Maktablarda ijro intizomiga kim mas’ul?

Maktablarda ijro intizomiga kim mas’ul?

Assalomu alaykum. Ijro intizomi haqida juda ko‘p eshitamiz. Lekin, bu vazifani maktablarda aynan kim bajarishi haqida kam gapiriladi. Direktor nomiga kelgan xatlar va hujjatlarni ko‘rib chiqish, xodimlarni ishga qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari bilan kim shug‘illanishi kerak? Umuman olganda ta’lim muassasalarida ijro intizomiga kim mas’ul?

Javob:
Bizga ma’lum bo‘lishicha, ayrim maktablarda ijro intizomiga direktor o‘rinbosarlari yoki yoshlar yetakchilari mas’ul qilib biriktirib qo‘yilibdi. Ba’zi joylarda xatto XTB mudirlari ushbu vazifani direktor o‘rinbosarlariga yuklash to‘g‘risida buyruq ham chiqarishga uluribdi.

Bu haraktalar mutlaqo qonunga ziddir. Chunki hech bir me’yoriy hujjatlarda ijro intizomiga direktor o‘rinbosarlari yoki yoshlar yetakchilari mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan.

Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 7 dekabrdagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da ham bu haqda hech qanday band keltirib o‘tilmagan. Mehnat Kodeksining 177-moddasida ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni talab etishga haqli emasligi belgilangan.

❗️UNDA IJRO INTIZOMIGA KIM MAS’UL?

XTVning 2019 yil 28 dekabrdagi 405-sonli buyrug‘iga muvofiq ta’lim muassasalarida texnik xodimlar tarkibiga kiruvchi kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) lavozimi mavjud.

Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 28 maydagi 136-sonli buyrug‘iga muvofiq maktablarda ijro intizomiga kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) mas’ul hisoblanadi. (bu yerda eski tahrirdagi kotiba lavozimi nazarda tutilmoqda)

Mazkur buyruqqa ko‘ra kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) mehnat shartnomasi shartlariga, mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi talablariga rioya etadi, shuningdek, umumiy bo‘limdan hamda bevosita direktor nomiga kelgan xatlar va hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda ijroga qaratish uchun kiritadi va o‘z vaqtida bo‘limlarga yoki ijrochiga qaytarib topshiradi, yuqori tashkilotlardan, vazirlik va boshqa davlat idoralaridan yuborilgan xabar, faksogramma va telefonogrammalarni qabul qilib oladi va o‘z vaqtida direktorga yetkazadi va direktor ko‘rsatmasi bilan tegishli hujjatlarni kompyuterda tayyorlab beradi.

Umumiy ma’noda aytganda kadrlar xizmatida mehnat qonunchiligi talablari asosida ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’tillar berish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, intizomiy jazo choralarini qo‘llash, mehnat daftarchalarini yuritish, ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish, xizmat safarlariga yuborish, xizmat guvohnomalarini berish harakatlarni amalga oshirish ishlari rasmiylashtiriladi.

Kadrlarga oid ish yuritish, o‘rnatilgan ishlash tartibi qoidalariga, kadrlarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash muddatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik kadrlar bo‘yicha menejerga yuklatiladi.


Ассаламу алейкум. Мы много слышим о правоприменительной дисциплине. Однако в школах мало говорят о том, кто будет выполнять это задание. Кто должен заниматься рассмотрением писем и документов, адресованных директору, и оформлением трудовых документов? Кто вообще отвечает за соблюдение дисциплины в образовательных учреждениях?

Отвечать:
Мы узнали, что в некоторых школах за исполнительную дисциплину отвечают заместители директоров или молодежные лидеры. Кое-где даже директора IBU отдали приказ делегировать эту задачу заместителям директора.

Эти действия полностью противозаконны. Потому что ни в каких нормативных актах не указано, что за исполнительную дисциплину несут ответственность заместители директора или молодежные лидеры.

Об этом нет упоминания в «Квалификационных описаниях основных должностей работников народного образования», утвержденных Приказом Министра народного просвещения № 393 от 7 декабря 2019 года. Статья 177 Трудового кодекса гласит, что работодатель не вправе требовать от работника выполнения работы, не входящей в его должностные обязанности.

❗️КТО ОТВЕЧАЕТ ЗА ИСПОЛНИТЕЛЬСКУЮ ДИСЦИПЛИНУ?

В соответствии с приказом ВТВ № 405 от 28.12.2019 г. в организациях образования предусмотрена должность менеджера по персоналу (инспектора), входящая в состав технического персонала.

Согласно приказу Министра народного просвещения № 136 от 28 мая 2020 года за исполнительскую дисциплину в школах отвечает менеджер по кадрам (инспектор). (имеется в виду должность секретаря в старой редакции)

Согласно этому приказу менеджер по персоналу (инспектор) осуществляет соблюдение условий трудового договора, трудовой и исполнительной дисциплины, правил внутреннего трудового распорядка, а также рассмотрение и оформление писем и документов, поступающих из общего отдела и непосредственно к директору. принимает и своевременно возвращает в отделы или исполнителю, принимает сообщения, факсограммы и телеграммы от вышестоящих организаций, министерств и других государственных органов и своевременно доставляет их руководителю и оформляет соответствующие документы на ЭВМ под руководством директора.

В целом прием на работу, перевод на другую работу, расторжение трудового договора, отпуск, материальное и моральное поощрение, применение мер дисциплинарного взыскания, ведение трудового книжки в кадровой службе в соответствии с требованиями трудового законодательства, ведение учета рабочего времени , отправка в командировки, выдача служебных удостоверений.

Менеджер по персоналу несет ответственность за соблюдение кадровых процедур, регламента, сроков подачи и хранения кадровых документов.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Аноним

    :arrow:

  2. Mojgona

    Shuncha masuliyatli ish yuklatilgan lekin ish haqi kam

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: