O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun ruxsat so‘rash kerakmi?

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun ruxsat so‘rash kerakmi?

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun kimlardandir ruxsat olish shartmi?

Savol: Sinf rahbariman. Yaqinda o‘quv yili ham yakunlanadi. O‘quvchilarim aylangani boraylik deb qo‘yishmayapti. Keyingi haftaga avtobus gaplashib bolalarni sayohatga olib chiqib ketayotgandim.

Ammo, direktorimiz tanbeh berib, avval bu haqda mas’ullarni ogohlantirishimiz kerak deyapti. Savolim shundan iboratki, o‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun mas’ullardan ruxsat olishimiz shartmi? Axir bu bolalar va ota-onalarning roziligi bilan bo‘lyaptiku.

Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada «O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar» belgilangan.

Ushbu yo‘riqnomaning 40-bandi, 2-xatboshiga ko‘ra bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati jo‘nab ketish sanasini, yo‘nalishni va jo‘nab ketuvchilar sonini ko‘rsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) MMTBga murojaat qilishi lozim.

Bunda ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jo‘nab ketishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, qoidaga ko‘ra, jo‘nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.

Jo‘nab ketish uchun tuman (shahar) MMTBning ruxsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jo‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo‘lini, shuningdek, barcha yo‘lovchilar ro‘yxatini, avtobuslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib, hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan bolalarga hamrohlik qilish uchun maxsus xodimlar ajratilgan holda ekskursiya yoki turistik sayohatlar tashkil etilishi mumkin.

Xullas. bolalarni sayohatga olib borish uchun bir qancha amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Maktab o‘quvchilarini o‘zboshimchalik bilan ekskursiya yoki turistik sayohatlarga olib borish esa javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu masalada o‘ta xushyor bo‘lish talab etiladi.

Mavzuga doir:
O‘quvchilar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat tashkil etilmoqda

Nega sayohat – ta’lim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Qoyil, dunyoning eng boy muzeylariga vertual sayohat endi bepul


Нужно ли получать разрешение от кого-то, чтобы взять студентов в поездку?

Вопрос: Я староста класса. Учебный год скоро закончится. Мои ученики не готовы идти. Я вез детей в поездку на автобусе на следующую неделю.

Однако наш директор сделал нам выговор и сказал, что мы должны сначала предупредить об этом чиновников. Мой вопрос: нужно ли нам получать разрешение от властей, чтобы взять студентов в поездку? Ведь это происходит с согласия детей и родителей.

На информационный канал «Общественное образование» ответили на этот вопрос следующим образом:
В приложении 2 к постановлению Кабинета Министров № 482 от 4 ноября 2003 года указаны «Требования к обеспечению безопасности пассажирских перевозок в автобусах в Республике Узбекистан».

Согласно пункту 40 пункта 2 настоящей инструкции администрации образовательного учреждения организовать экскурсии, туристско-экскурсионные поездки для детей, общеобразовательных школ и учащихся средних специальных учебных заведений с указанием даты выезда, маршрута и количества выезда, необходимо обращаться в районное (городское) ММТБ.

При этом решения о выезде обучающихся учебных заведений в экскурсионные, туристические и иные группы принимаются, как правило, не позднее, чем за 3 дня до даты выезда.

Администрация образовательного учреждения (организатор) может заключить договор с перевозчиком после получения разрешения районного (городского) ММТБ на выезд.

Администрация образовательного учреждения не позднее чем за три рабочих дня до даты отправления после заключения договора с перевозчиком предоставляет дату отправления и маршрут, а также список всех пассажиров, сведения о автобусов и подает бланк заказа в Государственную службу безопасности дорожного движения МВД.

После этого экскурсии или туристические поездки могут быть организованы Государственной службой безопасности дорожного движения МВД с выделением специального персонала для сопровождения детей.

Так. Чтобы взять детей в путешествие, нужно сделать несколько вещей. Самовольное взятие школьников на экскурсии или в туристические поездки может быть основанием для привлечения к ответственности. Поэтому необходимо быть очень осторожным в этом вопросе.

Предмет:
Для студентов организуется поездка в Узбекистан

10 причин, почему путешествия — лучшая форма образования

Вау, виртуальный тур по богатейшим музеям мира стал бесплатным

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: