Maktabdagi tanaffus vaqti qancha bo‘lishi kerak?

Maktabdagi tanaffus vaqti qancha bo‘lishi kerak?

Maktabdagi tanaffuslar vaqtini belgilashga maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari aralashishga haqlimi?

Savol: Bizninng maktabda darslar oralig‘idagi tanaffuslar vaqti 10 daqiqa, katta tanaffus esa 30 daqiqa etib belgilangan. Odatda katta tanaffuslar 4-soatdan keyin beriladi.

Lekin, MMTB xodimi bir haftadan buyon maktabimizni tekshirib, sizlar qonunga hilof ish qilgansizlar, aslida kichik tanaffuslar 5 daqiqdan oshmasligi, katta tanaffus esa 15 daqiqa bo‘lishi kerak deb bizga tazyiq o‘tkazyapti. Uning harakatlari qonuniymi?

Savolga Ulug‘bek Po‘latov shunday javob berdi:
Avvalam bor, ta’lim muassasasini tekshirmoqchi bo‘lgan MMTB xodimi maktabni tekshirish uchun asoslantiruvchi hujjatlarni ya’ni, xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni maktab ma’muriyatiga taqdim qilishi kerak.

Agar MMTB xodimi tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmasa, maktab rahbariyati ta’lim muassasasida tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqqi bor.

Tanaffuslar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 mart kungi 140-qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida» nizom bilan tartibga solinadi.

Unga ko‘ra, dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa, o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffus (katta tanaffus)ning davomiyligi esa — 15-30 daqiqa etib belgilanishi mumkin.

Ya’ni, maktab ma’muriyati o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tanaffusning davomiyligini 10 daqiqa, katta tanaffuslarni esa 30 daqiqa etib belgilashga haqli.

Zaruriyat tug‘ilganda pedagogik kengashning qarori bilan yuqorida tilga olib o‘tilgan nizom talablaridan kelib chiqib, maktab ma’muriyati tanaffuslar davomiyligini yana o‘zgartirishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, MMTB xodimi ta’lim muassasasinig o‘quv-tarbiya jarayoniga asossiz ravishda aralashishi qonunchilikka zid.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasida pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Ushbu qilmishlarni sodir etgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Mavzuga doir:
Tekshiruvchilar maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonlariga xalaqit berishi qonunchilikka zid

To‘garaklarni tekshirish uchun komissiya kelsa nima qilish kerak?

Maktabga kelgan komissiyaga tushlik tashkillash ham korrupsiya!


Имеют ли работники дошкольного и школьного образования право вмешиваться в расписание школьных каникул?

Вопрос: В нашей школе перерывы между уроками 10 минут, а большая перемена 30 минут. Обычно большие перерывы даются через 4 часа.

Однако сотрудник ММТБ уже неделю проверяет нашу школу и давит на нас, что вы нарушили закон, что малые перемены не должны превышать 5 минут, а длинные перемены должны быть 15 минут. Законны ли его действия?

Улугбек Полатов ответил на вопрос так:
В первую очередь сотрудник ММТБ, желающий провести проверку действующего образовательного учреждения, должен представить в администрацию школы подтверждающие документы для проверки школы, то есть служебное удостоверение и документы, которые будут являться основанием для проведения проверки. осмотр.

При отсутствии у работника ММТБ документов, являющихся основанием для проведения проверки, руководство школы вправе не допустить его к проведению проверки в образовательном учреждении.

Что касается вопроса перерывов, то этот порядок регулируется положением «Об общем среднем образовании», утвержденным постановлением Кабинета Министров № 140 от 15 марта 2017 года.

В соответствии с ним продолжительность перерыва между занятиями может составлять 5-10 минут, а продолжительность перерыва (большого перерыва) в середине учебного дня может быть определена как 15-30 минут.

То есть администрация школы, исходя из своих внутренних возможностей, вправе устанавливать продолжительность перемены до 10 минут, а длительной перемены до 30 минут.

В случае необходимости администрация школы может изменить продолжительность перемен на основании требований вышеуказанных правил по решению педагогического совета. Подводя итог, необоснованное вмешательство сотрудника ММТБ в учебный процесс образовательного учреждения является противозаконным.

Напоминаем, что незаконное воспрепятствование профессиональной деятельности педагога в порядке, предусмотренном статьей 197-5 КоАП, путем оказания воздействия на правильную и объективную оценку знаний обучающихся или образовательной организации, несет ответственность за воспрепятствование педагог от выполнения своих обязанностей.

Граждане, совершившие указанные деяния, наказываются штрафом в размере от семи до десятикратного размера основного расчета, а должностные лица — в размере от десяти до пятнадцатикратного.

Предмет:
Вмешательство инспекторов в учебный процесс в школе противозаконно

Что делать, если комиссия приезжает проверять круги?

Организация обеда для приехавшей в школу комиссии — это тоже коррупция!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: