O‘zbek tili dars soatlari rus tilida o‘qitiladigan maktablarda 35 foizga ortgan

O‘zbek tili dars soatlari rus tilida o‘qitiladigan maktablarda 35 foizga ortgan

Yurtimizda o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktab o‘quvchilari rus tilini o‘rganishida qanchalik muammo bo‘lsa, rus tilida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun esa o‘zbek tilini o‘rganish shuncha muammo edi.

Shu sababli taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirni asosan rus tilida ta’lim beriladigan 110 maktabda va rus tilini o‘rgatishni yaxshilash bo‘yicha loyihani rasman boshlash marosimini esa Uchtepa tumanidagi 129 maktabda, ya’ni faqat o‘zbek tilida ta’lim beriladigan oddiy maktabda tashkil etdik.

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Maqsadimiz har bir maktab bitiruvchisi o‘zbek tilini bilib chiqishidir. Shuning uchun o‘tgan o‘quv yilidan rus tilida o‘qitiladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish soatlarini 35 foizga (haftalik 20 soatdan 27 soatga) oshirgan edik. Endigi asosiy vazifa boshqa tilda dars beriladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikalarini yaxshilash hamda aynan shu yo‘nalishda o‘qituvchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirishdan iborat.

Maktabdagi ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni darrov siyosiylashtirish shartmas. Har bir O‘zbekiston fuqarosi qaysi maktabni bitirishidan qat’iy nazar o‘zbek tilini o‘rganishiga sharoit bo‘lishi kerak. Shu bilan birga rus tili hamda ingliz yoki boshqa chet tilini o‘rganishi zarur bo‘ladi. O‘zbekistonda yashaydigan aksariyat rus va boshqa millat vakillari o‘zlari yaxshi bilmasada o‘z farzandlarini o‘zbek tilini o‘rganishini xohlaydi. Chunki ertaga u shu yurtda yashagani uchun ularga o‘zbek tili hayotida muvaffaqiyatga erishishi uchun muhimligini tushunishadi.

PS. 129 maktabga bir yil avval chet ellik mehmonlar tugul xattoki o‘zimizning mahalliy jurnalistlarni ham taklif etishga odam uyalar edi. Poytaxt bo‘lsada, chekkaroq hudud bo‘lganiga maktablarning ahvoli juda achinarli edi. Prezidentimizning Uchtepa tumaniga tashriflaridan so‘ng tumandagi maktablarning deyarli har 3 tadan 1 tasi, asosan o‘zbek tilida dars beriladigan maktablar, chiroyli ta’mirdan chiqdi. Endi ulardagi ta’lim sifatini oshirishimiz, jumladan rus va ingliz tilini o‘qitishni yaxshilashimiz zarur, — deyiladi vazir xabarida.


В нашей стране узбекоязычным студентам было так же сложно выучить русский язык, как и русскоязычным.

Таким образом, презентация прошла в 110 школах, преимущественно на русском языке, а официальный запуск проекта по улучшению преподавания русского языка состоялся в 129 школах Учтепинского района, т.е. в обычных школах только с узбекским языком обучения. .

Об этом сообщил министр народного образования Шерзод Шерматов.

Наша цель – чтобы каждый выпускник школы знал узбекский язык. Поэтому с прошлого учебного года мы увеличили количество часов преподавания узбекского языка в русскоязычных школах на 35% (с 20 до 27 часов в неделю). Основной задачей сейчас является совершенствование методики преподавания узбекского языка в школах с другими языками обучения, а также подготовка и повышение квалификации учителей в этой области.

Изменения в школьной системе не обязательно сразу политизировать. Каждый гражданин Узбекистана, независимо от того, какое учебное заведение он окончил, должен иметь возможность изучать узбекский язык. Однако им нужно будет выучить русский язык, а также английский или другой иностранный язык. Многие русские и нерусские в Узбекистане хотят, чтобы их дети выучили узбекский язык, даже если они плохо его знают. Потому что завтра, потому что они живут в этой стране, они понимают, что узбекский язык важен для них, чтобы добиться успеха в жизни.

PS. Год назад иностранные гости в 129 школах стеснялись пригласить даже местных журналистов. Несмотря на столицу, состояние школ было плачевным из-за отдаленности местности. После визита Президента в Учтепинский район была отремонтирована почти каждая третья школа района, в основном с узбекским языком обучения. Теперь нужно улучшить качество обучения в них, в том числе преподавания русского и английского языков, — сказал министр.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: