Maktablarda raqamli kutubxona joriy etilmoqda

Maktablarda raqamli kutubxona joriy etilmoqda

O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida zamonaviy kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 22-maktabda o‘tkazilgan umumta’lim maktablarida raqamli kutubxona tizimini joriy etishga bag‘ishlangan press-turda bu borada olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizdagi mavjud umumta’lim maktablari kutubxonalarida jami 15,3 million nusxa adabiyotlar fondi mavjud bo‘lib, shundan 7,7 million nusxasi lotin alifbosidagi adabiyotlar hisoblanadi. 1,6 million nusxa (10,3 foiz) rus, 23 ming nusxa tojik, 92 ming nusxa qozoq, 3,5 ming nusxa qirg‘iz, 609 nusxa turkman tilidagi badiiy adabiyotlar mavjud. Shuningdek, kitoblarning 78,5ning nusxasini chet tillar (ingliz, nemis va fransuz)dagi adabiyotlar tashkil qiladi.
Maktab kutubxonalaridagi doimiy kitobxon o‘quvchilar soni 3,1 million nafardan iborat.
O‘quvchilarni internet tarmog‘i orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida www.kitob.uz sayti tashkil etilgan bo‘lib, ushbu portalga badiiy adabiyotlarning 5 mingdan ziyod elektron shakllari joylashtirilgan. Hozirda saytdan bir kunda o‘rtacha 11-12 ming nafar o‘quvchi-yoshlar foydalanmoqda.
O‘quvchilar uchun 120 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy hamda jahon adabiyoti namunalarining audio kitob shakldagi variantlari yaratilib, mazkur audio kitoblar www.kitob.uz saytiga yuklab olish va onlayn tinglash uchun joylashtirildi.
Bolalar kutubxonalari va maktab kutubxonalari uchun xorijiy davlatlar kutubxonalariga sayohatlar uyushtirish imkoniyatini beruvchi virtual maydonlar tashkil etildi.
www.kitob.uz platformasidagi “VR kutubxona” bo‘limiga qo‘shilgan mazkur maydonda xorijiy davlatlarda joylashgan zamonaviy kutubxonalarning VR 360 panorama ko‘rinishidagi video mahsulotlar (25 dona) hamda ushbu kutubxonalar haqida qisqacha ma’lumotlar joylashtirilgan.
Ta’kidlanganidek, bolalarni elektron kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi 41 ta hamda Shayxontohur tumanidagi 36 ta maktabda raqamli kutubxona loyihasi to‘liq joriy etildi va ishga tushirildi.
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22 maktabda o‘tkazilgan press-tur tadbirlari davomida umumta’lim maktablarida raqamli kutubxona tizimini joriy etish va uning o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishdagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Qayd etilganidek, raqamli kutubxona tizimi nafaqat o‘quvchilar, balki maktab o‘qituvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi. Xususan, kutubxona fondi tarkibidagi o‘n minglab kitoblar orasidan kerakli adabiyotlarni kalit so‘z orqali topish, mavjud kitoblarning monitoringini yuritish imkoniyatini yaratildi.
Shu bilan birga o‘quvchilar o‘rtasida qaysi kitoblarga talab kattaligi xususidagi tahliliy ma’lumotlar doimiy nazorat qilib boriladi.
Ushbu tizimning yana bir qulayligi shundaki, o‘quvchilarning internet tizimidagi mavjud elektron o‘quv platformalari yordamida kitob o‘qish imkoniyati bir necha baravar ortadi. Bu orqali o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini zamonaviy o‘quv tizimi bilan uzviy bog‘liqliligi ta’minlanadi.
Mazkur maktablarda hozirgi kunda raqamli kutubxona platformasiga kiritilgan o‘quvchilar soni 40 689 nafarni tashkil etadi. Tizimga yuklangan kitoblarning umumiy soni 95 686 tadan iborat bo‘lib, undan foydalanib kelayotgan faol kitobxonlarning umumiy soni ayni vaqtda 2 300 nafardan ortiqni tashkil etmoqda.
Press-tur tadbirlari davomida jurnalistlar tomonidan mavzuga doir berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Mavzuga doir:
Eng yaxshi elektron kutubxona saytlari ro‘yhati

Uy kutubxonasi va kitob javoni dizayni uchun eng zo‘r g‘oyalar

Dunyoning eng katta kutubxonalari haqida bilasizmi?


В целях содержательного проведения свободного времени студентов и молодежи, повышения культуры чтения и чтения среди них в образовательных учреждениях системы народного образования создаются современные библиотеки.

В ходе пресс-тура, посвященного внедрению системы электронной библиотеки в общеобразовательных школах, проведенного Министерством народного образования в 22-й школе Алмазарского района города Ташкента, особое внимание было уделено работе, проводимой в этом направлении.
Как отмечалось, в библиотеках действующих общеобразовательных школ нашей страны имеется в общей сложности 15,3 млн. экземпляров литературы, из них 7,7 млн. — литературы на латинском алфавите. Художественная литература на русском языке – 1,6 млн. экз. (10,3%), на таджикском – 23 тыс. экз., на казахском – 92 тыс. экз., на кыргызском – 3,5 тыс. экз., на туркменском – 609 экз. Также 78,5 экземпляров книг составляют литература на иностранных языках (английском, немецком и французском).
Число постоянных читателей школьных библиотек составляет 3,1 миллиона человек.
Сайт www.kitob.uz создан для того, чтобы заинтересовать читателей чтением книг через Интернет, и на этом портале размещено более 5 тысяч электронных форм художественной литературы. В настоящее время сайт посещают в среднем 11 000–12 000 студентов в день.
Для читателей созданы аудиокниги из 120 наименований образцов узбекской классической, современной и мировой литературы, которые размещены на сайте www.kitob.uz для скачивания и онлайн-прослушивания.
Для детских библиотек и школьных библиотек созданы виртуальные пространства, которые дают возможность организовывать поездки в библиотеки зарубежных стран.
В данной области добавлен раздел «VR-библиотека» платформы www.kitob.uz, размещены видеопродукция в виде VR 360 панорам современных библиотек, находящихся в зарубежных странах (25 штук) и краткая информация об этих библиотеках.
Как было отмечено, в целях обеспечения широкого использования детьми возможностей электронной библиотеки полностью внедрен и запущен проект электронной библиотеки в 41 школе города Ташкента и 36 школах Шайхонтохурского района.
В ходе пресс-тура, проведенного в 22 школах Алмазарского района нашей столицы, особое внимание было уделено внедрению системы электронной библиотеки в общеобразовательных школах и ее роли в повышении культуры чтения у учащихся.
Как уже упоминалось, электронная библиотечная система обеспечивает ряд удобств не только для учащихся, но и для учителей школ. В частности, можно было найти нужную литературу по ключевому слову среди десятков тысяч книг в библиотечном фонде, а также провести мониторинг имеющихся книг.
При этом ведется постоянный мониторинг аналитических данных о спросе на книги среди студентов.Еще одним удобством этой системы является то, что возможность учащихся читать книги с помощью доступных электронных обучающих площадок в Интернете увеличивается в несколько раз. Таким образом обеспечивается свободное время студентов, связанное с современной системой образования.
В настоящее время количество учащихся, включенных в платформу электронной библиотеки в этих школах, составляет 40 689 человек. Общее количество книг, загруженных в систему, составляет 95 686, а общее количество активных читателей, использующих ее в настоящее время, составляет более 2 300 человек.
В ходе пресс-тура официальные лица предоставили подробную информацию по заданным журналистами вопросам.

Предмет:
Список лучших сайтов электронных библиотек

Лучшие идеи оформления домашней библиотеки и книжного шкафа

Знаете ли вы о крупнейших библиотеках мира?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: