o‘quvchilar uchun maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaatnoma

o‘quvchilar uchun maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaatnoma

So‘nggi kunlarda turli hil ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in munozaralarga sabab bo‘layotgan davlat umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yilida kiyishi lozim bo‘lgan maktab formasi hususida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugungi kunda respublikamizdagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning maktab formasi va uni kiyib yurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi “Vazirlar Mahkamasining davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga binoan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarini majburiy qilib belgilash 2024/2025-o‘quv yilidan deb belgilandi.
Garchan, yagona maktab formasining majburiyligi kechiktirilgan bo‘lsada, Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab amalda saqlanib qolmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib vazirlik yangi o‘quv yilida davlat umumta’lim maktablarida maktab formasi sifatida quyidagi kiyim-kechaklarni tavsiya qiladi:

1) o‘g‘il va qiz bollar uchun – tepasi oq (klassik ko‘ylak), pasti qora (klassik shim va yubka) bo‘lgan kiyim;

2) maktab tomonidan avvalgi yillarda joriy etilgan va bugungi kunga qadar kiyishga yaroqlilikni saqlab qolgan forma;

3) Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan o‘quvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formalari.

Farzandingizni vazirlik tomonidan tavsiya etilgan variantlardan tashqari boshqa kiyim-kechaklarda hamda turli bosh kiyimlarda (ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno) maktab hududida yurishi ta’lim muassasasining ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining buzilishiga olib keladi. Mazkur holat ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan.
Maktab direktorlari tomonidan maktab formasini markazlashgan holda oldi-sotdi ishlarini tashkil qilinishi qat’iyan taqiqlanganligini sizga yana bir bor eslatib qo‘ymoqchimiz.
Yangi o‘quv yilida farzandingiz bilan birgalikda bilim olish yo‘lida katta marralarga ershishingizda sizga zafarlar tilaymiz.


Министерство народного образования Республики Узбекистан сообщает люм.

Сегодня Кабинет Министров Республики Узбекистан издал постановление от 15 августа 2018 года «О мерах по обеспечению учащихся государственных общеобразовательных школ современной школьной формой».
Внесение изменений в Постановление Кабинета Министров от 18 июня 2019 г. № 666 от 15 августа 2018 г. «О мерах по обеспечению учащихся государственных общеобразовательных школ современной форменной одеждой» Обязательное введение современной форменной одежды для учащихся государственных общеобразовательных школ с 2024 г./ 2025 учебный год.
Хотя обязательное введение форменной одежды затянулось, Положение о порядке введения современной форменной одежды для учащихся общеобразовательных общеобразовательных школ, утвержденное Постановлением Кабинета Министров № 666 от 2018/2019-о, действует на практике с учебный год.
Исходя из вышеизложенного, министерство рекомендует следующую форму одежды для государственных школ в новом учебном году:

1) для мальчиков и девочек — одежда с белым верхом (классическая рубашка), черным низом (классические брюки и юбка);

2) форма, введенная школой в предыдущие годы и сохранившая пригодность для ношения до настоящего времени;

3) Современная форменная одежда для студентов, утвержденная Постановлением Кабинета Министров №666.

Выгул ребенка на территории школы в другой одежде и в разных головных уборах (кроме процесса различных мероприятий, проводимых в образовательном учреждении) помимо вариантов, рекомендованных Министерством, нарушает правила внутреннего распорядка образовательного учреждения. Это направлено на обеспечение социального равенства среди обучающихся в образовательных учреждениях.
Хотим еще раз напомнить, что директорам школ категорически запрещается организовывать продажу школьной формы в централизованном порядке.
Мы желаем вам успехов в новом учебном году, поскольку вы и ваш ребенок достигаете больших успехов в образовании.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    ;-)

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: