xususiy maktab va bog‘cha ochish tartibi qanday?

xususiy maktab va bog‘cha ochish tartibi qanday?

▶️ O‘zbekistonda qancha xususiy bog‘cha va maktablar mavjud?

▶️ Xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida ham qabul uchun navbatlar mavjudmi?

▶️ Nodavlat maktab va bog‘chalarda o‘qitish narxi qanchani tashkil etadi?

❗️Xususiy maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotini ochish tartibi, ularda o‘qitish narxlari haqidagi ma’lumotlarni quyida o‘qishingiz mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bugungi kunda yurtimizda xususiy maktab va bog‘chalar ochish tartibi hamda ularda o‘qitish narxlari haqida bir qator savollar kelib tushmoqda. Mazkur savollarga vazirlikning Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi bosh mutaxassisi Sardor Maxsudov batafsil javob berdi:
— Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha xususiy bog‘cha va maktablar faoliyat olib bormoqda?
— Hozirda O‘zbekistonda 2000 dan ortiq nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 330 dan ortiq nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati litsenziyalangan.
— Xususiy bog‘chalar qay tartibda faoliyat boshlaydi?
— Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga litsenziya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son Qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi yagona Nizomda belgilangan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishini o‘rganish orqali  beriladi.
-Xususiy bog‘cha va maktab ochish uchun qancha muddat kerak bo‘ladi?
— Faoliyatni boshlashga tayyor holdagi tashkilot litsenziya uchun elektron ariza yuborganidan so‘ng uning arizasi vakolatli organ tomonidan 15 kun davomida o‘rganib chiqiladi.  Natija ijobiy bo‘lgan holatda, mazkur tashkilot faoliyati litsenziyalanadi. Shu o‘rinda, binoni tayyorlash, qurilish ta’mirlash hamda jihozlash ishlariga ketadigan vaqt har bir ta’lim tashkilotida turlicha bo‘lishini ham inobatga olish lozim.
-Xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qitish narxi taxminan qanchani tashkil etadi?
-Nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qitish narxi mazkur tashkilotlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 31-moddasi talablariga muvofiq, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘qitish ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bog‘chalarning infratuzilmasi, sharoitlari hamda joylashgan joyidan kelib chiqqan holda ularning narxlari ham turlicha. Masalan, hozirgi kunda Toshkent shahrida kamida 1.5 milliondan 10 million so‘mgacha va undan yuqori, xududlarda esa bu summa 500-600 mingdan boshlab 2-2.5 million so‘mgachani tashkil etadi.
— Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarning soni yildan yilga oshib borishiga aynan nima asosiy rol o‘ynamoqda?
— Chindan ham, bugungi kunda nodavlat maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni ko‘payib borayotganini alohida qayd etish lozim. Bunda tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan soliqdan imtiyozlar, turli xil byurokratik to‘siqlarning oldi olinishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni optimizatsiyalanishi hamda litsenziya talablari va shartlarining soddalashtirishi kabi ijobiy o‘zgarishlar sabab bo‘lmoqda.
— Xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida ham qabul uchun navbatlar mavjudmi?
— Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari qabul jarayonini o‘zining mavjud infratuzilmasi, bino quvvatidan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydi.
— Qanday holatlarda nodavlat ta’lim tashkilotlariga berilgan litsenziya bekor qilinishi mumkin?
-Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga berilgan litsenziyani bekor qilishga quyidagilar asos bo‘ladi:
a) litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida murojaat qilganda;
b) yuridik shaxs tugatilganda;
v) Shuningdek, xususiy bog‘cha va maktab faoliyatini o‘rganish jarayonida litsenziya talab va shartlarining buzilishi holatlari aniqlanganda Vazirlik holatlar bo‘yicha Iqtisodiy sudga litsenziyani bekor qilish huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Mavzuga doir:
Xususiy maktablarda bir oylik o‘qish narxlari qancha?

Bolalar bog‘chasini ochish tartibi qanday?

Nodavlat maktablarda qancha o‘qituvchi bor?


▶️ Сколько частных детских садов и школ в Узбекистане?

▶️ Есть ли очереди на прием в частный детский сад?

▶️ Сколько стоит обучение в частных школах и детских садах?

❗️Информацию о порядке открытия частной школы и организации дошкольного образования, и ценах на обучение в них вы можете прочитать ниже.

Сегодня в Министерство дошкольного и школьного образования поступает ряд вопросов о порядке открытия частных школ и детских садов в нашей стране и ценах на обучение в них. Подробно на эти вопросы ответил главный специалист отдела лицензирования организаций образования Министерства Сардор Максудов:
— Сколько сегодня в Узбекистане работает частных детских садов и школ?
— В настоящее время в Узбекистане лицензированы более 2000 негосударственных дошкольных образовательных организаций и более 330 негосударственных организаций общего среднего образования.
— Как начинают работать частные детские сады?
— Лицензия негосударственным дошкольным и общеобразовательным организациям Министерства дошкольного и школьного образования согласно постановлению Кабинета Министров от 21.02.2022 «Об утверждении единого положения о порядке лицензирования отдельных видов деятельности». через специальную электронную систему» ​​80- выдается путем изучения выполнения лицензионных требований и условий, предусмотренных Единым положением о лицензировании отдельных видов деятельности посредством специальной электронной системы, утвержденным Постановлением №
— Сколько времени потребуется, чтобы открыть частный детский сад и школу?
— После того, как организация, готовая начать свою деятельность, направит электронное заявление на получение лицензии, ее заявление будет рассмотрено уполномоченным органом в течение 15 дней. В случае положительного результата деятельность данной организации будет лицензироваться. При этом следует учитывать, что время, необходимое для подготовки здания, строительно-ремонтных и технических работ, в каждой образовательной организации разное.
— Какова примерная стоимость обучения в частных школах и детских садах?
— Цена обучения в негосударственных организациях образования определяется этими организациями самостоятельно.
В соответствии с требованиями статьи 31 Закона «Об образовании» Республики Узбекистан негосударственные образовательные организации обучают обучающегося или его родителей либо иных законных представителей и негосударственная образовательная организация o Осуществляется на на основании заключаемого между ними договора, определяющего сроки, условия и стоимость обучения, права и обязанности сторон, иные условия.
В зависимости от инфраструктуры, условий и расположения детских садов различаются и их цены. Например, в настоящее время в городе Ташкенте она составляет не менее 1,5 млн до 10 млн сумов и выше, а в регионах эта сумма составляет от 500-600 тысяч до 2-2,5 млн сумов.- Что именно играет основную роль в ежегодном увеличении количества негосударственных дошкольных и общеобразовательных организаций?
— Действительно, следует отметить, что количество негосударственных организаций дошкольного и общего среднего образования сегодня увеличивается. Это связано с положительными изменениями, такими как налоговые льготы для субъектов предпринимательства, устранение различных бюрократических препятствий, оптимизация предоставления государственных услуг, упрощение лицензионных требований и условий.
— Есть ли очереди на прием в частную дошкольную образовательную организацию?
— Негосударственные организации дошкольного образования самостоятельно определяют порядок приема, исходя из имеющейся у них инфраструктуры, наращивания потенциала.
— В каких случаях может быть отозвана лицензия, выданная негосударственным образовательным организациям?
— Основаниями для аннулирования лицензии, выданной негосударственным дошкольным и общеобразовательным организациям, являются:
а) при обращении лицензиата с заявлением о прекращении действия лицензии;
б) при прекращении деятельности юридического лица;
в) Также в ходе изучения деятельности частных детских садов и школ при выявлении нарушений лицензионных требований и условий Министерство может в зависимости от обстоятельств обратиться в Хозяйственный суд с заявлением о применении правового Мера аннулирования лицензии.

Предмет:
Какова ежемесячная плата за обучение в частных школах?

Каков порядок открытия детского сада?

Сколько учителей в частных школах?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: