​DARSLARNI QANDAY SAMARALI OʻTKAZISH KERAK?

​DARSLARNI QANDAY SAMARALI OʻTKAZISH KERAK?

Xalq ta’limi qoshidagi Respublika ta’lim markazi darslarni samarali tashkil etish uchun o’z tavsiyalarini e’lon qildi.

Maktabda shunday fikr bor: agar oʻquvchilar jim oʻtirib, darsni tinglasa, demak hamma narsa joyida. Ammo dars samaradorligi sukunat bilan emas, balki taʼlim natijalarini oʻzlashtirish bilan belgilanadi. Agar dars oxiriga qadar hech kim hech narsani eslab qolmagan boʻlsa, sinfda toʻliq sukunatdan qanday foyda bor? Intizom shunchaki jim oʻtirish emas. Hatto armiyadagi tartib-intizom jimgina boʻysunish bilan bogʻliq. Avvalo, intizom boshqariladigan boʻlishi kerak. Sinfdagi shovqin-suron har doim ham yomon holat emas. Bundan tashqari, hatto sinf boʻylab yugurish ham foydali boʻlishi mumkin.

1. Svetofor qoidasini oʻrnating

Bu qoida sinfdagi tartib-intizom uchun ajoyib gʻoya. Qizil chiroq faqat oʻqituvchi gapirayotgani yoki individual topshiriq bajarilayotganini anglatadi. Sariq rang muloqot va navbat bilan javob berishni bildiradi. (oʻqituvchi ham oʻquvchini toʻxtatishga haqli emas!), yashil chiroq — juftlik yoki ishchi guruh uchun haqiqiy muloqot erkinligidan xabar beradi. Agar bu qoidani oʻqituvchining oʻzi unutib qoʻymasa, 5-6 darsdan soʻng oʻquvchilar uning savollariga bir necha karra tezroq javob berishadi.

2. Yozma rozilik oling

Bolalar bilan qanday ishlash yana-da qulayroq boʻlishi haqida kelishib oling. Qoidalar roʻyxatini tuzing, ularga imzo qoʻydiring va sinfga kiraverishda osib qoʻying. Yodingizda tuting, siz ham qoidalarni buzolmaysiz. Qichqirmaslik yoki haqorat qilmaslikka kelishdingizmi, demak marhamat qilib, bunga boʻysuning. Qoidalarda qoidabuzarlik uchun jazolarni ham yozib qoʻying.

Shu qoidaga amal qilgan bir oʻqituvchi yaxshi tayyorlanmagani uchun oʻsha kuni darsini oʻtmagan. Oʻquvchilari darhol uni oʻrtaga olishgan, chunki hamma uy vazifalarini bajarishgan edida. Keyin esa 40 daqiqani zavq bilan oʻtkazishgan.

3. Turli formatlardan foydalaning

Uy vazifasi matnni yodlashga aylantirilmasligi kerak. Uyga vazifa berayotganda oʻquvchilar savollaringizga roliklar, Internet, matn va rasmlardan javob izlashlariga imkon bering. Dars shakllarini navbati bilan almashtirishga harakat qiling: bahs, davra suhbati, munozaralar, moʻjizalar maydoni, konspekt, aralash taʼlim — Internetda bular haqda koʻplab maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Nazorat ishi oʻrniga vazifalar va javoblar yozilgan kartochkalarni tayyorlang. Bajarganlik uchun ball yoziladi. Javoblardan foydalanganlik uchun bal olib tashlanadi. “Besh” uchun maʼlum miqdordagi ball toʻplash kerak boʻladi.


Республиканский центр образования при Министерстве народного образования опубликовал свои рекомендации по эффективной организации уроков.

Идея в школе такова, что если ученики тихо сидят и слушают урок, то все на месте. Однако эффективность урока определяется не молчанием, а усвоением результатов обучения. Что толку в полной тишине в классе, если к концу урока никто ничего не помнит? Дисциплина — это не просто сидеть тихо. Даже дисциплина в армии связана со тихим послушанием. Прежде всего, дисциплина должна быть управляемой. Шум в классе не всегда является плохой ситуацией. Кроме того, даже бег по классу может быть полезен.

1. Установите правило светофора

Это правило — отличная идея для дисциплины в классе. Красный свет указывает на то, что говорит только учитель или выполняется индивидуальное задание. Желтый указывает на связь и ответ по очереди. (Преподаватель также не имеет права останавливать ученика!) Зеленый свет указывает на истинную свободу общения для пары или рабочей группы. Если учитель не забудет это правило, через 5-6 уроков ученики будут отвечать на его вопросы в несколько раз быстрее.

2. Получите письменное согласие

Договоритесь о том, как легче работать с детьми. Составьте список правил, подпишите их и повесьте у входа в класс. Помните, вы также не нарушаете правила. Если вы согласились не кричать и не оскорблять, пожалуйста, подчинитесь. Также пропишите штрафы за нарушение правил.

Один учитель, который следовал этому правилу, не пришел в тот день на урок, потому что не был хорошо подготовлен. Ее ученики сразу же подобрали ее, потому что все делали домашнее задание. Потом с удовольствием провели 40 минут.

3. Используйте разные форматы

Домашнее задание не должно превращаться в заучивание текста. Давая домашнее задание, позвольте учащимся искать ответы на свои вопросы в видео, Интернете, тексте и картинках. Попробуйте изменить форму урока по порядку: дискуссия, круглый стол, дискуссия, поле чудес, конспект, смешанное обучение – о них можно найти много информации в Интернете.

Вместо теста подготовьте карточки с заданиями и ответами. За завершение начисляются баллы. Баллы будут вычтены за использование ответов. Вам нужно будет заработать определенное количество очков за «Пятерку».

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :!: :?: :grin: :o :o :mrgreen: :lol: :x :twisted: ;-)

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: