O‘zbekistondagi bog‘chalarda rus tili «ikkinchi ona tili» sifatida o‘rgatilishi rostmi?

O‘zbekistondagi bog‘chalarda rus tili "ikkinchi ona tili" sifatida o‘rgatilishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rus tilining «ikkinchi ona tili» sifatida o‘rganilishiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu xabarlar noto‘g‘ri talqinda ekanligi va haqiqatdan yiroqligini bildirdi.

«Aslida:
— MTTlardagi ta’lim-tarbiya jarayonida ikkinchi til o‘rganilishi ko‘zda tutilgan (til biluvchi o‘qituvchining borligi inobatga olingan holda). Ushbu ikkinchi til istalgan til, xususan, rus tili ham bo‘lishi mumkin;
— ota-onalar istagi bilan bolalar ta’lim rus tilida olib boriluvchi va rus tilida so‘zlashuvchi guruhlarga o‘tkazilishi mumkin;
— ta’lim o‘zbek tilida olib boriluvchi guruhlarda, shuningdek, yengil, bazaviy ko‘rinishda rus tilini o‘rganish, rus tilida so‘zlashuvchi guruhlarda esa davlat tilini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Til biluvchi o‘qituvchilar esa ingliz, nemis, koreys va boshqa tillarni ham o‘rgatishi mumkin.
Ayni damda MTTlarda ikkinchi tilni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yishda hal qilinishi muhim bo‘lib turgan masalalardan biri — bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatuvchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Aynan shu bois, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan kadrlar tayyorlash yo‘nalishida tinimsiz ish olib borilmoqda. Shu jumladan, ta’limni rus va ingliz tillarida olib bora oladigan mutaxassislar Toshkentdagi Puchon universitetining filiali hamda ochilishi 2021 yilda kutilayotgan Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining filialida tayyorlanishi ko‘zda tutilgan;
— O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasiga «ikkinchi ona tili» degan iboraning kiritilishi va uning qo‘llanilishi rejalashtirilmagan», deyiladi xabarda.
!Ma’lumotlar rus tilida:
В социальных сетях появились сообщения о том, что русский язык преподается как «второй родной язык» в дошкольных учреждениях Узбекистана.
В Министерстве дошкольного образования заявили, что эти сообщения были неверно истолкованы и далеки от истины.

«Фактически:
— Дополнительное изучение языка предусмотрено в учебном процессе в МТЦ (с учетом наличия преподавателя языка). Этим вторым языком может быть любой язык, особенно русский;
— По желанию родителей дети могут быть переведены в русскоязычные и русскоязычные группы;
— в группах с узбекским языком обучения, а также в облегченной, базовой форме изучения русского языка и в русскоязычных группах изучения государственного языка. Преподаватели иностранных языков также могут преподавать английский, немецкий, корейский и другие языки.
На данный момент одним из важнейших вопросов, который необходимо решить при организации обучения второму языку в МТЦ, является подготовка специалистов, обучающих детей второму языку. Именно поэтому Министерство дошкольного образования постоянно работает над обучением. В частности, планируется подготовка специалистов, способных преподавать на русском и английском языках, в филиале Пучонского университета в Ташкенте и филиале Российского педагогического университета им. Герсена, открытие которых ожидается в 2021 году;
«Введение термина «второй родной язык» в сфере дошкольного образования в Узбекистане не планируется», — говорится в сообщении.
[/spoiler]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: