Qorqiz haqida she’rlar to‘plami

Qorqiz haqida she’rlar to‘plami
Telegramda o'qish

Yangi yilga qorqiz haqida saralangan she’rlar to’plamini qabul qiling.

Eslatib o’taman, yangi yil haqida she’rlar izlayotgan bo’lsangiz ushbu sahifaga o’ting: Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami
Yangi yil haqida qo’shiqlar kerak bo’lsa eng saralari ushbu sahifada: Yangi yil bayrami uchun qo’shiqlar to’plami
Yangi yil senariylarini ushbu sahifaga o’tib yuklab olishingiz mumkin: Yangi yil bayrami uchun senariylar to’plami

QORQIZ — Anvar Obidjon

Yo’laklarim — olmos qor,

Ko’ylaklarim — olmos qor,

Sochlarim ham olmos qor,

Tojlarim ham olmos qor.

Oqqina oqqush-oqqizman,

Qorbobo qorgan qorqizman.

Yo’ymang meni sho’r tuzga,

O’xshatmanglar g’irt muzga.

Tilim novvot, qaynoqdir,

Ko’nglim yumshoq, qaynoqdir.

Oqqina oqqush-oqqizman,

Qorbobo qorgan qorqizman.

 

QORQIZNING QORMOMOSI — Safar Barnoyev

Qorbobom bilan kelsam,

Quvonasiz chindan.

Qormomong ham bormi, deb

So‘ramaysiz mendan.

Qormomom ham bor mening,

U tog‘larda yuradi.

Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,

Qor yog‘dirib turadi.

 

QORQIZGA OLQISH — Dilshod Rajab

Kim aytar: u parimas?!

Undan chiroy arimas!

Har yil bir yosh o‘ssa ham,

Qorqiz sira qarimas!

Chunki dili pok uning,

Orzulari oq uning.

Nomi qordan bo‘lsa ham,

Mehri ko‘p qaynoq uning.

Xuddi go‘zal oq qayin,

Boqishlari bir mayin.

Yosharib ochilganday

Qorqizimiz yil sayin!

Shunday, qishda ham yashnab,

Sarg‘aymasin, so‘lmasin.

Yoshlik ketmasin tashlab,

Sira kampir bo‘lmasin!

 

QORQIZNING TILAGI — Nozima Habibullayeva.

G‘ururqizman, orqizman,

Eski dardi bor qizman.

Besh yilki yangi yilda

Qorbobosiz qorqizman.

Besh yilki tilagim shu,

Yolg‘on-u g‘avg‘o qilar.

Yangi yil menga qachon

Bobomni sovg‘a qilar?

Ularsizlik osonmi?

Yolg‘onku bayram zavqi.

Qaniydi bolalikka,

Bir zumda qolsam qaytib.

Suratim siyratimdir,

Oqliklar ovoz aylar.

Nigohim kiyiklardir

Ko‘k o‘zra parvoz aylar.

Qorqizman-u zorqizman,

Armonga yetmas kuchim.

Nechta yangi yil kerak

Sovg‘a olishim uchun?

 

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: