O‘zbekistonda rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan «Zo‘r!» loyihasi start oldi

O‘zbekistonda rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan "Zo‘r!" loyihasi start oldi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi hamda Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida rus tili va umumiy fanlarini rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan «Zo‘r!» (“Klass”) loyihasini boshlamoqda.

11 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi rasmiy delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Toshkentda qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini oshirish dasturi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytiradi, balki O‘zbekiston ta’lim muassasalarida rus tilida yuqori saviyada ta’lim olish uchun qulay sharoit yaratadi.
A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti Dastur operatori bo‘lib, ular yordamida Rossiyaning malakali mutaxassislari (o‘qituvchilar va metodistlar) O‘zbekistonning o‘zbek tilida dars o‘tiladigan maktablarda rus tili o‘qituvchilarining malaka oshirishlariga yordam beradilar.
«Zo‘r!» loyihasining ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis respublikaga mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi. Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni qamrab oladi.
Memorandumni imzolash chog‘ida Rossiyaning San’at, fan va sport jamg‘armasi asoschisi Alisher Usmonov marosim ishtirokchilariga video murojaat yo‘lladi: “Rossiya va O‘zbekiston bir-biri bilan umumiy tarix va madaniy meros bilan chambarchas bog‘liqdir. Men o‘zim rus tilidagi maktabni tugatganman, shuning uchun vatanimda rus tilini o‘qitish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati, Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligining bunday uzoq muddatli va strategik tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganimdan juda mamnunman. Ishonchim komilki, bu nafaqat ta’limni qo‘llab-quvvatlash, balki umumiy an’ana va iste’dodlarimizni qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu tashabbus muvaffaqiyatli bo‘ladi va butun O‘zbekiston aholisi tomonidan yaxshi qabul qilinadi, shuning uchun men unga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman».
Memorandum imzolash marosimidan oldin Rossiya delegatsiyasi Uchtepa tumanidagi 129-maktab faoliyati bilan tanishdi.


Министерство народного образования Республики Узбекистан, Министерство образования Российской Федерации и Благотворительный фонд Алишера Усманова «Искусство, наука и спорт» совместно организовали акцию «Зо.’р!» («Класс») 11 октября в ходе визита официальной делегации Российской Федерации в Республику Узбекистан в Ташкенте подписан меморандум о реализации совместного проекта расширяет гуманитарное сотрудничество между двумя странами, но и создает благоприятные условия для получения высокого уровня образования на русском языке в учебных заведениях Узбекистана.
Операторами программы являются Российский государственный педагогический университет им. А.И. Герсена и Институт повышения квалификации им. Абдуллы Авлони, с помощью которых квалифицированные российские специалисты (педагоги и методисты) готовят учителей русского языка в узбекскоязычных школах Узбекистана, способствуют их повышению.
«Превосходно!» На первом этапе проекта в Узбекистан прибыли 32 российских методиста для мониторинга уровня владения русским языком среди учителей и учащихся местных школ. Российские эксперты оценят качество преподавания русского языка в Узбекистане и разработают рекомендации по преподаванию языка своим коллегам.
В 2021 году запланирован визит в страну 100 российских специалистов. Количество специалистов, направляемых в Узбекистан, ежегодно увеличивается на 100 человек. Все этапы программы охватят около 30 тысяч узбекских учителей.
При подписании меморандума основатель Российского фонда искусств, науки и спорта Алишер Усманов направил участникам церемонии видеообращение: «Россию и Узбекистан тесно связывают общая история и культурное наследие. Я окончил русскоязычную школу, поэтому очень рад, что Правительство Узбекистана и Министерство образования Российской Федерации поддерживают такую ​​долгосрочную и стратегическую инициативу по преподаванию русского языка в моей стране. Убежден, что это не только поддержка образования, но и поддержка наших общих традиций и талантов. Эта инициатива будет успешной и будет хорошо воспринята всем населением Узбекистана, поэтому я желаю ей больших успехов».
Перед церемонией подписания российская делегация ознакомилась с деятельностью школы №129 Учтепинского района.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: