Maktab ta’limida ustoz-shogird tizimi qoidalari

Maktab ta'limida ustoz-shogird tizimi qoidalari

Ta’lim jarayoni jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda asosiy mazmun beruvchi yana bir tizim “Ustoz – shogird” tizimidir.

Bugungi kunda mustaqil fikrlovchi, ishonch-e’tiqodli shogirdlarni tarbiyalashda va zamon talabiga mos kadrlar yetkazib berishda bu tizim alohida oringa ega.
“Biz oldimizga qanday vazifa qoymaylik, qanday vazifani yechish zaruriyati tugilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi, ornimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashga bog’liq
Darhaqiqat, har bir mashgulot mazmunining kengligi va chuqurligi uning davlat talablariga muvofiqligi, shogirdlarning ta’lim texnologiyalari va metodikaning togri usulini tanlashi va undan unumli foydalanishni talab etadi. Fikrimizdan kelib chiqqan holda, ustoz – shogird tizimi samaradorligining ortib borishini jadallashtirish zarur. Bu samaradorlikni esa, ustoz-shogird tizimida raqobat usullari orqali amalga oshirish – maqsadga muvofiq. Chunki, shogird ustozidan ozadi, degan xalq iborasi ham bejiz emas, albatta.
Ustoz dastlab shogirdga auditoriyani korishi, his qilishi, u bilan birga ishlashi kerakligini uqtiradi va darsning zerikarli bolmasligiga harakat qilishi, oz darsiga shogirdi kozi bilan qarashi lozim bolgan barcha chora-tadbirlarni berishi ham mumkin. Ustozning bitta shogirdi bolmaydi, uning yana boshqa shogirdlari ham bor bolishi mumkin. Shu boisdan, u shogirdlari bilan birga ishlar ekan, ularning oquvchilar bilan munosabatini korishi, dars jarayonidagi ma’lumotlarga toliq ega bolishi va shogirdining imkoniyatlarini bilishi zarur. Raqobat usuli bu -shogirdni harakatga keltiruvchi usullardan, shogird ozining tajriba orttirishi zarurligini bilishi, oz ustida ishlashi uchun motivatsion ta’sir kuchiga ega.
Ustoz shogirdlariga strategik rejalar tuzish va maqsad sari intilishi uchun har qanday metodik yordam korsata oladi. Demak, shogirdlariga ustoz istiqbol yolida albatta raqobat bolishini ham tushuntirib boradi.
Ustoz shogirdi hayotda va faoliyatda raqobatga kirishishi va ozini royobga chiqarishi uchun eng muhim narsa bu – boshqa odamlar bilan samarali ozaro ta’sirga kira olish qobiliyati ekanligini amaliyotda korsata olishi lozim. Shogird har qanday raqobat holatida togri yol topa olish konikmalarini va natijani togri aniqlay olish har bir kishidan rang-barang shaxsiy xususiyatlar va qobiliyatlarni talab qilishini bilib boradi.
Shogird natijada ozining mustaqil harakat qilishida katta imkoniyatlarga ega boladi. Demak, raqobat usullari shogirdni har tomonlama tayyor kadr bolib yetilishiga sabab boladi. Ustoz-shogird munosabatlarida mustaqkam pedagogik-psixologik korsatmalar shakllanib borishi ham mumkin.
Ular quyidagicha korinishda bolishi mumkin:

    oz xatti-harakatlari rejalarini shakllantirish;

    oz rivojlanishini kuzatib borish;

    oz rivojlanishini tushunish va foydalanilmagan imkoniyatlarni baholash;

    mentorlikning yangi malakalarini egallash;

    mentorlikning yangi usullari va metodlarini amaliy egallash;

    samarali rejalashtirish konikmalari;

    suhbatdoshini tinglay olish malakasi

    maxsus qoidalarni bilish va boshqa odamlarni tushunish.

Xulosa ornida shuni aytish joizki, shogird malakali kadr bolib shakllanar ekan, raqobat usullarining har xil turli shakllarini ozlashtirishi lozim. Bu oz navbatida ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlab boradi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: