Maktablarga kutubxonachi shtat birligi kam ajratilganmi?
Savol: Maktab kutubxonasiga ajratilgan stavka oz, lekin kundan-kunga talab ortmoqda. Stavkani qanday ko‘paytirish mumkin?
Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi 406-son buyrug‘iga ko‘ra, kutubxonachi va kutubxona mudiri shtat birliklari sinf komplektlari soniga qarab kuyidagi miqdorlarda kiritiladi:
➖ 6 tadan 10 tagacha sinf bo‘lg2anda 0.5 stavka kutubxonachi shtat birligi;
➖11 tadan 16 tagacha sinf bo‘lganda 1 stavka kutubxonachi shtat birligi;
➖17 tadan 30 tagacha sinf bo‘lganda 1 stavka kutubxona mudiri shtat birligi;
➖30 va undan ortiq sinf mavjud bo‘lganda qo‘shimcha 0.5 stavka kutubxonachi shtat birligi ajratiladi.
Maktabdagi kutubxonachilar va boshqa pedagoglar oyligini mana bu sahifaga o’tib bilib olishingiz mumkin.
Albatta, maktablarda faoliyat yuritadigan kutubxonachi va kutubxona mudiri shtat birligini ko‘paytirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Haqiqatdan ham mingdan ortiq o‘quvchi kontingenti uchun atigi 1 yoki 1.5 stavka kutubxonachi shtat birligi ajratilishi maqsadga muvofiq emas. Masalan, o‘quv yili davomida ularning ko‘p vaqti darsliklar tarqatish hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qatnash bilan o‘tib ketadi.
Natijada esa ular o‘z funksional vazifalarini bajara olmaydilar. Shu sababli, ta’lim muassasalariga ajratiladigan kutubxonachilar shtat birligi sonini qayta ko‘rib chiqish lozim deb hisoblaymiz.
Ta’lim muassasalaridagi kutubxonachi va kutubxona mudiri shtat birliklarini ko‘paytirish esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi orqali, Moliya hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Mavzuga doir:
Maktablarda raqamli kutubxona joriy etilmoqda