Qor va qorparchalar haqida she’rlar to‘plami

Qor va qorparchalar haqida she’rlar to‘plami
Telegramda o'qish

Qor va qor parchalariga bag’ishlangan ajoyib she’rlar guldastasini qabul qiling.

Eslatib o’taman, yangi yil haqida she’rlar izlayotgan bo’lsangiz ushbu sahifaga o’ting: Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami
Yangi yil haqida qo’shiqlar kerak bo’lsa eng saralari ushbu sahifada: Yangi yil bayrami uchun qo’shiqlar to’plami
Yangi yil senariylarini ushbu sahifaga o’tib yuklab olishingiz mumkin: Yangi yil bayrami uchun senariylar to’plami

 

LAYLAK QOR — Qutbi Nosirova

Qor yog’ar elak-elak,

Yog’ar bo’lib charxpalak.

Qo’ngan zamon kaftimga,

Erib ketar taftimga.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.

Qorni yig’ib olaylik,

Bir shaklga solaylik.

Bolalar, keling, qani,

Qorbobo yasa, G’ani.

Qara, burning uchini,

Bilgin sovuq kuchini.

Shalpang quloqlar tikka —

Qarab qolibdi ko’kka.

Qor yog’ar hamon-hamon,

Kulamiz xandon-xandon.

Qizib ketdi o’yin ham,

Shodlikni ko’rar baham.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.

 

YANGI YIL SOVG‘Asi — Orif  To‘xtash

Hamma tomon oppoq qor,

Yer oq ko‘rpa ostida –

Mizg‘ib yotar intiq, zor

Bahoroyning vasliga.

Borliqni xo‘p allalab,

Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.

Qiyqirishib bolalar –

Bunda chana tortishar.

O‘ynashadi qorbo‘ron,

Zavqi baland, shashti zo‘r.

Atrof bеg‘ubor biram,

Nashidasi, gashti zo‘r.

Qor tagidan mo‘ralar

Daraxtlarning novdasi.

Har bir bola ko‘nglida

Qorboboning sovg‘asi!

 

QOR PARCHALAR — Kavsar Turdiyeva

Qor parchalar, parchalar,

Oq kiyadi archalar.

Qir, adirlar, qo‘ralar

Oq kiyimga o‘ralar.

Uyga kirdi oq odam,

Qarasam, mening dadam.

Dadamning ustin qoqdim,

Dadamga kulib boqdim.

Yoqalarin tuzatdim,

Issiq to‘nni uzatdim.

 

QOR — Hamidulla Yoqubov

Qor, qor, qorlar,

Atrof porlar.

Yilt-yilt nurdek,

Oppoq undek.

Shakar undek,

Shakar, desam.

Agar yesam,

Og’rir tishim.

Qor, qor, qorlar,

Atrof porlar.

Yilt-yilt nurdek.

 

QOR HAVOSI — Nurullo Oston

Qor havosi ufurar,

Shamollar yer supurar.

Uchar so’nggi xazonlar,

Tussiz bog’-u biyobon,

Bo’m-bo’sh ko’cha, xiyobon.

Osmon xira va rangsiz,

Bosib kelar qish jangsiz.

 

QISH TASBEHLARI — Dilshod Rajab

Qor kiyingan archalar

Oq qalpoqqa o’xshaydi.

Yaltiroq shox-shabbalar

Jez taroqqa o’xshaydi.

Muz qotgan ariqchalar

Zar belbog’ga o’xshaydi.

Sumalaklar — qandillar

Muz chiroqqa o’xshaydi.

Qor ustida qarg’alar

Qora dog’ga o’xshaydi.

Yo oq qog’ozga tomgan

Rang — siyohga o’xshaydi.

Fe’li sovuq izg’irin

Ko’p chatoqqa o’xshaydi.

Quvib solar hammani,

Urto’qmoqqa o’xshaydi.

 

QOR — Cho‘lpon

Har tomonda qor, qor, qor…

El bilan tushar, chiqar.

Bulutlar elab elak,

Separ oppoq kapalak,

To‘da-to‘da ucharlar,

Aylanishib qocharlar,

Yellarga yo‘l ocharlar.

Mana, har tomon oppoq,

Maydon, ko֥‘cha, tom, chorvoq.

Yerlar to‘ngan, ko‘k to‘ngan,

Havo charchab bo‘g‘ilgan.

Ko‘kragiga tushgan qor

O‘ziga joy axtarar,

Jimjit uylarni o‘rar…

 

YOG’YAPTI — Yo’ldosh Sulaymon

Yer to’ysin deb bir yo’la,

Qor baralab yog’yapti.

Go’yo osmon un elar,

Havosi ham yoqyapti.

Yurganimda iz qolsa,

Qor uni tez yopyapti,

Kuchigim ham oqarib,

Atrofimda chopyapti.

Momojonim oynadan

Juda xursand boqyapti.

Xayolimga yoz kelib,

Suv sharqilab oqyapti!

 

QOR O’YINI — Xurshid Davron

Oqshomda boshlanar

Qorning o’yini.

Havo ham top-toza,

Yurakda viqor.

Qop-qorayib yotgan bog’lar qo’ynini

Oppoq sukunatga

Ko’mib tashlar qor.

Qor tinar va sovuq pichoqlarini

Oyga tutar, atrof ketar yarqirab.

Yig’ishtirib olar oyoqlarini

Yalang’och,

Xo’mraygan bujur daraxtlar.

Kimdir shoshib borar

Pastqam ko’chada,

Kimdir eringancha mudrab bosh qashir.

Kimdir derazadan termilar o’ychan,

Kimdir

Qor ustiga

Yoza boshlar she’r.

 

BEMAHAL QOR YOQQAN KUNI — Abdulla Oripov

Bul chog’i, bo’stonga ishtiyoq baland,

Nechundir bemahal yog’a ketdi qor.

Diktorning bir og’iz e’loni bilan

Chindan ham qaygadir berkindi bahor.

Bu fursat chamansiz ko’ngillar yarim,

Bulbulni quvlamang dostonimizdan.

Sizdan nima ketdi, diktor do’stlarim,

Qorni kurab qo’ying bo’stonimizdan.

 

QOR ALYORI — Dilshod Rajab

Osmon qorni eladi,

Yerni oqqa beladi

Xuddi yumshoq parto‘shak,

Dumalaging keladi.

Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar,

To‘lib dala-qir yog‘ar

Boshimizdan sochqiday

Oq marvarid, dur yog‘ar.

Xo‘p yaxmalak otamiz,

Goho qorga botamiz,

Qizib jo‘shar jon tanda,

Kim deydi sovqotamiz?

Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,

Oppoq qor— kumush yaxshi.

Bir-birovga qor otib,

Qiyqirib quvish yaxshi.

Qorto‘plarni otamiz,

Rosa kulib qotamiz.

Pisand qilmay ayozni,

Qish zavqini totamiz.

Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar,

Xo‘p quvnatib dillarni,

Zavqimizga jo‘r yog֯‘ar.

 

QOR HAQIDA

qish  kechasi, guvillar  shamol,

Dalada  qor, qush inida  qor.

Ingrar  og`riq  kabi  qari  tol

Oynalarni  bezar  qish-  gulkor!

Jeyron :     Qishning  momiq   choponi,

Boshida-chi  oq  qalpoq

Bizni  zavqqa  to`ldirar

Ko`chalar   rosa  oppoq

 

OPPOQ QOR

Oppoq  tiniq- oppoq qor

O`ynab tushar  osmondan

Qor qo`ynida  o`ynoqlab

Yurar  yoshlar  shod-xandon

 

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: