni soʻndirish ham yomon baholardan qoʻrqish uchun sababdir. Masalan, bola qandaydir bir ish bilan shugʻullanishi bilanoq, kattalar “Kerak emas! Qilma! Oʻxshamaydi!“, deya ogohlantirishga shoshilishadi. Albatta, bu ishlamaydi, hatto ota-onalar unga ishonmasa ham.
Bola bir ishni uddasidan chiqa olmasligi va xatoga yoʻl qoʻyishi haqidagi soʻzlarni qanchalik tez-tez eshitsa, u bu xatolardan va natijada yomon baholardan qoʻrqadi. Farzandingizga ishoning, unga bu shunchaki kerak! Agar u haqiqatan ham muvaffaqiyat qozona olmasa ham, aʼlochi sindromi paydo boʻlishining oldini olish uchun uni natija uchun emas, balki uning harakatlari va jarayon uchun maqtang.
Farzandingizni yomon baholardan qoʻrqmaslikka oʻrgatishning eng samarali usuli — uni oʻz ishini mustaqil baholashga taklif qilishdir. Bu oʻz ustida mulohaza yuritish, tahlil qilish, chuqur ishlashga, baholash mezonlarini tanlashga, biron bir narsa notoʻgʻri boʻlganligini aniq tushunishga oʻrgatadi. Bundan tashqari, u turli xil qarashlar oʻrtasidagi tafovutni koʻrish, oʻz nuqtayi nazari va boshqa birovning fikrlarini baham koʻrishni oʻrganadi. Bu juda qiyin, ammo hayotda juda foydali.

Mavzuga doir:
Qanday qilib maktabda aʼlochi boʻlish mumkin?

Maktabda 2 bahoga o‘qigan bo‘lsada buyuklikka erishgan shaxslar haqida

Qanday qilib o‘quvchilarga uy vazifalarini bajarishga motivatsiya berish mumkin?


Дети часто сосредотачиваются на результатах, что приводит к нарушению мотивации — вместо того, чтобы учиться ради знаний, открытий и уверенности в себе, они учатся ради одобрения, оценок, похвалы и статуса в классе.

Иногда дети так боятся плохой оценки, что нервное напряжение начинает причинять им серьезный дискомфорт. Что стоит за этим страхом? На этот вопрос невозможно дать однозначный ответ, потому что дети и ситуации очень индивидуальны, даже при внешнем сходстве. Но, поняв, что стоит за этим страхом, вы можете помочь своему ребенку преодолеть его.
Синдром Алочи – явление, которое активно изучается в психологии. Суть ее в том, что ребенку важно оценивать свою работу или поведение только положительно. Если оно отрицательное, то ребенок испытывает чувство неудовлетворенности. Его самооценка значительно падает, что сказывается на качестве его учебы. Дети с синдромом исключительности воспринимают обучение как соревнование, для них процесс обучения не имеет большого значения. Важен только конечный результат – пятерка в дневнике. Такой перфекционизм приводит к боязни плохих оценок. Стремление к идеалу может вызвать психические заболевания, депрессивные состояния, снижение интеллектуальных способностей.
Если боязнь плохих оценок происходит от стремления к идеальному результату, нужно научить ребенка получать удовольствие от процесса и видеть красоту в несовершенстве.
Субъективность в оценках. Все, что связано с рейтингами, субъективно. По ним есть некоторые правила, например, за 2 ошибки — 4 балла, за 4 ошибки — три и т. д. Но в первую очередь у детей разные интеллектуальные способности, для кого-то две ошибки много, а для кого-то очень мало. Несмотря на то, что один был небрежен на тесте, а другой слишком старался и сделал рекордно мало ошибок, они оцениваются одинаково. Как видите, в образовательной системе оценивается только результат. В связи с этим появляется синдром отличника, который отравляет жизнь как детям, так и их родителям.
Отчаяние родителей. Иногда родители сами подливают масла в огонь, объясняя ребенку, что он должен учиться только до пяти. Ребенок настолько боится наказания и гнева родителей, что в результате начинает бояться плохих оценок. Для него плохая оценка – это не оценка знаний, а разочарование родителей. Никто не хочет разочаровывать родителей, поэтому многие школьники впадают в панику и боятся плохих оценок, которые порой несправедливы.
Человек всегда помнит «двойку», которую он получил за поведение. Эти две оценки выставляются за любое поведение, не соответствующее школьной среде: громко разговаривать, забывать дневник, ходить в туалет без разрешения учителя. Конечно,Общие правила важны для того, чтобы ребенок научился жить в обществе. Но иногда, опасаясь получить плохую оценку, ребенок не предпринимает никаких мер для защиты себя и своих интересов. Например, он не пытается отстаивать свою позицию или подчиняться запрету, не ходит в туалет.

Что делать, чтобы ребенок не боялся плохих оценок?

Прежде всего, избегайте «ухаживаний» дома. Объясняйте с малых лет, что ребенок хороший. Его поступки могут быть плохими, но сам ребенок никогда. Не осуждайте его чувства и переживания. Гнев, печаль, отчаяние — это не плохие чувства, они так же необходимы и важны, как радость и любовь. Говорите это как можно чаще, чтобы ребенок помнил, что оценки не всегда важны. Конечно, школьных оценок не избежать. Подготовьте к этому ребенка заранее: скажите ему, что ваша любовь не зависит от оценок в дневнике, потому что она безусловна и бесценна: вы любите его одинаково как отличника и второкурсника. Если ребенок усвоит это, он или она будет воспринимать плохие оценки в школе, если таковые имеются, менее болезненно.
Часто страх плохих оценок возникает при сравнении ребенка с другими. «Лейла — хорошая девочка, она получила еще пять баллов. А ты второй, ты опять опозорил контрольную работу!» Обратите внимание на то, как часто вы произносите фразу. Именно из-за таких фраз и сравнительных характеристик ребенок теряет уверенность в себе и начинает бояться плохих оценок. Ваш ребенок – это отдельная личность, индивидуальность и ценность сама по себе, а чужой ребенок – это не критерии оценки вашего ребенка.
Повреждающие инициативы также являются причиной опасений плохих оценок. Например, как только ребенок занимается какой-то работой, взрослые говорят: «Не надо! Не делай этого! Не похоже!», спешат предупредить. Конечно, это не работает, даже если родители в это не верят.
Чем чаще ребенку говорят, что он потерпит неудачу и сделает ошибки, тем больше он будет бояться этих ошибок и связанных с ними плохих оценок. Доверяйте своему ребенку, ему это просто необходимо! Даже если у него ничего не получается, хвалите его за усилия и процесс, а не за результат, чтобы избежать синдрома перфекциониста.
Самый действенный способ научить ребенка не бояться плохих оценок — предложить ему самооценку своей работы. Он учит саморефлексии, анализу, глубокой работе, выбору критериев оценки и четкому пониманию, когда что-то не так. Кроме того, он учится видеть разницу между разными точками зрения, разделять свою точку зрения и точку зрения другого. Это очень сложно, но очень полезно в жизни.

Предмет:
Как преуспеть в школе?О людях, которые достигли величия, несмотря на то, что учились 2 класса в школе

Как мотивировать учащихся выполнять домашнее задание?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: