O‘quvchilarga baho qo‘yishda nimalarga amal qilish kerak?

O‘quvchilarga baho qo‘yishda nimalarga amal qilish kerak?

⚡️O‘quvchiga baho qo‘yishda nimalar hisobga olinadi? Baho qo‘yishda hisobga olinadigan omillar bilan tanishing.

O‘quvchilar o‘zlashtirishini baholash

O‘quvchining o‘zlashtirish darajasi faqatgina siz mavzuni qanchalik tushuntira olishingizga bog‘liq emas.  Baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali siz o‘quvchilar aynan nimani yaxshi o‘zlashtirayotganini, kimda qanday kuchli va zaif tomonlar borligini aniqlaysiz. Kelgusi faoliyatingizni shunga qarab tashkillashtirasiz. O‘quvchining o‘zi ham siz bergan topshiriqdan keyin nimaga ahamiyat qaratishi kerakligini anglab yetadi. Mana shu jarayonni unumli tashkillashtirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.

Vaqt:
— topshiriq uchun ajratilgan vaqt
— belgilangan vaqt: boshlanish va tugash vaqti

Kutilgan natija:
— masalan, natija toʼliqligi yoki biror yechim namunasini qay darajada ko‘rsata olganligi

Baholash mezonlari:
— Koʼp balli sistema boʼyicha
— Ogʼzaki savol-javob orqali
— Savolga berilgan javoblardan tashqari, oʼquvchi oʼzini qanday tutishi, reaksiyasi va muloqot qobiliyatlarini aniqlash

Muammo: yozma imtihonga nisbatan ogʼzaki imtihon oʼquvchi uchun psixologik jihatdan qiyinroq boʼladi.

Oʼquvchining natijasi oʼqituvchining savol berish tarziga bevosita bogʼliq:
— tushunarlilik
— bir maʼnolilik
— suhbatning ogʼir-bosiq, ishonch bildiruvchi ohangda olib borilishi
— oʼquvchi savollarga javob berishda qiynala boshlasa, osonroq savollar berilishi

Agar og‘zaki imtihon olmoqchi bo‘lsangiz:
Imtihon oluvchining subyektiv yondashuvini ( kayfiyati, yoqtirish yoki yoqtirmasligi …) oldini olish uchun
— Аsosiy savollar va mazmun elementlari yozma ravishda rejalashtirilishi kerak
— Javoblar oldindan asosiy soʼzlar yordamida belgilangan boʼlishi kerak
Ushbu maqolani ham o‘qing: Formativ baholash nima? Formativ baholashda foydali yondashuvlar

Baholash mezonlari, formulalar

Quyidagi baholash mezonlaridan iborat baholash formulalari ishlatilishi kerak:
— Toʼgʼri
— Qisman toʼgʼri
— Yordam berilgandan keyin toʼgʼri
— Xato
— Javob yoʼq
Ushbu maqolani ham o‘qing: Yomon baholardan qoʻrqish: uni qanday tuzatish kerak?

Baholashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

⚠️Diqqat! Baholashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar:
— Xayrixohlik xatosi
— Kontrast xatosi (Kontrast – ikki narsa orasidagi keskin farq. Masalan, bolalar oʼzlashtirishidagi mayda farqlarni sezmaslik, ularga bir xil 4 qoʼyib ketaverish.  Lekin, bola uyga vazifani oʼtgan safargidan yaxshi bajargan boʼlishi mumkin. Bu mayda muvaffaqiyat boʼlsa, oʼqituvchi sezmay oʼtishi mumkin.)
— Oʼrtacha baho berish xatosi
— Oʼz fikrini oʼzgartirmaslik xatosi
— Yoqtirmaslik xatosi
— Bir marta qolgan taassurot xatosi
— Kayfiyat xatosi

Mavzuga doir:
Bir kunda nechta o‘quvchi baholanishi kerak?

O‘quvchilarning maktabda olgan bahosi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

O‘qituvchi o‘quvchi bilan muammoli vaziyatda nima qilishi kerak?

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: