O‘qituvchilar maktabga qanday kiyimda kelishlari kerak?

O‘qituvchilar maktabga qanday kiyimda kelishlari kerak

Yangi o‘quv yili ham yaqinlashmoqda. Shu sababli juda ko‘p o‘qituvchilar, asosan yosh pedagoglar «o‘qituvchilar uchun ham majburiy forma joriy qilinganmi? Ya’ni, o‘qituvchilar maktabga qanday kiymda kelishlari kerak?» degan savol bilan murojaat qilmoqdalar.

Umuman olganda o‘qituvchilarga ham maktabda o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida aniq belgilab berilgan normalar bor. Ya’ni, ular ham maktabga ma’naviy-axloqiy tarbiyaga to‘g‘ri kelmaydigan, o‘ta ochiq ko‘rinishdagi kiymlarda kelmasliklari kerak. Hatto o‘qituvchilarning kiygan kiymlari o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda ham bo‘lmasligi kerak.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28 maydagi 131-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”da aniq normativlar belgilab qo‘yilgan.

🔰Pedagog va texnik xodimlar ish vaqtida kiyinish uslubiga ko‘ra quyidagi normativlarga amal qilishlari kerak:

✅pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida korporativ kiyinish uslubiga ko‘ra, erkin harakatlanish uchun qulay va kasbga mos holda kiyinishlari;
✅kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
✅kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi;
✅xodimlarning turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi;
✅umume’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport kiyimlarida bo‘lmasligi (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno)

👨🏼⚖️Erkaklar mavsumga qarab — klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;

👩🏻⚖️Ayollar mavsumga qarab — klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani shaffof ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi lozim.

❗️Shuningdek, xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

✅tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi;
✅erkaklaming soqoli olingan bo‘lishi;
✅quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi;
✅ayollar yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi, ko‘rinishi oddiy bo‘lgan sirg‘a taqishi lozim.

❕Maktab ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.


Приближается новый учебный год. Вот почему многие учителя, особенно молодые, задаются вопросом: «Введена ли обязательная форма и для учителей? Так в какой одежде должны быть учителя в школе?» они спрашивают.

В целом существуют четкие рекомендации для учителей, как вести себя в школе. То есть они не должны приходить в школу в очень откровенной одежде, не соответствующей нравственному воспитанию. Даже одежда, которую носят учителя, не должна быть слишком узкой или слишком широкой.

Об этом четко сказано в «Правилах и положениях внутреннего распорядка общего среднего образования», утвержденных приказом Минобразования № 131 от 28 мая 2020 года.

🔰Преподаватели и техники должны придерживаться следующих норм дресс-кода во время работы:

✅Педагоги и технические специалисты должны одеваться соответствующим образом и профессионально в соответствии с корпоративным дресс-кодом в рабочее время;
✅одежда не должна быть слишком тесной или слишком широкой;
✅одежда должна быть чистой и выглаженной;
✅не носить одежду, отражающую принадлежность сотрудников к разным религиям и конфессиям и разным субкультурам;
✅Не противоречит общепринятым народно-традиционным формам и духовно-нравственному воспитанию или не находится в спортивной форме (учителям начальных классов разрешается ходить в специальной или спортивной одежде на уроке перед физкультурой и призывом, а также различными спортивно-зрелищные мероприятия, проводимые на территории образовательного учреждения)

👨🏼⚖️Мужчинам в зависимости от сезона — классические брюки, костюмные брюки (желательно черные, темно-синие), рубашка (белая, синяя и т.д.), колье, туфли (рекомендуется черные бо));

👩🏻⚖️Женщины в зависимости от сезона — юбка классического фасона, костюм-юбка (желательно черный, темно-синий), брюки классического фасона (желательно черный, темно-синий) в зависимости от температуры, тело прозрачное следует носить неотражающую блузу (белая, синяя и т.д.), рубашка, туфли (рекомендуется черные).

❗️К внешнему виду сотрудников также предъявляются следующие требования:

✅Никаких татуировок и пирсинга на открытых частях тела, волосы подстрижены и не окрашены в яркие (необычные) цвета;
✅Мужчины носят бороду;
✅Не носить украшения и металлические предметы на любой части тела, кроме ушей и пальцев;
✅Женщины не должны наносить макияж на лицо, не должны отращивать длинные ногти и носить серьги, которые выглядят просто.

❕Уставом школы могут быть изменены цвет и дополнительные элементы форменной одежды руководства образовательного учреждения и педагогического коллектива в соответствии с требованиями настоящего положения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 7
  1. Marifjonov Bekzod

    :evil: ta’lim sifatiga nima aloqasi bor kiyimni

  2. Аноним

    :x

  3. Guli Kurbanovna

    Havo haroratiga qarab deyilganda kostyum shimni klassik uslubda bo‘lishiga qaramay faqatgina sovuq havolarda kiyish mumkinmi?

  4. Nihola

    Finlandia talimida formani aloqasi yoq, ammo talim sifati yuqori, bizda Esa formani Doim nazorat da ushlaymiz, ammo sifat ulik

  5. Аноним

    :evil:

    1. Husen

      Maktabga òqituvchi ròmol òrab kelishi mumkinmi?

  6. Аноним

    Misol uchun men ishga kirganimga 2 oy boldi lekin umuman maktabda ishlagim kelmayapti nimaga ? Doim forma davomat haqida gapiradi hamma ta’lim haqida o’qitish haqida ta’limdagi muammo lar haqida Hech Kim gapirmidi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: