O‘quvchilar uchun xavfsiz qurilma (gadjet)

O‘quvchilar uchun xavfsiz qurilma (gadjet)
Telegramda o'qish

O‘zbekistonda umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun xavfsiz qurilma (gadjet) joriy etilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Hozirgi kunda internet, mobil telefon, kompyuter va boshqa gadjetlarsiz yashashni tasavvur qilish judayam qiyin. Xalq ta’limi vazirligi hamda Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun, ularning to‘g‘ri va foydali resurslardan foydalanib bilim olishlari, zamonaviy bilimlarni egallashlari, o‘quvchilarning ota-onalari uchun o‘z farzandining o‘quv darslarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida ko‘rish, maktabga borish va qaytib uyga borishini (tracking) nazorat qilish kabi ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan loyiha amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Loyihani tatbiq etishdan asosiy maqsad quyidagilar:

    — Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun xavfsiz qurilma joriy etish;

    — o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalana olish ko‘nikmalarni shakllantirish;

    — o‘quvchilar uchun kerakli bo‘lgan o‘quv resurslarini mobil va planshet qurilmalariga o‘rnatish;

    — ota-ona o‘z farzandini masofadan turib nazorat qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

Hozirgi kunda loyiha doirasida Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan operatsion tizim hamda Maktab marketi (School Store) ishlab chiqildi. Loyihaning keyingi bosqichi ushbu operatsion tizimni aprobatsiya, ya’ni sinovdan o‘tkazib, milliy va xorijiy texnika va qurilmalarni ishlab chiquvchi qorxonalar bilan memorandum imzolab, kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan qurilmalarga Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan operatsion tizimni o‘rnatib, o‘qituvchi va o‘quvchilarga uzoq muddatli kredit asosida ushbu qurilmalarni xarid qilish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Ma’ruf Kanogatov, Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi mas’ul xodimi

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: