G‘oyib bo‘lgan kutubxonalar

G‘oyib bo‘lgan kutubxonalar

Kutubxonalar qadimda antik davr madaniyatining butun ilmini o‘zida mujassam etgan manba hisoblangan.

Uni donishmandlik xazinasi, fikrlar makoni deya ta’riflashar edi. Qadimda kutubxonalar ko‘p bo‘lgan, biroq ularning ko‘pchiligi dushmanlar tomonidan yo‘q qilingan, ba’zailari esa shunchalik mohirlik bilan berkitib qo‘yilgan-ki, hali-hanuz topib bo‘lmaydi.

Niniveya

Niniveya
Yozma manbalarning ilk to‘plovchilaridan biri eramizdan avvalgi VII asrda yashab o‘tgan assiriyalik podshoh Ashshurbanipal bo‘ldi. U Niniveyada 20 mingta kitob saqlanadigan katta kutubxona qurdirgan. Bu kitoblar qadimgi dunyoning madaniyati va ilmiy merosi haqida hikoya qilar edi. O‘sha davr kitoblari maxsus loydan tayyorlanar edi. Bunday kitoblar olovda yonmas, suvga ham bardoshli edi. Unga sichqon va kalamushlar ham xavf sololmas edi. Ammo kitoblarning boshqa xavfliroq dushmanlari bor ekan – bu jaholat namoyondalari va ma’rifatning dushmanlari bo‘lgan odamlar edi. Eramizdan avvalgi 612 yilda Niniveya vavilonliklar tomonidan bosib olinganda, birinchi navbatda podshoni bir yoqlik qilib, so‘ngra kitoblarni sindirib, yo‘q qilishga kirishdilar. XIX asrda arxeologlar qazilmalar davomida avvalgi kutubxona o‘rnida o‘sha kitoblarning saqlanib qolingan bo‘laklariga duch keldilar. Hozirda bu bo‘laklar Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

Pergam

Pergam
Kichik Osiyoning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Pergam davlatida eramizdan avvalgi II asrda pergamentni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu sababli kitoblar ham bugungi kun kitoblarining ko‘rinishini olgan edi.

200 ming qo‘lyozma va manuskriptlar saqlangan Pergam kutunxonasining dovrug‘u butun olamga yoyildi. Pergam rimliklar tomonidan bosib olingandan keyin Yuliy Sezarning tarafdorlaridan biri – sarkarda Mark Antoniy kutubxonaning deyarli barcha kitoblarini Kleopatraga Iskandariya kutubxonasi uchun tortiq qilib yubordi.

Iskandariya

Iskandariya
Antik davrning ikkita eng kuchli kutubxonalarning qo‘shilishi natijasida Iskandariya kutubxonasidagi kitoblarning soni 700 mingtaga yetdi. Ushbu kutubxona javonida noyob Misr papiruslari, Sharq yozuvlari, Platon qo‘lyozmalari, shuningdek Aristofan, Gomer va boshqa buyuk adiblarning asarlari saqlanar edi.
Ushbu kutubxona Misrning bosh ilmiy va o‘quv markazi ham hisoblangan. Aynan shu yerda Arximed suv nasosoni kashf qilgan, Eratosfen Yer diametrini o‘lchagan, Evklid antik davr matematikasiga oid kitob yozgan, Klavdiy Ptolomey astronomiyaga doir entsiklopediyasini tuzgan.

Biroq antik davrning xazinasi bo‘lgan bu kutubxona ham yo‘q qilindi.

Avvaliga 391 yilda Rim imperatori Feodosiy Olimpiya o‘yinlarini ta’qiqlash bilan birga kutubxonani “sahayton ibodatxonasi” deya hisoblab, uni vayron qilishni buyurgan. Pergam kutubxonasini, Aflotun va boshqa faylasuflarning shaxsiy kutubxonasini o‘z ichiga olgan Iskandariya kutubxonasi butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.

Samarqand

Samarqand
O‘z davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan o‘ljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.
Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga bo‘lindi: Hirotni sarkardaning o‘g‘li Shohruh boshqargan bo‘lsa, Movaraunnaxrga Shohruhning o‘g‘li Ulugbek hukmronlik qildi. Ulug‘bekka bobosidan kutubxona ham meros bo‘lib qoldi.

Ulug‘bek o‘rta asr davrining ma’rifatli hukmdorlaridan biri edi. U o‘z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yig‘gan edi. Katta davlatning hukdori bo‘lishiga qaramasdan Ulug‘bek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bag‘ishlar va ko‘p vaqtini o‘zi qurdirgan observatoriyada o‘tkazar edi.
Otasining o‘limidan keyin Ulig‘bek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori bo‘ldi. Uning ilm bilan shug‘ullanishi ko‘pchilikka yoqmas edi. Ulug‘bekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning o‘g‘lini ham o‘z tomonlariga og‘dirib oldilar.

Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulug‘bek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Observatoriya yo‘q qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday bo‘lmasin

saqlab qolish kerak edi. Olim o‘z fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yo‘li borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlog‘idan bo‘lgan, shu qishloq yaqinida tog‘da ko‘plab g‘orlar borligini va o‘sha yerda kitoblarniyaxshilab berkitib qo‘yish mumkinligi ham qo‘shin o‘tdi. Ulug‘bek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.

Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir bo‘ldi. Ulug‘bek hiyonatkorona o‘ldirildi, uning observatoriyasi vayron qilindi. Ustozining o‘limidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga o‘tib ketdi. Aytishlaricha, u o‘zi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yo‘qoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbog‘i bo‘lib qolmoqda.


Библиотеки издавна были источником знаний о древней культуре.

Его описывали как сокровищницу мудрости, место размышлений. В древности библиотек было много, но большинство из них было уничтожено врагами, а некоторые были так ловко спрятаны, что их до сих пор не нашли.

Нинивея

Одним из первых собирателей письменных источников был ассирийский царь Ашшурбанипал, живший в VII веке до н.э. Он построил большую библиотеку в Ниневии, в которой хранилось 20 000 книг. В этих книгах рассказывалось о культуре и научном наследии древнего мира. Книги того времени делались из специальной глины. Такие книги не горели в огне, а также были устойчивы к воде. Мыши и крысы тоже не могли ему угрожать. Но есть и другие, более опасные враги книг — люди невежественные и враги просвещения. Когда Ниневия была завоевана вавилонянами в 612 г. до н.э., они начали уничтожать сначала царя, а затем уничтожать книги. Во время раскопок в 19 веке археологи нашли уцелевшие фрагменты этих книг на месте более ранней библиотеки. Произведения сейчас хранятся в Британском музее.

Пергам

Производство пергамента в северо-западной части Малой Азии началось во II веке до н.э. Вот почему книги похожи на сегодняшние книги.

Слава о Пергамской библиотеке, в которой хранится 200 000 манускриптов и манускриптов, облетела весь мир. После того, как Пергам был завоеван римлянами, один из сторонников Юлия Цезаря, полководец Марк Антоний, отправил почти все книги библиотеки Клеопатре в подарок Александрийской библиотеке.

Александрия

В результате слияния двух мощнейших библиотек древности количество книг в Александрийской библиотеке достигло 700 000 экземпляров. В библиотеке хранились редкие египетские папирусы, восточные надписи, рукописи Платона, произведения Аристофана, Гомера и других великих писателей.
Библиотека также является главным научным и образовательным центром Египта. Именно здесь Архимед изобрел водяной насос, Эратосфен измерил диаметр Земли, Евклид написал книгу по античной математике, а Клавдий Птолемей составил энциклопедию по астрономии.

Однако это древнее сокровище было уничтожено.

Первоначально, в 391 году, римский император Феодосий запретил Олимпийские игры, приказал разрушить библиотеку как «храм дьявола». Александрийская библиотека, в которую входили Пергамская библиотека и личные библиотеки Платона и других философов, была полностью уничтожена.

Самарканд

Великий полководец своего времени Амир Темур прославил Самарканд по всему миру и превратил его в архитектурный и культурный центр. Вместе с добычей из походов Саркар привозил ценные книги из Малой Азии, Турции и Индии.
После смерти Амира Темура его империя разделилась на две части: Гератом правил сын генерала Шахрух, а Моварауннахром правил Улугбек, сын Шахруха. Библиотека также досталась в наследство от деда Улугбека.

Улугбек был одним из просвещенных правителей Средневековья. Он собрал вокруг себя великих ученых Востока, таких как Казизада Руми и Али Кушчи. Несмотря на то, что он был правителем большого государства, Улугбек большую часть своей жизни посвятил научной работе и большую часть времени проводил в построенной им обсерватории.
После смерти отца Улигбек стал единоличным правителем династии Тимуридов. Его наука не многим нравилась. Против Улугбека был заговор, и враги даже переманили его сына на свою сторону.

Предчувствуя готовящийся заговор, Улугбек знал, что невежественные люди, которые придут к власти, разрушат созданный им научный центр. Обсерватория была на грани уничтожения, но библиотека в любом случае была

пришлось спасать. Ученый высказал свое мнение своему ученику Али Кушчи, который сказал, что способ есть. Али Кушчи из села Кеш рассказал, что в горах недалеко от села много пещер и что там можно спрятать книги. То же самое сделал и Улугбек — несколько сотен томов книг были помещены в ящики и тайно увезены.

Тем временем в 1449 году в Самарканде произошли трагические события. Улугбека предали, а его обсерваторию уничтожили. После смерти своего учителя Али Кушчи также переехал в Турцию. Говорят, что некоторые книги он взял с собой, а остальные остались в секретном месте. Али Кушчи никогда не мог вернуться в Моварауннахр, и только он знал, где спрятаны книги. Таким образом, книга

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: