Oqiljon Husanov haqida ma’lumot

Oqiljon Husanov haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Oqiljon Husanov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Oqiljon Husanov 1932 yilning aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Samarqand davlat universitetida tahsil oldi (1949–1954). Mehnat faoliyatini Samarqand viloyati gazetasida boshlab (1954–1960), keyinchalik “Mushtum” (1960–1967), “Sharq yulduzi” (1967–1979), “Guliston” (1980–1992) jurnallarida turli lavozimlarda xizmat qildi.
Oqiljon Husanovning “Qoʻshiqchining taqdiri” (1963), “Samarqand bulbuli”, “Mehri daryolar” (1971), “Boʻlmaganga boʻlishma” (1973), “Qashqar goʻzali” (1976), “Togʻda oʻsgan bola”, “Bulbulning goʻshti” (1977), “Togʻda oʻsgan bola yoxud jiyanning yangi sarguzashtlari” (1980), “Sirli olam” (1980), “Taqilmagan uzuk” (1983), “Baxt qayerda” (1987), “Qishloqqa sayohat” (1988), “Ucholsa ham ucholmagan turna” (1990), “Ustaning muhabbati”, “Goʻroʻgʻli qissasi” (1991) kabi sheʼriy, nasriy asarlari, qissa va romanlari chop etilgan.
Oqiljon Husanov 1982 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻlgan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: