Maktabga yangi xodimni ishga olishda tanlov jarayoni qanday bo‘ladi?

Maktabga yangi xodimni ishga olishda tanlov jarayoni qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston maktablariga yangi xodimni ishga olishda tanlov jarayoni qanday bo‘ladi? Keling, yaxshisi buni boshqa mamlakat tajribasi bilan solishtirib ko‘ramiz…

Ishonasizmi, O‘zbekistonda maktabga o‘qtuvchi tanlab olish tizimi mavjud emas. Ta’lim sifati bo‘yicha yaxshiroq natijalarni qayd etayotgan mamlakatlar allaqachon bu tizimni yo‘lga qo‘yib bo‘lishgan.

Bizda esa haliyam byurokratiya va mahalliychilikka asoslangan tartibda ish olib boriladi. Oliygohni yangi bitirgan talaba hududiy banlik bo‘limiga boradi yoki tanishiga aytadi, shundan so‘ng maktab direktoriga telefon bo‘ladi, tamom.

Agar o‘sha talaba ishga olinmasa, direktorning o‘zi ishdan ketib qolishi, eng kamida qandaydir jazoga tortilishi mumkin. Yoki aksincha, talaba direktorning o‘zi bilan «kelishib» qo‘yaqoladi. Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan nizomga amal qilish tugul uni shu paytgacha hech kim o‘qib ham ko‘rmagan.

O‘qituvchini ishga qabul qilishda yo‘l qo‘yilgan birgina xato — 40 yillik ta’lim sifatiga ta’sir qo‘rsatishini hisobga olsak, bizning kelajakdagi holatimizni endi tasavvur qilib ko‘yaavering.

Masalan, Janubiy Koreyada o‘qituvchilar oylik maoshi juda ham yuqori. Sababi u yerda o‘qituvchi bo‘lib maktabda ishlashning o‘zi oson ish emas. Pedagogika oliygohini tugatgan bilan darhol maktabda ishlashning imkoni yo‘q.

Pedagog diplomiga ega bo‘lgan fuqaro maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlashi uchun avval 3 ta bosqichli imtihondan o‘tishi kerak bo‘ladi. Ya’ni, yozma, amaliy va suhbat jarayoni. Shu imtihondan o‘tib sertifikat olganlargina o‘qituvchi bo‘la oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu sinov imtihoni juda qiyin kechgani uchun pedagogika oliygohini tugatganlarning atigi 10 foizigina maktabga o‘qituvchi bo‘lib ishga kiroladi xolos.

Hamma bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar yana 2 toifaga ajratiladi. Bunda birinchi toifali o‘qituvchi dars berish huquqiga ega bo‘ladi, ikkinchi toifali o‘qituvchi esa yordamchi o‘qituvchi vazifasini bajaradi. Ya’ni, ikkinchi toifadagi o‘qituvchi maktabda ishlasada lekin dars berolmaydi, u faqat assisentlik qiladi.

Yana bir qiziq tarafi shundaki, sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni 62 yoshga to‘lguniga qadar hech kim ishdan bo‘shatolmaydi.

P.S: Ushbu ma’lumotlarni tayyorlashda yaqindan yordam bergan, 2022 yilda Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytgan o‘qituvchi — Xudoyberdiyeva Muxayyoxonga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Maktab direktori xodimlarni testdan o‘tkazib ishga olsa bo‘ladimi?

Yangi ishga kirgan o‘qituvchi qaysi toifa hisoblanadi?

Yangi ishga kiruvchilar uchun ayrim hujjatlar namunasi


Как проходит отбор при приеме на работу нового сотрудника в школы Узбекистана? Давайте лучше сравним с опытом другой страны…

Хотите верьте, хотите нет, но в Узбекистане нет системы отбора учителей. Страны с более высоким качеством образования уже внедрили эту систему.

В нашей стране до сих пор ведется работа на основе бюрократизма и местничества. Студент, только что закончивший вуз, идет в райотдел запрета или рассказывает знакомому, после этого звонок директору школы, и все.

Если этого студента не возьмут, самого директора могут уволить или, по крайней мере, наложить какое-то наказание. Или, наоборот, студент в итоге «договаривается» с самим директором. Положение, разработанное министерством, до сих пор никто даже не читал.

Представьте наше будущее, когда одна ошибка при найме учителя может повлиять на качество образования на 40 лет.

Например, зарплаты учителей в Южной Корее очень высоки. Причина в том, что работать в школе учителем там непросто. Невозможно работать в школе сразу после окончания педагогического университета.

Чтобы работать учителем в школе, гражданин с дипломом учителя должен сначала сдать экзамен 3-го уровня. То есть письменный, практический и процесс собеседования. Учителями могут стать только те, кто сдал этот экзамен и получил сертификат.

По имеющимся данным, только 10% выпускников педагогического университета устраиваются на работу школьным учителем, потому что это испытание очень сложное.

Учителя, успешно прошедшие все этапы, далее делятся на 2 категории. При этом учитель первой категории будет иметь право преподавать, а учитель второй категории будет выполнять функции помощника учителя. То есть учитель второй категории работает в школе, но не может преподавать, он работает только ассистентом.

Еще один интересный момент заключается в том, что никто не может уволить сертифицированных учителей, пока им не исполнится 62 года.

P.S. Выражаем благодарность Худойбердиевой Мухайёхан, педагогу, который помог в подготовке этой информации и вернулся в Южную Корею в 2022 году.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Может ли директор школы нанимать сотрудников после сдачи теста?

К какой категории относится вновь принятый учитель?

Некоторые образцы документов для новых сотрудников

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: