Ta’til vaqti o‘quvchilarga to‘garak mashg‘ulotlari o‘tilishi kerakmi?

Ta’til vaqti o‘quvchilarga to‘garak mashg‘ulotlari o‘tilishi kerakmi?

Aytishlaricha, o‘quvchilarga qishki ta’til boshlangandan buyon hududiy xalq ta’limi boshqarmalari maktab direktorlarga o‘quvchilarni maktabga chaqirib, ularga to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tish topshirig‘ini berayotgan ekan.

Yuqoridan shunday topshiriqni berayotgan ayrim mutasaddilar ham sal mantiqni ishlatishsa yaxshi bo‘lardi. Chunki hozir qish mavsumi. Ko‘p maktablar tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan. Shu sababli u maktablar ko‘mir bilan isitiladi. Davlat budjetiga zarar yetkazmaslik maqsadida ta’til vaqtida isitish qozonlari deyarli yoqilmaydi. Sinf xonalaridagi isitish moslamalari muzlab qolmasligi uchun esa isitish qozonlaridagi suvlar to‘liq to‘kib yuboriladi.

Maktab direktorlari shu orqali ko‘mir zaxirasini bahor oylari kelgunga qadar yetkazishga harakat qiladi. Bu har yili kuzatiladigan holat. Ko‘mir zaxirasini shu orqali tejalishini maktabdagi qoravul ham, hovli supuruvchi ham juda yaxshi biladi. Lekin ayrim mutasaddilar esa buni umuman tushunishni xohlamaydi.

Maktab ma’muriyatiga bosim o‘tkazib, o‘quvchini maktabga chaqirib to‘garak o‘tkazgandan ko‘ra ta’tilni tugatib maktabni boshlab yuborgan yaxshi emasmi? Shuning uchun mana shunday topshiriqlarni berayotgan ayrim mutasaddilardan ozigina mantiqni ishlatib, keyin topshiriq berishlarini so‘rab qolardim.

Ta’til payti o‘qituvchilar faqat to‘garak o‘tavermasdan o‘zining fan yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirsin. O‘zi shundoq ham pedagog xodimlar yil davomida jismonan charchaydi. Ularni hech bo‘lmasa shu ta’til payti erkin qo‘yaylik. O‘z ustida ozgina bo‘lsa ham ishlab olsin. O‘quvchilar bilan esa ota-onasi shug‘illansin. Fan to‘garaklari esa maktab boshlangandan keyin o‘tilsa to‘g‘ri bo‘lardi.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O ‘qituvchi ta’til vaqtida ham to ‘garak o ‘tishi kerakmi?

To‘garak hujjatlari qay tartibda yuritilishi kerak?

1-11-sinf Barcha fanlardan to‘garak hujjatlari konspekt to‘liq


Рассказывают, что с началом зимних каникул для школьников областные отделы народного образования поручают директорам школ вызывать учеников в школу и давать им задание на проведение клубных занятий.

Было бы лучше, если бы кто-то из чиновников, отдающих такой приказ сверху, использовал бы немного логики. Потому что сейчас зимний сезон. Многие школы не обеспечены природным газом. Поэтому школы отапливаются углем. Чтобы не нанести ущерб государственному бюджету, в праздничные дни почти не включают отопительные котлы. Вода в отопительных котлах полностью сливается, чтобы отопительные приборы в учебных классах не замерзали.

Таким образом, директора школ постараются пополнить запасы угля до прихода весны. Такая ситуация наблюдается каждый год. И школьный дворник, и дворник прекрасно знают, что таким образом можно сохранить запас угля. Но некоторые чиновники вообще не хотят этого понимать.

Не лучше ли приступить к занятиям после каникул, чем давить на администрацию школы и вызывать ученика в школу? Поэтому я бы попросил некоторых чиновников, которые дают такие задания, проявить немного логики, а затем дать задание.

Во время каникул преподаватели должны повышать квалификацию в своей области науки, а не только в кружках. Таким образом, педагогический коллектив в течение года физически устает. Оставим их свободными хотя бы на этот праздник. Пусть хоть немного поработает над собой. Родители должны заниматься учениками. Научные кружки были бы лучше, если бы они проводились после школы.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Должен ли учитель ходить в школу во время каникул?

В каком порядке должны храниться документы круга?

1-11 класс, все предметы, кружковые документы, конспект выполнен

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: