TALIS tadqiqotlarini oʻtkazish maktab oʻqituvchilari va direktorlariga qanday foyda beradi?

TALIS tadqiqotlarini oʻtkazish maktab oʻqituvchilari va direktorlariga qanday foyda beradi

Yaqinda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashkiloti vakillari oʻrtasida Oʻzbekistonning 2024-yilgi Taʼlim berish va oʻqitish sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (TALIS)da qatnashishi masalalariga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, inspeksiyaning tegishli boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek uning huzuridagi Milliy markaz jamoasi, hamda OECD tashkilotining TALIS boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Karin Trembley, TALIS analitigi, xalqaro hamkorliklar boshqaruvchisi Sofi Vayssett va Pablo Freyzerlar ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, TALIS (Teaching and Learning International Survey) oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot boʻlib, har 6 yilda oʻtkaziladi. Soʻnggi marta 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda iyun oyida eʼlon qilingan edi.
Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.
Muhokamalar avvalida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev xorijiy hamkorlarga Oʻzbekiston taʼlim tizimi va pedagog kadrlar faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
— Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kunlardan boshlab, tizimda sifat koʻrsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilib kelmoqda, — dedi u. — Shu nuqtai-nazardan sohadagi muammo va yutuqlarimizni va shaffof tarzda aniqlab olish biz uchun juda muhim.
Umuman olganda, TALIS tadqiqotlarini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Shunday ekan biz uchun bu tizim begona emas. Xususan, soʻnggi yillarda umumtaʼlim maktablari milliy reytingini aniqlashda ham mazkur tizimga moslashtirilgan soʻrovnomalardan muntazam tarzda foydalanib kelyapmiz. Bu orqali qator yutuq va kamchiliklarimizni mamlakat miqyosida aniqlab kelmoqdamiz.
Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishimizga va kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga xizmat qiladi.
«TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Tadqiqotning maqsadi taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi muammolarni tizimli tahlil qilib, natijalarni individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi.
Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab oʻqituvchi va direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy taʼlim tizimiga ham taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini ham baholash modullari tanlov asosida kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga xosliklarda biridir, lekin bu ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq» — deyiladi OECD vakilining taqdimotida.
Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018-yildagi qarorida belgilangan boʻlib, ushbu tadqiqotda qatnashish boʻyicha Taʼlim inspeksiyasi va OECD oʻrtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar natijasida, tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan edi. Tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha moliyaviy masalalar esa inspeksiya va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihada koʻzda tutilgan.
Inspeksiya va OECD oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda ishtirok etish yoʻnalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning mantiqiy davomi boʻlib, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, muhokamalar yakuniga koʻra, koʻtarilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik muntazam davom ettiriladi.
Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 foizga oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish kiritgan bunda asosiy eʼtibor oʻqituvchilar faoliyat samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3-marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan.


Инспекция по образованию и Организация экономического сотрудничества и развития (ОЭСР) недавно провели онлайн-встречу, посвященную участию Узбекистана в Международном обзоре качества образования и обучения 2024 года (TALIS).

В нем приняли участие Улугбек Ташкенбаев, начальник Инспекции образования, руководители профильных управлений и отделов Инспекции, а также команда Национального центра, Карин Трембли, заместитель руководителя ОЭСР TALIS, Софи Вайссет, аналитик TALIS и менеджер по международному сотрудничеству. и Пабло Фрейзер.
Следует отметить, что TALIS (Teaching and Learning International Survey) – крупнейшее международное исследование эффективности учителей, условий труда и школьной среды, проводимое каждые 6 лет. В последнем международном оценочном опросе TALIS, проведенном в 2018 году, приняли участие 48 стран, результаты которого были объявлены в июне 2020 года.
Его цель — предоставить достоверную, актуальную и сравнительную информацию, которая позволит странам-участницам рассмотреть и определить новые приоритеты в разработке политики в области образования, направленной на создание условий для эффективного преподавания и обучения. Исследования позволяют школьным учителям и директорам выражать свои взгляды не только на национальном, но и на международном уровне.
В начале обсуждений начальник Инспекции образования Улугбек Ташкенбаев проинформировал зарубежных партнеров о работе, проводимой в системе образования Узбекистана, и деятельности педагогов.
«С момента создания Государственной инспекции по контролю качества образования она пытается вывести качество системы на новый уровень», — сказал он. — С этой точки зрения для нас очень важно прозрачно обозначить наши проблемы и достижения в сфере.
В целом мы уже несколько лет сотрудничаем по проведению исследований TALIS в нашей стране. Так что эта система нам не чужда. В частности, в последние годы мы регулярно используем анкеты, адаптированные к этой системе, для определения национального рейтинга общеобразовательных школ. Благодаря этому мы определяем ряд наших сильных и слабых сторон по всей стране.
Проведение этого исследования на международном уровне поможет нам объективно оценить систему образования в нашей стране, сравнить наши проблемы и недостатки с другими странами и более четко определить наши планы на будущее.
«Опрос TALIS оценивает среду управления образовательным учреждением посредством опроса учителей и директоров школ. В нем участвуют в среднем 200 случайно выбранных учебных заведений, 4000 учителей и 200 директоров школ.Чтобы обеспечить интеграцию результатов международных исследований и расширить масштабы полученного анализа, есть возможности для проведения PISA совместно со школами, в которых проводятся исследования. Целью исследования является системный анализ ситуации в образовательных учреждениях и проблем в работе педагогов, а также проведение сравнительного анализа результатов на национальном и международном уровнях не по отдельности, а на репрезентативной основе.
Исследование 2024 года также дает возможность ОЭСР охватить не только школьных учителей и директоров, но и дошкольное и высшее образование. Кроме того, включение модулей оценки педагогического потенциала учителей на конкурсной основе является одной из особенностей новой периодичности исследования, но это зависит от выбора стран-участниц», — сказал представитель ОЭСР.
Следует отметить, что участие общеобразовательных школ Республики Узбекистан в этом престижном международном исследовании TALIS было определено в постановлении правительства в 2018 году, и в результате нескольких встреч между Инспекцией образования и ОЭСР была достигнута первоначальная договоренность . Финансовые вопросы участия в исследовании решаются в рамках совместного проекта Инспекции и Всемирного банка.
Очередная встреча Инспекции и ОЭСР стала логическим продолжением обсуждения направлений и моделей участия в исследовании, и между сторонами была достигнута договоренность о разработке проекта соглашения.
По итогам обсуждений стороны продолжат совместную работу по поднятым вопросам.
К сведению, по итогам TALIS-2013 в Шанхае зарплаты учителей увеличились на 10%. В Австралии введены новые программы последипломной подготовки учителей и обновлены профессиональные стандарты. В Италии в рамках проекта «Хорошая школа» было выделено дополнительное финансирование на подготовку учителей и внесены изменения в систему оплаты труда учителей с упором на результаты работы учителей. В Великобритании в школах введены однодневные (три раза в год) «короткие проверки», которые педагоги в недавнем исследовании оценили на «хорошо».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: