Fan o‘qituvchisi uchun ham to‘garak o‘tish ham sinf rahbarlik qilish og‘irlik qiladi.
Ma’lumki fan o‘qituvchilari dars o‘tish bilan birgalikda to‘garak mashg‘ulotlarini ham olib borishlari kerak bo‘ladi. Bu vaqtda ular iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashadi.
Undan tashqari ularning ba’zilari sinf rahbarlik faoliyati bilan ham shug‘illanadilar. Ammo bu vazifalarning fan o‘qituvchilariga yuklatilishi ularning ortiqcha zo‘riqishiga olib keladi. Chunki dars o‘tishning o‘zi ham insondan juda katta energiya talab qiladi.
Shu sababli ham iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan to‘garak mashg‘ulotlarini olib borish uchun aynan mana shunday ishlarga mas’ul bo‘lgan boshqa o‘qituvchi biriktirilishi kerak deb hisoblayman.
Misol uchun Finlyandiyada darslarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va qo‘shimcha yordamga muhtoj bolalarni aniqlab, ular bilan tinimsiz ishlashni fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik qiladigan «Ustoz-o‘qituvchilar» bajarar ekan.
«Ustoz-o‘qituvchilar» darslarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan o‘quvchilar sinfdoshlariga yetib olishlari uchun ular bilan yakka yoki kichik guruhlarda ishlaydilar.
Bunda fan o‘qituvchisi sinfda uchraydigan muammolarni aniqlab, «Ustoz-o‘qituvchi»ga xabar berishi kerak bo‘ladi.
Bizda esa katta mas’uliyat fan o‘qituvchilarining o‘ziga yuklab qo‘yilgan. Fan o‘qituvchisi kun bo‘yi tik oyoqda dars o‘tadi, toliqadi. Bu ham yetmagandek ular tinimsiz ravishda to‘garak ham o‘tishi kerak bo‘ladi. Sinf rahbarlik vazifasi esa mutlaqo ortiqcha ish deb o‘ylayman.
Shu sababli sinf rahbarlik lavozimini ham alohida shtat birligi sifatida qayta joriy qilib, fan o‘qituvchilarini ortiqcha yuklardan xolos qilish lozim. Ana shundan so‘ng ulardan ta’lim sifatini talab qilish kerak.
Mavzuga doir:
O’qituvchi uchun to’garak o’tish majburiymi?
To‘garak hujjatlari qay tartibda yuritilishi kerak?
Nima qilsak ta’lim-tarbiya sohasida keskin o‘zgarishlar bo‘ladi?
Учителю естественных наук трудно ходить и вести класс.
Известно, что преподавателям естественных наук приходится наряду с преподаванием проводить групповые занятия. В это время они работают с одаренными и заочниками.
Кроме того, некоторые из них также занимаются деятельностью классного руководства. Но поручая эти задачи учителям естественных наук, они перенапрягаются. Потому что учеба требует от человека много энергии.
По этой причине я считаю, что для проведения групповых занятий с талантливыми и свободомыслящими учениками должен быть назначен другой учитель, ответственный за такого рода работу.
Например, в Финляндии «Учителя-учителя» сотрудничают с учителями естественных наук для выявления детей, которые испытывают трудности с усвоением уроков и нуждаются в дополнительной помощи.
«Учителя» работают индивидуально или в небольших группах со студентами, которые изо всех сил пытаются усвоить уроки, чтобы они могли догнать своих одноклассников.
В этом случае учитель естественных наук должен выявить проблемы, возникшие на уроке, и сообщить об этом «Учителю-Учителю».
В нашей стране на учителей естественных наук ложится большая ответственность. Учитель естественных наук весь день проводит на ногах и устает. Как будто этого недостаточно, они должны будут ходить по кругу без остановки. Я думаю, что роль классного руководителя совершенно избыточна.
По этой причине необходимо вновь ввести должность классного руководителя как отдельную государственную единицу и освободить учителей естественных наук от непосильных обременений. После этого необходимо требовать от них качества образования.
© Улугбек Полатов
Предмет:
Обязательно ли учителю проходить круг?
В каком порядке должны храниться документы круга?
Что, если мы это сделаем, произойдут кардинальные изменения в сфере образования?