Sherzod Shermatov maktablarda bepul ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish haqida gapirdi

Sherzod Shermatov maktablarda bepul ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish haqida gapirdi
Telegramda o'qish

11-oktabr Toshkentdagi 129-maktabda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko O‘zbekistonda rus tilini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolash yuzasidan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Dmitriy Glushko Rossiya federatsiyasida maktablarda boshlang‘ich sinflarda bepul ovqatlanish tashkil etish amaliyotini qo‘llayotganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, Sherzod Shermatovga ushbu yangi tizimni o‘rganishni tavsiya etdi.

Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Sherzod Shermatov MDH davlatlari ichida O‘zbekiston eng katta demografik o‘sish ko‘rsatkichiga ega va aholisining yirik qismi yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakat sifatida boshlang‘ich sinflarda bepul ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish mushkul ekanligini bildirdi. Hamda, xalq ta’limi vaziri covid-19 pandemiyasi davrida mamlakat iqtisodiyoti uchun ham bu qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: