Yaxshi o‘qituvchini oddiy o‘qituvchidan ajratib turadigan 5 fazilat.
1. Yaxshi o‘qituvchi o‘quvchilarini hurmat qiladi va ularning tuyg‘ularini pastga urmaydi.
Ularni nafaqat “taʼlim oluvchi” va “tarbiyalanuvchi”, balki inson sifatida qabul qiladi, bolalarning his-tuyg‘ularga bo‘lgan huquqini tan oladi. Maktab o‘qituvchisi tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, barcha o‘quvchilar bilan diqqat bilan ishlaydi: u sabr bilan tushuntiradi va agar hamma ham darhol anglay olmasa, g‘azablanmaydi.
2. Yaxshi o‘qituvchi ham bolalarga, ham o‘ziga talabchan
Aynan shu uyg‘unlik muhim ahamiyatga ega – sababi bolalar o‘qituvchi shunchaki topshiriqlarni bajarish yoki qoidalarga rioya qilishni talab qilmayotganini, balki o‘zi ham ularga rioya qilib, vaʼdalarni bajarayotganini ko‘rishadi. Shu tariqa u rivojlanadi, o‘z faniga qiziqadi — u ilmiy voqealar, kashfiyotlardan xabardor, o‘qitishning turli usullarini biladi va ulardan foydalanadi. O‘qituvchining o‘zini o‘zi qadrlashi ham ko‘p jihatdan shunga bog‘liq.
3. Yaxshi o‘qituvchi sinfda sog‘lom hissiy muhitni saqlaydi: undan qo‘rqishmaydi, unga savollar berishadi, unga ishonishadi
Albatta, o‘qituvchi va bolalar o‘rtasida bir oz masofa bo‘lishi kerak, ammo ishonchli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolish muhimdir. Bolalar dars davomida yoki undan keyin o‘qituvchidan nimanidir aniqlab olishlari, muammolari haqida gaplashishlari, maslahat so‘rashlari, fikrlari, g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishlari mumkinligini bilishlari kerak. Ana shundagina ular unga quloq solishadi. Bola uchun uning fikri yoki hissiyotlariga nisbatan kattalarning befarq bo‘lmasligi juda muhimdir.
4. Yaxshi o‘qituvchiga maktabda ishlash qiziq va charchoqni qanday yengishni biladi
Kasbning muammolaridan biri bu hissiy charchashdir. O‘qituvchining ishi aloqa o‘rnatish, katta masʼuliyat va bosimni talab qiladi. Charchoq ko‘payib borib, mehnatga bo‘lgan ishtiyoqning sezilarli pasayishi kuzatiladi. Bu o‘qitish sifatiga taʼsir qilishi mumkin. Ish unumi pasayishini sezish va kuchni tiklash muhimdir.
5. Yaxshi o‘qituvchini bolaning butun hayoti qiziqtiradi
O‘qituvchi nafaqat bolalarning maktabdagi yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklaridan xabardor, balki ularning maktabdan tashqaridagi yutuqlari va qiyinchiliklari, shaxsiy qiziqishlari va sevimli mashg‘ulotlari haqida ham biladi. Bu bolaning shaxsiyati haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga va o‘zaro aloqaning eng yaxshi usulini topishga yordam beradi.
Mavzuga doir:
Eng yaxshi o‘qituvchi bo‘lish usullari