Ota-ona haqidagi eng ta’sirli she’rlar, dil satrlari to‘plami
Bu o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi
Bir qo‘lda beshik, bir qo‘lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi.
Fayzidan xonadon orasta bo‘lar,
O‘smalar qoshiga payvasta bo‘lar.
Gullar qo‘llarida guldasta bo‘lar,
Bu o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi.
Vafodor yoriga sadoqati bisyordir,
Kimlar unga yor, kimlardir ag‘yordir.
U shunday oqila, shundayin yordir,
Bu o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi.
Kimlar ko‘nglin olib qadriga yetar,
Kimlardir xor qilib tashlab ham ketar.
Farishtalar unga savoblar bitar,
Bu o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi.
Allomalar atab g‘azallar bitgan,
Sevganlar qo‘liga gullarin tutgan.
Ne — ne daholar ham yetolmay o‘tgan,
Bu o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi.
Ota
Men bulutni oq deb yuribman,
Yuragingizbuncha oq ota.
Rasiyada ishlab yuribman,
Dunyo menga oyingoh ota.
Qalaysan deb so‘raysiz holim,
Har galgiday konglim chog‘ ota,
Ko‘zmunchoglar bermasin onam,
Xudo menga ko‘zmunchog ota
Duolariz asraydi meni,
Ko‘nglim mangu yashar bog‘ ota,
Yolg‘onlarga o‘rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim tog‘ ota.
Qaytkim kelar qishloqqa gohi,
Buncha og‘ir yashamoq ota,
O‘pib yashar oyogingizni,
Tuproq mendan baxtliroq ota.
Tushlarimga kiring, dadajon
O‘z-o‘zimni pichoqsiz so‘ydim,
Yuragimni sog‘inchdan o‘ydim.
Bu dunyodan juda ham to‘ydim,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Meni yetim qilgan o‘zingiz,
Bir bor ko‘ray qizil yuzingiz,
Qayerlarda qolgan izingiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Menga ayting o‘shal arzingiz,
Tushunmabman sira dardingiz,
Yomon o‘tdi bugun qadringiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Dushmanlarga to‘la koshonam,
Vayron bo‘ldi sizsiz koshonam,
Bunchalar sho‘r ekan peshonam,
Tushlarimga kiring Dadajon..!!
Onasiz bu dunyo
Romolin kozinga surtsang ham,
Suratin qolinga tutsang ham,
Kelmagay asrlab kutsang ham,
Onasiz bu dunyo qorongu…
Chidarman turli hil qiynoqqa,
Boshimni toshga ham urmoqqa,
Chidolmam onasiz yurmoqqa,
Onasiz bu dunyo qorongu…
Onasini berib qo‘yganlar
G‘am yuziga inib ketadi,
«Ona desang, tinib ketadi.
Bir zarb bilan sinib ketadi,
Onasini berib qo‘yganlar.
Ilinadi oshu nonini,
Bir ko‘rishga berar jonini,
Hidlab yurar to‘n, ro‘molini,
Onasini berib qo‘yganlar.
O‘lmaydilar onalar atay
Qismatimiz shu ekan netay
Sizni qanday qilib yupatay
Onasini berib qo‘yganlar.
Onajon (Muhammad Yusuf)
Yetmish yulduz yog‘ilib,
Yarim oycha to‘lolmas,
Yeti yanga yig‘ilib,
Bitta ona bo‘lolmas,
Ona tirik eshikka
G‘urbat yaqin yo‘lolmas,
Mening esa, bag‘rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g‘o‘r edik,
Siz bor — biz ham zo‘r edik,
Bir mayizni besh o‘g‘il
Teng bo‘lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so‘zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o‘lsa, boshingdan
Oftob o‘tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog‘dek botib ketarkan,
Ko‘ksim to‘la ming armon,
To‘lg‘onaman, onajon.
Onasiz uy — oysiz tun
Ekan endi o‘ylasam,
Qalbni o‘rtar dardlarim,
Qay birini so‘ylasam?
Sizsiz ko‘cham befayz,
Halovat yo‘q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O‘zing uchun o‘l yetim!
O‘rda ham men, qirda ham.
Ko‘ylagimda tugma yo‘q,
Tugma bo‘lsa, kir -yoqam.
To‘rt yangamga qo‘shilib
Turtkilaydi to‘rt og‘am,
O‘z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Ko‘ngil o‘zin tutingan
Bir mehribon qo‘msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo‘lsaydi,
Onasizni do‘sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Yo‘qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg‘ayarman sarg‘aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to‘rida tolbeshik —
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o‘g‘ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo‘lsaydi
Bo‘lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg‘onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko‘kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog‘inganda she’r yozib
Yuraklarim ezilib —
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
Onajon Muhammad Yusuf
Topmoq — yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
Onaizor (Muhammad Yusuf)
Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…
Sig‘may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo‘lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…
Tonar bo‘lsa qo‘limdagi tor, dunyo,
Uch kun o‘tmay unutgay do‘st-yor, dunyo.
Yeru ko‘kni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…
Gulday kulib yurmasmidi, o‘g‘lim deb,
Ko‘rib ko‘nglim to‘lmasmidi, o‘g‘lim deb,
Onang o‘lsa bo‘lmasmidi, o‘glim deb
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…
Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…
Ota (Muhammad Yusuf)
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o‘tlar bosgan o‘rmonim bor.
Qizg‘aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o‘tmagan otajonim bor.
Ota desam, bag‘ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo‘ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to‘lib ketgan osmonim bor.
Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o‘zingsan eng muqaddasim,
Bag‘ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.
Odam bo‘lib bir odamni tushunmaslar,
Ko‘zingda yosh ko‘rib ham goh o‘kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo‘l cho‘zib turgan qalqonim bor…
Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O‘lgunimcha endi undan ayrilmasman —
O‘z otamdek bo‘lib qolgan imonim bor.
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o‘rmonim bor,
Qizg‘aldoqlar bosh egib qon yig‘lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
Onamga (Muhammad Yusuf)
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko‘rib yorug‘ dunyoda,
Toshkanni ko‘rmagan bechora onam,
Bolang bo‘lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o‘g‘il bo‘ldimmi!..
Garchi bisotingda «bayram» so‘zi yo‘q,
Bilaman, kutasan sandal to‘la cho‘g‘,
Menda yurak deganlarin o‘zi yo‘q:
Men sovg‘a bermagan qiz yo‘q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam?..
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo‘qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas…
Axir, mening dardim She’r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi, ayt?…
Sha’ningga she’r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho‘kib, qo‘lingni o‘psin.
Undan ham ulug‘im borligin ko‘rsin,
Men uchun ham aziz holingni so‘rsin,
Sensiz g‘arib ko‘nglim ko‘ngilmi, onam,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam!..
Otam (Shukur Qurbon)
Ey umrim javhari davlatim Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam
Sizga izdoshdurman abadul-abad
Shul sabab ko‘nglim shod g‘rurim Otam
Bu dunyo sinovli yolg‘onchi dunyo
O‘tgaydur umrlar misoli daryo
Do‘st degan ulfatim bo‘lsada ammo
Bo‘lolmas siz kabi dartkashim Otam
Sizning-la bordurman ichra keng jahon
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon
Qalbingiz og‘ritib bo‘libman nodon
Doimo kechirgan rahimli Otam
Bog‘ ichra gurkirar chamanzor ravon
Tinmagay har nafas mehnatkash bog‘bon
Mehnat ila ayladiz siz meni inson
Siz mening qo‘li gul bog‘bonim Otam
Bilsangiz yurarman osmonda doyim
Siz borsiz omondur ko‘kdagi boshim
Shubha yuq aytarman har yerda so‘zim
Tog‘ kabi sarviqor osmonim Otam
Joningizga jon bo‘lolmas afsus bu jonim
Bo‘lsa e’di berardim sizga bor umrim
Insho Olloh ko‘rgaysiz gullagan bog‘im
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!
Onajon (Abdulla Oripov)
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
Necha kunki yo‘q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo‘llarida oq elpig‘ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko‘zlarida hayajon.
Yotar payting bo‘ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig‘onimdan chiqar dud.
Yig‘lama, deb qo‘llarimga
Tutqazarlar so‘ng tobut.
Tongda ruhsiz ko‘z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o‘zing der eding-ku,
Silab o‘ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o‘zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag‘rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo‘lmay har kim
Yoshab o‘tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o‘tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
O‘zbek onasi (Abdulla Oripov)
Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing,
Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing,
Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Seni To‘maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas,
Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Boshingdan nimalar o‘tmadi axir,
Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir,
Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Kelajak toychog‘u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta poyingizdadir,
Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Sizga ta’zim qilib turibman bu payt
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz Yurtboshingga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Otalar (Abdulla Oripov)
Otalar sha’niga loyiq so‘z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku,bamisli charoq,
Bag‘ri ham yulduzli osmon kabi keng.
Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli xitobi
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi
Sochlari qirovdek ko‘pirib chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo‘ldi,o‘lim yo‘q demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko‘kka termulib kutmasman madad
Do‘st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do‘stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur,armoni-armon.
Ona (Abdulla Oripov)
Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: — Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Ota duosi (Abdulla Oripov)
O‘g‘lim so‘ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sog‘u salomat.
Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sog‘u salomat.
Farzand (Abdulla Oripov)
Bir kuni ranjitdi otani farzand,
Ota o‘z uyidan bosh olib ketdi.
Lekin Alloh mehri bo‘lib sarbaland,
Ota Makkatulloh vasliga yetdi.
Ota fig‘on chekdi Ka’ba qoshida,
Go‘yo unut bo‘lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.
Ka’baga sig‘inar ekan keksa chol
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi:-Ibodatim bo‘lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o‘sha bolamga.
Yo‘ldoshim onam (Baxtiyor Roziq)
Dunyoning zorini qilib yuribman,
O‘zimcha mardona bo‘lib yuribman,
Kim sabab bunchalar to‘lib yuribman?
Pariro‘yim onam, Yo‘ldoshim onam.
Onam bor deganda og‘zim to‘ladi,
Onam bor deganda sozim to‘ladi,
Onam bor deganda yozim to‘ladi,
Boshimda gultojim, quyoshim onam.
U uchun bir nihol lola ekanman,
Unib-o‘ssin degan nola ekanman,
Qirqqa kirganda ham bola ekanman,
Parishonim onam, ko‘z-qoshim onam.
Qanchalar kuylar bor onalar uchun,,
Ham yorqin, ham jo‘shqin yo ma’yus mahzun,
Lek ona allasi baridan ustun,
Nafaslari shirin, darddoshim onam.
Bolalikka qaytib, sho‘x qo‘shiq aytib,
Yana chopsam edi boladek daydib,
Yuragim quvonchni izlagan payti –
Totli xotiralar eng boshi onam.
Panohlarim (Baxtiyor Roziq)
Baxtiyorman, ko‘zlarimga dunyo kengdir,
Duo bilan har kishining ishi o‘ngdir,
So‘zlaringiz oltinlarga qadar tengdir,
Mening uchun qiblagohim otajonim,
Duogo‘yim, nur panohim onajonim.
Mening mahzun, tag‘in shodon kuyimdasiz,
Nurli hayot tilab turgayen o‘yimdasiz,
Parvonasiz, har daqiqa o‘yimdasiz,
Tangridan baxt, tole’ so‘rgan otajonim,
Yoshligini menga bergan onajonim.
Qoshu ko‘zim sizga o‘xshar otamdirsiz,
Tilimdagi ilk so‘rog‘im, onamdirsiz,
Sizlar menga eng mo‘’tabar olamdirsiz,
Mening yo‘lchim, soyabonim otajonim,
Xushzabonim, mehribonim onajonim.
Oh urarman, qadringizga yetolmayin,
Shirin so‘zim sizga tuxfa etolmayin,
Men bag‘ritosh bo‘ldimmikan oh shundayin,
Yo‘llarimga intizorim otajonim,
Nuridiydam, yo‘g‘u borim onajonim.
Dadajon sizningsiz… (Baxtiyor Roziq)
Ulg‘ayib boryapman, o‘tmoqda umr,
Bulutli taqdirlar to‘ldirar sabrim.
Hattoki huzurda qolmadi huzur,
Ko‘ksimni tepkilar jonlanib jabrim.
Jabrning jangidan toqat toq ekan.
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ulg‘ayib boryapman, o‘tmoqda fursat,
U qanday fursatki, bunchalar og‘ir?
YO ayting, holimni yutganmi qismat?
Vo ajab, shum qismat har nega qodir.
Qadridan qolsa qalb qatra dog‘ ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Mening ham o‘ynoqlab kulgim keladi,
Yuragim sevinib xush bo‘lsa deyman.
Ko‘nglimda ko‘rganim yulgim keladi,
Ko‘rganim qayg‘uli tush bo‘lsa deyman.
Armonim tokaydir bu so‘roq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Go‘yoki sarobga aylandi olam,
Qush bo‘lib uchdimi umid shodasi,
Onamlar aytadi, o‘kinma bolam,
O‘kinma, taqdirning shu irodasi.
Menku men, onamda dard qandoq ekan?
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
O‘tmoqda zalvorli fasllar hanuz,
Birgalik chog‘larim eslab yashayman.
Yodimda tiriksiz kechayu kunduz,
Men sizni hamisha qumsab yashayman.
Sog‘inchdan dunyo ham bir ovloq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ulg‘ayib boryapman, xayolim miskin,
Shu xayol sababli dil titroq ekan.
Tunda oy, kun quyosh bermaydi taskin,
Faqatki she’rlarim bir o‘rtoq ekan.
Aslida bo‘z tuproq baxtliroq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ikki qo‘rg‘on (Guljamol Asqarova)
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.
Yig‘lab turib hattoki kulding
Nimadir u, ko‘zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig‘lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko‘zingga kelgan?
Menga juda o‘xshaydi, ona,
Ko‘zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o‘sha ko‘zu, o‘sha qosh,
Menga juda o‘xshaydi, ona.
Ona, uni to‘kma, iltimos?
Ko‘zlaringdan to‘kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to‘kma iltimos.
Onalik sehri (Nafosat Sodiqova)
Sizning so‘zingizda ajib ma’no bor,
Bag‘ringizga tortar so‘zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo‘shar qalbingizda onalik sehri.
Shoir qizim deysiz, sho‘h qizim deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.
Orzularim ro‘yob duo qilsangiz,
Doimo yo‘limda bo‘lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.
Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.
ONAga talpinib…
Bir mehring olamni to‘ldirib turar,
Bag‘ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho‘xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim»¦
Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim»¦
Faxr-la, g‘urur-la oq yo‘l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar «œDunyoda sendan ulug‘ zot,
Onajon, also yo‘q!», demak-la keldim…
Fashist-la kurashib, qo‘ldan ayrildim,
Afg‘onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni —
Onajon, huzringga emaklab keldim»¦
Bir shirin so‘zingiz
Ko‘zlaringiz tushimga kiribdi bugun
Soginibman sizni, juda onajon!
Bo‘sh qalbimga joylashdi motamsaro tun
Ovozingiz yuragimga kiribdi shu on…
Bu erlarda yuribman, nimalar izlab?!
Issiq qo‘llaringiz qumsar dimog‘im
Talpinadi yurak nimalar istab?!
Bir shirin so‘zingiz istar qulog‘im..
Onamni sog‘inib (Xosiyat Bobomurodova)
«Bir pasgina yonimda o‘tir,
Bir kungina yotib ket, qizim»
Atrofimda aylanib gir-gir,
Takrorlardi onam shul so‘zin.
-Bu gal, -derdim yuragim toshib,
-Endi kelsam qolaman, ena…
Shafqati yo‘q bu kunlar shoshib,
Meni olib ketardi yana.
Topganini tuguncha qilib,
Qo‘llarimga tutqazar edi.
Meni zo‘rg‘a bag‘ridan yulib,
Mashinaga o‘tqazar edi.
Bazmlarga topar edim vaqt,
She’r o‘qirdim yona va yona.
Davralarni bilar edim baxt,
Sizga vaqtim yo‘q edi, ena.
Siz tog‘imni cho‘ktirib qo‘yib,
Ketar edim toqqa, lolaga.
Sizga azob chektirib qo‘yib,
Yayrar edim yashil dalada.
Majnuntolday egdirib Sizni,
Ketar edim terak bo‘lay deb.
Sizdan ayab bir tunlik so‘zni,
She’r yozardim yurak bo‘lay deb.
Chaqqon edim, roziydi mendan,
Ham uy, ham ish, ham majlisxona.
Shunchalar band edim-ki, chindan,
Sizga vaqtim yo‘q edi ena.
Kechiksam, ish kechirmas edi,
Koyinardi kechiksam, uyim.
Davralarning chiqardi dudi,
Faqat enam kutar edi jim.
Sha’n davralar ketdilar tarqab,
Bayramlari mensiz ham obod.
Goh dardlarim yig‘ilar qop-qop,
Yolg‘izlikdan solgim kelar dod.
Shunday g‘amlar bo‘lar ekanki,
Tushunmas ekan onangdan boshqa.
Tinglamaydi seni birovlar,
Boshlaringni ursang ham toshga.
Qabringizga chopaman bot-bot,
So‘zlashay deb qona va qona.
So‘ramaysiz holimni xayhot,
Endi Sizda vaqt yo‘qdir, ena…
Mehribon onam (Mashrab)
Jamoling ko‘rgali keldim, ayo ey mehribon onam,
Mening uchun ado bo‘lg‘an yuragu bag‘ri qon onam.
Xo‘tan dashtiga tushtum bul falakning gardishi birlan,
Eshitkil arzi holimni, men aytay senga, jon onam.
Ajoyib mehribonimsan, meni oromi jonimsan,
Murodi du jahonimsan, bihishti jovidon onam.
Meni bir jodu ko‘zluk bul jahon ichra xarob etti,
Qadi sarvu sanavbar, qoshlari misli kamon, onam.
Boshimga tushti bul savdo, bo‘lubman bulbuli shaydo,
Shabistoni jahonda qumridek shakkarfishon onam.
Bu ishq o‘ti xarob etti, yurak-bag‘rim kabob etti,
Meni xoki turob etti yuzi mohi tobon onam.
Seni ko‘p intizor ettim firoq o‘tig‘a, ey Ka’bam,
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam.
Iloho, avf qilg‘aysan bu Mashrabning gunohini,
Tufayli onayi zorim, g‘aribu notavon onam.
Onam yodi (Halima Hudoyberdiyeva)
Bolaligim. Avji saraton
Dala. Tog‘u toshlar kuymakda.
Onam ishga otlanadi tong,
Rangi o‘ngib ketgan ko‘ylakda.
Naq taqimda sochini sochib,
Boyovutning shamoli sang‘ir.
Vafo qildi birgina sochi
Eplayolmay ro‘molda tang‘ir.
Borar baland bo‘yli, kulcha yuz,
Bo‘y-bo‘y juvon, sirli siyoqda.
Suyolmadik uni qilcha biz
Xudo suysin endi u yoqda.
Eshitaman tovushlarini
Borar jannat malaklariday.
Tuproq to‘la kovushlari-yu
Rangi o‘nggan ko‘ylaklarida…
Ruhim ko‘taradi bayroqlarini…
Dunyo kambag‘alni kamsitib, g‘ajib
Tag‘in boyitarkan boyroqlarini
Ruhim olib qo‘yar boshimdan tojni
Baxtimiz — Onajon…
Tunda yozibman kimgadur she’rlar
Kimgadur o‘zimni bag‘ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O‘shanda unutdim sizni onajon.
Do‘stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni hamma vaqt do‘stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o‘ylamadim bir dam onajon.
Do‘st sirimni olamga yoyib ham bo‘ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo‘ldi
Nahotki quvonib yi’glagan chog‘da
Sizni o‘ylamadim bir dam onajon.
Yuz o‘girdi hatto o‘z Do‘stim
Va’dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg‘iz boshginamda yig‘ladi onam.
Ko‘zimni ochib qarasam shu choq
Yig‘lab turar munis bir inson
Ko‘zlaridan tutib so‘rayman
Gunohkor o‘g‘lingni kechir ONAJON!..
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Beshigimni quchoqlab yotgan
Shirin-shirin allalar aytgan
Sabo yanglig o‘pib uyg‘otgan
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Siz ketdingiz, manzil- lomakon
Hamma ketar, ketar begumon
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Yo‘lingizda ko‘zlarim qoldi
Aytilmagan so‘zlarim qoldi
Ko‘zimda yosh, bo‘zlarim qoldi
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Der edingiz: «œOna qo‘rg‘oshin
Erib ketar ko‘rsa ko‘z yoshing»
Toshdan bo‘lsin derdingiz boshing
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Orzulagan kunlariz keldi
Siz aytgan ul qut fayz keldi
Lek tilim lol dil ma’yus keldi
Onajonim, sizga toymadim
Yashayapman yaxshi yo yomon
Boshga tushsa ko‘narkan inson
Mehringizga tashna bo‘ldi jon
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Umid birlan yashaydi banda
Eh, ochilib bu sirli parda
Ko‘rishtirsin endi mahsharda
Onajonim, sizga to‘ymadim!
Ota — ona duosi (Safo Ochil)
Olmasam gar ko‘nglim to‘lmas,
Ota — onam duosini.
Olmasam gar yo‘lim bo‘lmas,
Ota — onam duosini.
Qayda bo‘lmay yo‘qlagayman,
Mehrin asrab saqlagayman,
Axir, qanday oqlagayman,
Ota — onam duosini.
Umrim bo‘yi g‘amin yerman,
So‘zin durga alishtirmam.
Siymu zardan ortiq derman,
Ota — onam duosini.
Safo Ochil, holin so‘rgum,
Mudom boshim egib turgum,
Qancha bo‘lsa ham oz ko‘rgum
Ota — onam duosini.
Ona
Eng ulug‘lardan ulug‘ insonlar insoni ona!
Oyu kundan ham munavvar husni nuroniy ona!
Mehribonlar mehriboni yaxshilarning yaxshisi,
Mehru shafqat olamining yuksak osmoni ona!
Garchi nomidir ayolu qudratidir bemisol,
Tarbiyat mulkin zabardast mardi maydoni ona!
Qalbi daryo, oliyhimmat, har saxiydan ham saxiy,
Ya’ni g‘amxo‘rlik diyorin toza vijdoni ona!
Bag‘ri bog‘ sahniyu, farzand sunbulu rayhonu gul,
Bu hayot dunyosining eng katta bog‘boni ona!
Arzimas bir jon uni ming jon fidosi bo‘lsa ham,
Sadqai farzandlarin har lahza qurboni ona!
Onadek farzandin qadriga yetar olamda kim?
Har qadrdondan qadrdonroq qadrdoni ona!
Yaxshi farzand onasin aylar rizo, aylar rizo,
Davlati ham baxti ham, darmoni ham joni ona!
Onajon deb sayragay qushlar chamanda, Chustiyo,
Sayragin bulbul dilimning she’ru dostoni ona!
Onam — a (To‘lan Nizom)
Sendan o‘zga mehribonni ko‘rmadim,
Sensiz yorug‘ bu jahonni ko‘rmadim,
Sendan buyuk or-vijdonni ko‘rmadim,
Sensiz to‘kis yer-osmonni ko‘rmadim,
Bugun yana yodga tushgan onam — a.
Ko‘rishamiz, bolam, qiyomatda deb,
Yig‘layverma, bo‘tam, nadomatda deb,
Sen yakkasan, yasha diyonatda deb,
Umring o‘tkaz halol, ibodatda deb,
Bildirmasdan mendan qochgan onam — a.
Ulushing bor dasturxonda, o‘zing yo‘q,
Ko‘z oldimda surating bor, so‘zing yo‘q,
Ko‘zlarimga qarab turgan ko‘zing yo‘q,
Yig‘lamagan o‘g‘ling hamda qizing yo‘q,
Ro‘zg‘orimda shamday o‘chgan onam — a.
Ertayu kech o‘gitlaring tilimda,
Hasratlaring ko‘zimdagi selimda,
Ko‘pga qilgan onaliging elimda,
Sen bog‘lagan shohi belbog‘ belimda,
Kelmaslikka qushday uchgan onam — a.
Sendan qolgan uyni obod ayladim,
Suting haqqi, ruhingni shod ayladim,
G‘arib edim, o‘zni kushod ayladim —
Yolg‘izingni uch pahlavon ayladim,
Yurtga uchta o‘g‘il qo‘shgan onam — a.
Ko‘rganingda bo‘lar edi — shu alam,
Dunyo ishi shundoq ekan, biri kam,
Shu boisdan yig‘lab o‘tar el-olam,
Armonlaring mana men tutgan qalam —
Shoir bo‘lib qaynab-jo‘shgan onam — a.
Yaratgansan piri imonim bo‘lib,
Qaratgansan tabib insonim bo‘lib,
Yayratgansan bog‘u bo‘stonim bo‘lib,
Sayratgansan ulug‘ Turonim bo‘lib,
O‘zbekiston kabi quchgan onam — a.
Onam surati (To‘lan Nizom)
Bugun yana termulaman, Onajon,
Sen tomonga intilaman, Onajon,
Aytgil, endi ne qilaman, Onajon,
Ne o‘tganin men bilaman, Onajon,
Sado chiqmas, sog‘inaman, surat jim.
Shoir bo‘ldim hasratingni aytgani,
Armoningni men bolamga bitgani,
Vaqtim yetmas uxlagani, yotgani,
Opam kelar yig‘l;ab-yig‘lab ketgani,
Siqilaman, o‘kinaman, surat jim.
Ziyoratga bordim kecha qabringga,
Zor yig‘ladim, kirolmadim bag‘ringga,
Rahming sira kelmasmi sag‘iringga,
Bilasan-ku, tayyor edim amringga,
Yolvoraman, o‘tinaman, surat jim.
Mehnat bilan endi topdim e’tibor,
Bunyod, Ozod o‘g‘lim va to‘rt qizim bor,
Men yashayman izlaringga intizor,
Sog‘inganda O‘zbekiston menga tor,
Yurak bosib yutinaman, surat jim.
Ko‘z yoshim —suv, bog‘ unar chaman-chaman,
Oq suting deb ilhomimni ichaman,
Sen — Turkiston, Ona-Yer, Ona-Vatan,
O‘zingdadir, o‘zing bergan jonu tan,
Bosh qo‘yaman, sig‘inaman, surat jim.
Onamga deb…
Bozorlardan savdo qildim bolamga deb ,
Shirinligu novvot oldim bolamga deb ,
Go‘zla gullar sarpo oldim yorimga deb ,
Men bag‘ritosh nima oldim onamga deb,
Hashamatli uylar qurdim bolam uchun ,
Dabdabali to‘ylar qildim bolam uchun ,
Oyoq osti qo‘ylar so‘ydim kimlar uchun ,
Men notavon nima qildim onam uchun
Yolg‘izgina bir mehribon onam uchun .
O‘zi yemay yedirgan ham onam edi ,
O‘zi kiymay kiydirgan ham onam edi ,
Bu dunyoda chin do‘stim ham onam edi .
Menga chin do‘st chuyanchig‘im onam edi ,
Farzand bolib nima oldim onamga deb ,
Men bag‘ritosh nima oldim onamga deb .
yolg‘izgina mehribonim onam uchun «¦»¦»¦..
Duogo‘yim Onamni
Yetim farzandingga quloq sol dunyo ,
Kechalar to‘lg‘onib yig‘lab yotaman ,
Bir kun baht omadni toparman ammo ,
Duogo‘y onamani qaydin topaman.
Do‘stlar kelib ketar halol va sotqin ,
Alardan goh shodlik jabr tortaman ,
dushman ham do‘stimga aylanar lokin ,
duogo‘y onamni qaydin topaman .
Bir kun sekinlashar hayot kemasi
Nogoh langar tashlab suvga botaman ,
Yuzimga urilsa o‘lim sharpasi
Duogo‘y onamni qaydin topaman.
Fano sayri tugab qil ko‘prik bu dam ,
Gunohim ko‘p manim qandoq o‘taman,
Ey,voh ey sadoyi gunohkor bo‘lsam ,
Duogo‘y onamni qaydin topaman .
Duogo‘yim «¦»¦.onamni men qaydin topaman «¦»¦»¦»¦
Onamning qo‘llari (Dilshod Rajab)
Keltiray bir ta’rifin onamning qo‘llarini,
Ham habib, ham tabibim — onamning qo‘llarini.
Ko‘targan ro‘zg‘or yukin, qilt etmay biror tuki,
Ham buyuk, ham suyukli onamning qo‘llarini.
Kaftida tutgan bizni — besh o‘g‘il, ikki qizni,
Quyoshday issiq yuzi onamning qo‘llarini.
Biz deb o‘t — suvga kirgan, nonlar yopib, kir yuvgan,
Qattiqligi temirdan, onamning qo‘llarini.
Goh suyib, goh alqagan, oq yuvib, oq taragan,
Kunimizga yaragan onamning qo‘llarini.
Soyabon panoh bo‘lgan, kaftlari qadoq bo‘lgan,
Oling «œsadqa — sadoq» bo‘lgan onamning qo‘llarini.
Goho tushimga kirgan, ko‘z yoshim artib turgan,
So‘rang men musofirdan onamning qo‘llarini.
Bargday titradim yozib, go‘yo bag‘rimga bosib,
Novdaday ozgan, nozik onamning qo‘llarini.
Sizlar — aka-ukalar,
Tizlar bukib — cho‘kkalab,
Ko‘zga suring siypalab,
Xohi shom, xoh ertalab,
Bolangizday erkalab,
Onamning qo‘llarini,
Onamning qo‘llarini!
Qalqonim ota (Mahmud Asror)
Yelkangiz o‘parkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg‘ota,
Bolangiz ko‘ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada bo‘ston vahmida
E’zozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
O‘zin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi g‘unchadek so‘lgan,
Og‘ir sinovlarda ne bo‘lsa-bo‘lgan…
Yuzi qayg‘ursa-da, ko‘zlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lug‘ati yo‘q yig‘lab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yig‘lagan tushda
Yillarga ulg‘aygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qo‘shig‘im aytdim,
Qadringizni o‘ylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan bo‘lsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!
Onam
Men nima topibman,dunyoga kelib?
Sizdan-da sevimli,sizdan-da aziz.
Ko‘z-ko‘z qilmoqlikka,maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz,davlatim ham siz!
Oftobim onama,oyim onama,
Nomusim onama,orim onama!
Bedor o‘tqazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi.
Oylaringiz haqqi,yilingiz haqqi,
Sizga fido bo‘lsin,jonim onama!
Oftobim onama,oyim onama,
Dardlarim oqizar,soyim onama!
Sizdan boshqa xarkim aldagani rost,
Alam quzg‘un bo‘lib talagani rost.
Yer bosib yuribman,osmonni ko‘rib,
Sizni duoingiz asragani rost!
Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo‘ydim.
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam!
Negadir,negadir uzrlarga tilim bormadi.
Ertaga,ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?
Onamsan! Onamsan! Qalbimni mehringga to‘ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat!
O,munosib kuyching bo‘lish mushkildir.
Seni kuylamaslik esa jinoyat!!!
Ota-ona g‘animat
Hayot karvonini tortib o‘tamiz
Umrni sarhisob qilib o‘tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o‘tamiz
Bu dunyoda bormi o‘zi diyonat
Ey birodar ota-onang g‘animat
Inson yashar yolg‘on kunning ostida
Inson yashar qil ko‘prik ustida
Inson yashar ko‘cha-ko‘yning qo‘ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g‘animat
Ba’zan do‘stdan chiqib qolar dushmaning
Ko‘zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo‘lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g‘animat
Otang hayot xonadoning charog‘on
Onang hayot baxting to‘kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g‘animat
Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo‘lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g‘animat
Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko‘zim kam bo‘lma deb o‘stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g‘animat
Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo‘qlolmasang otam deb
O‘tgandan so‘ng qilma bekor dod -faryod
Tushun axir ota-onang g‘animat
Hayot bo‘lsa kimning onasi
Do‘ppisini otsin osmonga,
Ko‘zi kulib boqsin zamonga..
Qo‘lin butun uzatsin nonga ,
Hayot bo‘lsa kimning onasi..
Sovqotmaydi qor bo‘ronda ham,
Qoqilmaydi tosh yo‘llarda ham..
Turtolmaydi xech bir muttaham,
Hayot bo‘lsa kimning onasi..
Yulishmaydi nohaq bir patin,
Yaxshi bo‘lar doim ulfati..
Issiq turar doim ovqati,
Hayot bo‘lsa kimning onasi..
Mehr izlab ko‘chib yurmaydi,
O‘z uyida cho‘chib yurmaydi..
Rangi quti o‘chib yurmaydi,
Hayot bo‘lsa kimning onasi..
Farzand uchun ona bir me’mor,
Poyidadir jannat onaning..
Yetsin uning qadriga faqat,
Hayot bo‘lsa kimning onasi..
Shu vaqtgacha aytganingiz qilmayman.
Yaxshimisiz oyijon deya hech soramabman.bayramlarda hatto sizga gul ham ravo ko‘rmabman. Shu paytgacha oyijon qadringizga yetganman.
Menga ham yoqti
Meni ota onam hozir uzoqda men ularni yaxshi korishimni ozlariga ayta olmayman . Mana endi aytaman.ONAJONIM OTAJONIM MEN SIZLARNI JUDA JUDA YAXSHI KORAMAN BAXTIMIZGA SOG SALOMAT YURILAR❤❤❤❤❤♀️♀️♀️
Ota-onamni juda yaxshi koraman do‘stlarim ota-onamizni asraylik ular g‘animat ☝
DAVLATIM OTAM JANNATIM ONAM MEN SIZLARNI JUDA YAXSHI KÕRAMAN BIZI BAXTIMIZGA DOIMO SOĞ BÕLINGLAR⚘⚘⚘⚘⚘
Zòr . Gap yu
Rahmat ota-ona haqida sherlar juda chiroyli chiqibdi.Hammaga rahmat.Alloh Roʻzi boʻlsin.
Zo‘r
men bu she’rlarni o‘qib rossa yig‘ladim.chunki bu she’rlar ta’sirli ayniqsa onasi va otasi yoqlarga.Siz bu so‘zlarni o‘qib bu qizni ota onasi yo‘q ekan deb hayolga bor .men aytmoqchiman ota onasiz borligida hayotligida hafa qilmasdan ko‘nliga ozor bermasdan duosini oling.Men bu ikki insonlar yog bo‘lsa men birtingman
Ota-onam mening bu dunyoda ishongan insonlarim men ularni juda juda yaxshi koraman ♡♡♡
MEN ONAMNI JUDA KÕP BAQIRTIRDIM. GAPLARIGA QULOQ SOLMADIM. BU SHERLARNI ÕQIB OTA ONA QADRIGA YETISHNI TUSHUNDIM. OTA ONA MEN SIZLARNI S E V A M A N .OTAM DAVLATIM ONAM JANNATIM
Onajonim Men sizni judayam yaxshi ko‘raman. Baxtimga sog‘-omon bo‘ling♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♦️♦️♦️♦️
Men ota onamni juda judayam yaxshi koraman ular ucun jonmi.beraman
Sherlar zur
Bu she’rlani o‘qib yig‘lab ham oldim. Bugun ota onamni ko‘rgani boraman rosa ham sog‘indim
Onajon sizni yaxshi kõramiz. Baxtimizga soģ-salomat bõling. ONAM JANNATIM❤
Zor juda ham yaxshi
Onalarimin doimo sog’lom bo’lisin
Dõstlarim, ota ona bu dunyoda ganimat barcha ota onasini qadriga yetsin
Otasi onasi bor inson badavlat inson
❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤
:idea:zor zor manga juda yoqdi
Ota onamiz bizning baxtimiz shuni unitmang iltimos
Otamiz davlatimiz onamiz jannatimiz. Man bu sherlarni o‘qib yig‘lab yuboray dedim. Ota onamizni
Qadriga yetaylik
Ota onam boyligim channat kalitlarim man silani yaxshi kõraman borilaga shukur
Otam davlatim dir Onam jannatim
Mening ota onam hayotlar. Lekin she,rlarni òqib kòzimga tinmay shunchalar yosh keldiki xuddi ayrilib qolganday bòldim. Allohim hamma ota- onalarimizni umrlarini uzun qil, farzand doģini kòrsatma . Ota onamga yaxshi kòrishimni xech aytolmaganman. Allohim yagona òtinchim ota -onamni òz panohingda asra
Men onam va otamni juda yaxshi koʻraman ilohim baxtimga sogʻ omon boʻlishsin otajon onajon men sizlarni juda yaxshi koʻraman ❤️❤️❤️❤️
Xama sherlar zar tasirli
Xama sherlar zar tasirli
Men ota onamni juda yaxshi koʻraman ilohim baxtimga sogʻ omon boʻlishsin otajon onajon men sizlarni juda yaxshi koʻraman ❤️❤️❤️❤️
Spasibo
Onajon men sizni yaxshi kuraman ❤️❤️❤️
Men ota onamni juda ham yaxw koʻraman werlarga gap yoq
Qushilaman
Ota -Onam borligingizga shukurlar diyman Onam mening janatim Otan mening davlatim
Ota Onam borligingizga shukur deyman Onam mening janatim Otam mening davlatim sezni kunglingizni olaolmagan uğlingizni kechirin .Men shuni bildimki nech ber narsa ota ona duosiga teng emas ekan .Men shuncha mayshat qilib yurubman lekin ota onamni holini surmoqni unutubman Hudoga meng qatla shuruklar aytaman ota onam tiriklar ota onamni hasib qilsa xaj safariga junatish niyatim bor men bu sherlarni uqib kuzimga yosh kildi
Bahtimizga soğ bulsinlar ota onamiz
Otam dawlatim, onam jannatim❤️
Ota Onasiz hayotni tasavur qilish qiyin ota ona borligida mehriga tuyub olish kerak
Hammamiz ota onalarimizni wadriga yetaylik
Ota onalarimiz olamdan utganlsridan kiyin afsuslanmayli qilolmagan ishlarimiz uchun
Ota onam baxtimga soģ bòling Barokatli umr kóring. Barchamizni ota onamiz soģ bòlsin ;-
Menga ham yoqdi. Bunaqa sherlarni ko‘paytiraveringlar. Men bu sherlarni o‘qib ota onam esimga tushdi. Omad.
Men ota onamni juda ham yaxshi kõraman. Ularni hech narsaga alishmayman.
Onajon borliginggizga ming shukur❤
Onam gozal unga tengi yoq
Onam meni janatim
Ona sizni ju ju da yaxshi koraman sizni onajon
Men ota onamni judayam yaxshi koʻraman.Ularni hech kimga alishmasman
Agar jannatning eshigi men uchun keng ochiq boʻlgandaham ularsiz aslo koʻrmasdim ota onam♥️♥️♥️♥️♥️♥️
Onani hurmat qilish kerak. Kimdirlar ota mehrini korgan kimdirlar ota mehrini kormagan. Masalan: men ota mehrini korolmaganman. :cry:Jim hali hammasi oldinda
Salom
Salom
Menga ota ona haqida barcha sherlar yoqdi mening o‘zim ham sher yozish mashg‘uloti bilan ancha yillarchat beri shug‘illanaman mening ham sherlarim ko‘p joylarda eshittirilgan
asli men surhandaryo viloyati boysun tumani6- umum o‘rta talim maktabi 9- sinf o‘quvchisiman ZO‘RRRRRRR
Menga bu sherlar judaham yoqdi ota onam bahtimga sog‘ bo‘lsinlar
INSHOLLOH ularni yeru ko‘kga ishonmayman ZO‘‘‘‘RRRRRR
Men ota onamni judaham yaxshi ko‘raman sherlar zo‘r menga judaham yoqdi allohim ota onamni o‘zing asra
INSHOLLOH..♡♡♡♡♡♡♡♡♡
Men onamga xech qachon onajon sizni soğindim deb aytolmaganman. Onajon sizni sõğindim mehringiz bunchaxan shirin . Otajonim davlatim meni õqishga kirizgansiz õqisin deb oilam deb joningizni bergansiz .dõstlar otangiz davlatingiZ onangiz jannatingiz asran ota onani
❤️❤️❤️❤️❤️Men ota onamni juda qattiq yaxwi kuraman❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
Men ota onamni Juda qattiq yaxshi kuraman❤️❤️
Men ota-onamni juda yaxshi kòaman. Ularni Allox hohlasa Umraga olib boraman.
Assalomu aleykum yaxshimisizlar,har bir insonning õz dunyoqarashi õzgacha.
She’rlar juda ham tasirchan yozilgan,sherlar muallifi ga omad.
Agar kimningdir ota-onasi tirik bu foniy dunyoda faqatgina hizmatlarini qilib rozilik olsishsin.
Agar kimningdir ota-onasi bu foniydan abadiy dunyoga ketgan bõlsa,allahim shu farzandlarga ulkan sabr berib,ota-onasi uchun toat ibodatda bõlishsin,õzining yuragini siqmasdan
Menga ham bu sherlar juda ham yoqdi
Ollohimga shukur ota onam hayotlar.Men ularni juda yaxshi kòraman.Otam davlatim,Onam jannatim.Ota-onalarimiz bor bòlishsin.
Meni oyim davlatim otam janatim
Menga she’rlarning bari yoqdi.Mening ota onam boriga shukur. Men ota onamni juda yaxshi koʻraman
Meni ota onam bugun rassiyaga ketyapti rossa yigʻlagim kelyapti bir oʻzim qolamanmi deb toʻgʻri erim farzandlarim bor ota onani oʻrni boshqada
Yaxshi ko’rishilari o’zlariga aytilar oldida turib silani yozganilani qattan ko’radi
❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤ juda chiroyli she ‘rlar❤☺
Otam onam boriylarga shukrlar boʼlsin
OTAM mening DAVLATIM❤️
ONAM mening JANNATIM❤️
Sherla manga yoqdi cho’tki chqibti
Onajon sizi yaxshi kòraman
❤❤❤
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
Dada haqidagi sher juda qayģuli ekan
☺️✨